10-sinf Adabiyot 15-mavzu

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Adabiyot 15-mavzu yuzasida testlar

15 – MAVZU: JEK LONDON

1 / 34

“Rustamxon” dostonida Sultonxon necha yilda qaytaman deb qayerga safarga otlanadi ?

2 / 34

“...bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm. dan iborat. Bitiktosh Ulan-Bator dan 66 km. janubi-sharqdagi Bain-Sokto manzilidan topilgan va hozir ham shu yerda saqlanmoqda”. Ushbu ma’lumotlar qaysi bitiktoshga tegishli?

3 / 34

Ahmad Yassaviy «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida kimlarni «ham joni yo'q, imoni yo'q» deya ta'riflaydi?

4 / 34

"Movlono Balxdin bo’lur erdi. Darveshvash va xushxulq munbasit kishi erdi. Turkiyon erdi". "Majolis un nafois"dan olingan parcha kim haqida?

5 / 34

Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida?

6 / 34

Bobur quyidagilardan kimning qalamiga mansub asarni o'zbekchalashtirgan?

7 / 34

Turdi Farog'iyning qaysi she'rining lirik qahramoni nazarida «umri kiromi», «g'ussayi behuda» afsus va nadomatlar bilan to'lib-toshmoqda va barchasi «zaxmi nishi ro'zgor ahlini talx-u tundiman» degan xulosa uchun asos bo'lmoqda?

8 / 34

Quyidagi baytda qaysi she'riy san'at qo'llanilgan? O'qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo'lsa.

9 / 34

Mahmudxo'ja Behbudiy arab tilini kimdan o'rganadi?

10 / 34

A..Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarida to'yda Kumushning vakili kim edi?

11 / 34

Hamid Olimjonning adabiy merosi necha jildlik to'la asarlar to'plamida jam bo'lgan?

12 / 34

S. Ahmadning “Qora ko‘z majnun” hikoyasida Saodat aya eri bilan qaysi farzandi uchun olti yoshga to‘lganida Turkistondagi Hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokolini kestirishgan va qo‘y so‘yib xudoiy qilib berishgandi?

13 / 34

A. Oripov qaysi she'rining oxirida «Abdullaning boqiy kamolb birikmasini keltirish orqali o'z ma'naviy olamining barkamol bo'lishiga umid qiladi?

14 / 34

«Ikki eshik orasi» romanida kimlarning sevgisi bir guli ochilmay so'ladi?

15 / 34

J.Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida do’stini tashlab ketib o’zi esa bo’rilarga yem bo’lgan qahramon kim?

16 / 34

J.Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi qahramoni yo’lovchi kemaga chiqqandan keyin nimadan qo’rqib, bezovta bo’lar edi?

17 / 34

Jek London ijodiy faoliyati davomida qancha roman yozgan?

18 / 34

Jek London qanday oilada tug’ilgan?

19 / 34

“Hayotga muhabbat “ hikoyasida keltirilgan ko’l nomi qayis qatorda berilgan ?

20 / 34

Kit ovlovchi «Bedford» kemasidagi ilmiy ekspeditsiya qirg'oqda g'alati bir mahluqni ko'rib qolishadi. U qum ustida zo'rg'a o'rmalab dengiz tomonga kelardi. Bu mahluq nima edi?

21 / 34

“Hayotga muhabbat” hikoyasi qahramoni yo’lovchini azob uqubatlardan qaysi kema a’zolari qutqarishadi?

22 / 34

J. Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida muallif insondagi qaysi tuyg’uni “...vashash uchun kurash bilan chambarchas bog’liq” deya tasvirlaydi?

23 / 34

Jek London qayerda tug’ilgan?

24 / 34

Jek Londonning dunyo adabiyotining nodir namunalari hisoblangan asarlari qaysilar?

25 / 34

«Hayotga muhabbab hikoyasida Titchinichili ko'lining mahalliy tilde qanday ma'noni anglatishi ta'kidlanadi?

26 / 34

Jek London umri davomida nechta hikoya yozgan?

27 / 34

J.Londonning “Hayotga muhabbat”hikoyasidagi moka so’zining ma’nosi nima?

28 / 34

Jek Londonning qaysi asarlarida, asosan, mamlakatning shimoliy o'lkalari to'g'risida hikoya qilinadi?

29 / 34

Jek Londonning qaysi asarlarida sarguzasht motivi yetakchilik qiladi?

30 / 34

“Hayotga muhabbat” hikoyasi qahramoni yo’lovchi dunyoning to’rt tomonini nimadan foydalanib belgilab oladi?

31 / 34

J.Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida yo’lovchi nima uchun ilk bor yeg’lagan edi?

32 / 34

J.Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida … “Hayotda uchrashi mumkin bo’lgan kurashlarning eng shiddatlisini” yengib o’tgan qahramon kim?

33 / 34

Jek London qahramonlari har doim nimaga intiladilar?

34 / 34

“Hayotga muhabbat” hikoyasi qahramoni yo’lovchining holati qaysi hayvon holatiga o’xshash edi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0