Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 13-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: ABDULLA ORIPOV 1 / 32 ”Rustamxon” dostonida “Ajab suratli bir qiz,jamoli kunni xira qilguday, aqli ketib otda yiqilib qolgudek”degan ta’rif kimga tegishli? A) Oftoboyim B) Xuroyim C) Ximcha D) Suluv 2 / 32 “Kul Tigin” bitiktoshida: “Tabg‘ach tomonga o‘n ikki marta lashkar tortib urushdim” degan kim cdi? A) Kul tigin B) Bilga xoqon C) Eltarish xoqon D) To‘nyuquq 3 / 32 Ahmad Yassaviy qaysi hikmatida ishq dardiga uchragan odamni bamisoli o'tga tushgan odam holiga qiyoslaydi, shu bilan birga, sham tegrasida aylanib kuygan, axgar (laxcha cho'g') bo'lgan kapalakka ham o'xshatadi? A) «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida B) «Tushim uzor, Buroq to'zor, ketsa bozor» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida C) «Ichdim sharob, bo'ldum xarob, aslim turob» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida D) «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida 4 / 32 Atoyi yashagan qadimgi Balx shahri hozir qaysi davlat hududida joylashgan? A) Qirg’iziston B) Qozog’iston C) Shimoliy Afg’oniston D) O’zbekiston 5 / 32 Alisher Navoiyning falsafiy-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadigan «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azali qaysi devonga kiritilgan? A) «Favoyid ul-kibar» devoniga B) «G'aroyib us-sig'ar» devoniga C) «Badoye' ul-vasat» devoniga D) «Navodir ush-shabob» devoniga 6 / 32 «Boburnoma»dan olingan quyidagi parchada kirn haqida gap ketyapti? «Jahongir mirzoning bir xonandasi bor edi.... ismli. Samarqandlik edi. Qo'shiqn baland, qo'pol va notekis aytardi. Jahongir mirzo kayf ustida unga ash и la aytishni buyurdi. U g'alati, baland, dag'al va bemaza qilib aytdi. Xuroson eli hazil bilan tirik el. Uning bu qo'shiq aytishidan birisi qulog'ini tutadimi, yana bin aftini bujmaytiradimi, mirzo tufayli hech kim man qilolmaydi». A) Shodibacha B) Hofiz hoji C) Mirjon D) Jonak 7 / 32 Turdi Farog'iy qaysi she'rida hayot shoir uchun minglab sinovlarni, ko'plab qiyinchiliklarni ro'para qilganligi sabab hozir hatto ignaning teshigidan nam o'tadigan darajaga yetib kelganligini aytadi? A) «Bu mulk» B) «Yod mandin...» C) «Turdiman...» D) «Тог ko'ngulluk beklar...» 8 / 32 Husni ta’lil … A) bir predmet tushunchani boshqa predmet tushunchaga o’xshatish B) o’z fikrini chiroyli dalillash san’ati C) ikki yoki uch so’zning qofiyalansihi D) Voqealarni o’ta kichraytirib ko’rsatish 9 / 32 Muallif «Padarkush» asarida qaysi obraz orqali pul, mol-dunyoga ega bo'lgan ammo uni ilm yo'li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o'ylamagan kimsa qiyofasini beradi? A) Boy B) Tangriqul C) Davlat D) Xayrullo 10 / 32 A..Qodiriyning "O'tkan kunlar ” asarida to'yda Otabekning vakili kim edi? A) Rahmat B) Muhammadrahim Yo'ldosh C) Hasanali D) Ziyo shohichi 11 / 32 H. Olimjonning qaysi she'rida «Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi» misralari bilan «Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar» misralari o'rtasida ziddiyat mavjud? A) «0'rik gullaganda» B) «Ofeliyaning o'limi» C) «Daryo tiniq, osmon beg'ubor» D) «Chimyon esdaliklari» 12 / 32 S. Ahmadning “Qora ko‘z majnun” hikoyasi qahramoni Saodat ayaning domda yashab, itdan hazar qiladigan farzandi qaysi qatorda berilgan? A) Anvarbek B) Qumri C) Abdumalik D) Dilbar 13 / 32 A. Oripovning qaysi she'rida inson umr yo'llarida noo'rin paydo bo'lgan «shamol» - tuhmat yo bo'hton - uning hayotini izdan chiqarishi tasvirlanadi? A) «Ayol» B) «Birinchi muhabbatim» C) «Munojot» tinglab» D) «Yurtim shamoli» 14 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida hayot va inson nimalarga qiyoslanadi? A) Hayot «yo'l»ga, inson esa «yildirim»ga qiyoslanadi. B) Hayot «shamol»ga, inson esa «xas»ga qiyoslanadi. C) Hayot «Karbalo dashti»ga, inson esa «Majnun»ga qiyoslanadi. D) Hayot «gulshan vodiy»ga, inson esa «shamol»ga qiyoslanadi. 15 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida dunyoning sirliligi, «tuynuksiz qasr»ligi ifodalanadi? A) «Qalb» B) «Birinchi muhabbatim» C) «Munojot»ni tinglab» D) «Yillar armoni» 16 / 32 A. Oripov qaysi she'rining oxirida «Abdullaning boqiy kamolb birikmasini keltirish orqali o'z ma'naviy olamining barkamol bo'lishiga umid qiladi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Yurtim shamoli» C) «Munojot» tinglab» D) «Ayol» 17 / 32 «Yurtim shamoli» she'ridagi asosiy obraz qaysi? A) shamol B) ko'ngil C) bahor D) yurt 18 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida turli holat, vaziyat, ko'rsatma, o'zgarish, har xil qayg'u-g'am va shodlik - barcha-barchasi qaysi metafora vositasida ifoda qilinadi? A) «shamol» metaforasi B) «bahor» metaforasi C) «qalb» metaforasi D) «yurt» metaforasi 19 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida «Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!» xulosasiga keladi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Qo'riqxona» C) «Munojot»ni tinglab» D) «0'zbekiston» 20 / 32 «Qo'riqxona» she'rida shoirning maqsadi nima? A) yo'qolib borayotgan hayvonlarni asrashga undash B) insoniy fazilat va qadriyatlarni asrashga undash C) qo'riqxonaning ahamiyatini yoritib berish D) yo'qolib borayotgan noyob gul turlarini asrashga undash 21 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'ridagi Ollohga muhabbat tushunchasining ifodasi shoirni o'z salaflari, ya'ni mumtoz o'zbek shoirlarining estetik olami bilan bog'lashga imkon beradi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Yurtim shamoli» C) «Qo'riqxona» D) «Yillar armoni» 22 / 32 «Yurtim shamoli» she’rida qaysi dasht nomi keltirilgan? A) Karbalo B) Qoraqum C) Qizilqum D) Sahroyi kabir 23 / 32 A. Oripov «Ко'rgаn-bilganlarim» nomli avtobiografik maqolasida o'zi tug'ilgan qishloq nomini qanday ataydi va uning qadimiy o'zbek urug'larining bir shoxobchasi bo'lishi mumkinligini ham ta'kidlaydi? A) Asht B) Qo'ng'irtov C) Nasaf D) Neko'z 24 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida «уаgопа zaminni asraganday» nimani hamma narsadan ortiq asrash kerakligini uqtiradi? A) vijdonni B) insofni C) oqibatni D) hayoni 25 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida oqibat go'yo nimaga o'xshab zavol topmasligini istaydi? A) Orol dengiziga B) Qor odamga C) ayiqqa D) tojdor turnaga 26 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida ezgulik nima kabi kamyob bo'lib ketmasligini istaydi? A) zavol topgan ayiq kabi B) otashga duch kelgan polopon kabi C) tojdor turna kabi D) Qor odam kabi 27 / 32 “Munojat”ni tinglab she’rida shoirga kuy emas, balki kimlar yig‘lavotgandek tuyuladi? A) Navoiy, Xayyom B) Qodiriy, Cho'lpon C) Qodiriy, Furqat D) Navoiy, Mashrab 28 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida vijdon, «ezgu, latif hislar» ham himoyaga muhtojligiga urg'u beradi? A) «Yurtim shamoli» B) «Qo'riqxona» C) «Ayol» D) «Birinchi muhabbatim» 29 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida xudbin va dilozor kimsani nimaga o'xshatgan? A) ajdarhoga B) og'zi qon yirtqichga C) ochko'z bo'riga D) och ayiqqa 30 / 32 A Oripovning qaysi she'ri shoirning kuyga, rubob va chalg'uvchiga murojaati uslubida yozilgan? A) «0'zbekiston» she'ri B) «Birinchi muhabbatim» she'ri C) «Munojot»ni tinglab» she'ri D) «Yurtim shamoli» she'ri 31 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida visolga erishmagan oshiq nolasi, g'aflatda qolib muhabbat tuyg'usiga beparvo bo'lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o'z aksini topgan? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Yurtim shamoli» C) «Munojot»ni tinglab» D) «Surat va siyrat» 32 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida insonning dunyoga kelishi va ketishi qaysi obraz orqali ifodalanadi? A) bulut B) yomg'ir C) quyosh D) shamol 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz