Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 17-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 17-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 125 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 17-mavzu yuzasida testlar 17 – MAVZU: ERKIN VOHIDOV 1 / 36 Maqol arabcha “…” degan ma’noni bildiradi ? Nuqtalar o’rnini o’ldiring A) otalar so’zi B) so’z C) gap D) matal 2 / 36 Nimaning mo’ylovi oyog’idan uzun ? Topishmoqning javobini toping A) Ninanichi B) Suvarak C) Echki D) Chumoli 3 / 36 Hadislarda ahamiyati jihatidan ochlarga taom berishga qiyoslangan amal nima? A) mehr-muruvvatli bo’lish B) sabr-qanoatli bo’lish C) zakot berish D) salom berish 4 / 36 Rivoyat qilishlaricha Ezopning xo’jayini safarga otlanar ekan,o’z qullariga yuklarini bo’lib olib ,ko’tarib kelishni buyuradi .Shunda Ezop nimani ko’tarib oladi ? A) otlar uchun hashakni B) idish-tovoqlar solingan qopni C) non solingan og’ir qutini D) xo’jayinning kiyimlarini 5 / 36 Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o'tadi? A) To'ng'ich botir sherni, O'rtancha botir xoinlarni o'ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o'ldiradi. B) To'ng'ich botir ajdarhoni, O'rtancha botir sherni o'ldiradi, Kenja botir vazirni tunamoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. C) To'ng'ich botir ajdarhoni, O'rtancha botir sherni o'ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo'lgan xoinlarni qirib tashlaydi. D) To'ng'ich botir sherni, O'rtancha botir ajdarhoni o'ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. 6 / 36 H.Olimjonning "Oygul bilan Bahtiyor" ertagining yozilishiga sabab bo'lgan ertakni belgilang A) "Uch og'a ini botirlar" B) "Malikai Husnobod" C) "Zumrad va Qimmat" D) "Guliqahqah" 7 / 36 «Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi nimani tosh deb ko'rsatib, mushtumida siqadi va go'yo toshdan suv chiqqandek ko'rinadi? A) olxo'rini B) tuxumni C) pishloqni D) sariyog'ni 8 / 36 “Zulmat ichra nur” qissasida yashirinib kitob ko‘rayotgan kichkina Alisherga qarab “Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, kitobni ilkidan ayirmay о ‘zi bilan asrab yurg‘ay” deb kim xayolidan o'tkazadi? A) G'iyosiddin Kichkina B) Maktabdagi ustozi C) Mirsaid D) Sharafiddin Ali Yazdiy 9 / 36 Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangan «har kuni bir zararkunandalikni o'ylab topadigan» bola kim? A) Ahmad cho'loq B) Kozim cho'loq C) Nozim cho'loq D) Qosim cho'loq 10 / 36 Mirtemirning «Baliq ovi» she'rida bolaning mo'ljali ulkan baliqni tutib, kimga olib borib, undan maqtov eshitish edi? A) bobosiga B) onasiga C) buvisiga D) otasiga 11 / 36 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da: ((Mening kasbimni tanlama», - deya maslahat berganini qanday izohlaydi? A) «Yozish qiyin. Haqiqatni yozib, barchaga baravar ma'qul qilish undan ham qiyin...» B) «Badiiy asarlarning kishida his-tuyg'u uyg'otishining sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli... Yozuvchi buni o'z yuragida his etmasa, bundan ASL A C) «Ma'naviyatsiz fan bo'lmaganidek, ilmsiz ma'naviyat ham yo'q... Yozuvchilar inson ma'naviyatining bog'bonlaridir...» D) «Ilm olish igna bilan quduq qazish bo'lsa, barcha uchun baravar asar yozish undan-da murakkabdir...» 12 / 36 Navoiyning o‘zi jami nechta devon tuzadi? A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 5 ta 13 / 36 Bobur butun ko'rgan-kechirganlarini qaysi asarida mufassal bayon qilgan? A) «Boburnoma»da B) «Mubayyin al-zakot»da C) «Muxtasar»da D) «Xatti Boburiy»da 14 / 36 Muqimiy «Sayohatnoma»sidagi «Yer ostida zindon erur» deb ta’riflangan qishloq nomi? A) Chimyon B) Vodil C) Raboti D) Stariq 15 / 36 Qaysi ma’lumot Erkin Vohidov haqida emas? A) Ijodkor shoir G‘ayratiy tomonidan tashkil etilgan adabiy to‘garakda ijod sirlarini o‘rgangan. B) Ijodkor Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. C) Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida «Qushcha» nomli she’ri bosilib chiqqan. D) Ijodkor «Yoshlik» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi uchun jonbozlik ko‘rsatgan. 16 / 36 Har ko‘z-u qosh yaxshi, demagil, do‘stim, Pista mag‘zini ye, tashlagil po‘stin. Sa’diyning “Bo‘ston”idan olingan yuqoridagi misralar nima haqida? A) boylik ketidan quvmaslik haqida B) o‘zi xohlagandek yashash haqida C) ilm olish haqida D) ayb qidirmaslik haqida 17 / 36 Avloniy bilimsizlik, johillik, jinoyatlarning sababini nima bilan bog'laydi? A) iymon-e'tiqod va din bilan B) tajriba va aqlsizlik bilan C) tarbiyasizlik bilan D) ishtiyoq va qunt bilan 18 / 36 “Maktab “ she’ridagi har bir band yakunida takrorlanuvchi misrani toping A) G’ayrat qilib o’qing,o’g’lon B) Maktab uyi-dorulomon C) Maktab hayo ehson qilur D) Maktab erur ehsoni Rab 19 / 36 Abdulla Avloniyning «Saxiylik» hikoyasida kim kimga savob uchun pul beradi? A) ota ,faqirga B) bola, musofirga C) bola , faqirga D) ota ,musofirga 20 / 36 Abdulla Avloniyning «Saxiylik» hikoyasida bir kun och qolgan obraz qaysi? A) Said B) faqir C) musofir D) Siroj 21 / 36 Avloniy teatr uchun nechta pyesa yozgan va ularni sahnalashtirgan? A) 4ta B) 3ta C) 5ta D) 2ta 22 / 36 Adib nazmda qanday taxallus bilan ijod qilgan ? A) Hijron B) Abdulla C) Mijmar D) Nihoniy 23 / 36 Avloniy tashkil qilgan teatrning nomini toping. A) «Turkiston» B) «Turkiy Guliston» C) «Turon» D) «Nizomiy» 24 / 36 Avloniyning e’tiroficha ,10 taga yaqin pyesani qaysi tildan o’zbek tiliga tarjima qilgan ? A) afg’on B) rus C) ozarbayjon D) tojik 25 / 36 Abdulla Avloniyning qaysi kitobiga kirgan ellikdan ortiq nasriy va she'riy hikoyalari bolalarda ilk axloqiy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan? A) «Maktab gulistoni» B) «Ikkinchi muallim» C) «Turkiy Guliston yoxud axloq» D) «Adabiyot yoxud milliy she'rlar» 26 / 36 Abdulla Avloniyning «Xurus ila bo'ri» hikoyasida xurus kimlarning sulh xabarini keltirishini va so'ngra birga o'ynashlarini aytadi? A) bo'rilarning B) qoplonlarning C) itlarning D) yo'lbarslarning 27 / 36 Quyidagi misralar Abdulla Avloniyning qaysi hikoyasiga ilova qilingan? Do'st ila dushman so'zining farqi bor, Fahm etar bar kimki, o'lsa bushy or. A) «Chin do'st» B) «Yalg'on do'st» C) «Xurus ila bo'ri» D) «Janjalchilik zarari» 28 / 36 Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim setting qadring bilmas - aqli pastdur. Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur. Sening darding boshqa dardni tortib olur. Ushbu misralar Abdulla Avloniyning qaysi she’ridan olingan? A) “Vatanni suymak” B) “Ona vatan” C) “Vatan” D) “Xalqim” 29 / 36 Abdulla Avloniyning “Vatan” she’ri qaysi kitobdan olingan? A) “Birinchi muallim” B) “Turkiy guliston yohud axloq” i C) “Maktab gulistoni” D) “Ikkinchi muallim” 30 / 36 Abdulla Avloniyning «Saxiylik» hikoyasida ota o’g’liga har kuni nima uchun pul berar edi? A) o'zidan qolganiga qushlarga ham don olishi uchun B) maktabda taom olib yeyish uchun C) do'stlariga taom olib berishi uchun D) faqirlarga taom ulashish uchun 31 / 36 Tiling bo’lsa ,hasratlaring tuzik so’yla ! Ushbu jumla orqali diqqat nima yoki kimga qaratilyapti ? A) o’quvchilarga B) xalqqa C) bosqinchilarga D) vatanga 32 / 36 Abdulla Avloniy “Vatan” she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nimaga o‘xshatadi? A) Bo'riga B) Xazonga C) Tuproqqa D) Boyqushga 33 / 36 Abdulla Avloniyning o'zi suvga g'arq bo'layotganiga qaramay, o'zining emas, do'stining taqdirini o'ylash uchun odam bolasi qanchalar mard, fidoyi bo'lishi kerakligi haqida mulohaza yuritishga undovchi asarini toping. A) «Xurus ila bo'ri» B) «Janjalchilik zarari» C) «Chin do'st» D) «Yalg'on do'st» 34 / 36 “Vatan “ she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nima (kim) ga o’xshatadi ? A) ilmsizga B) aqli pastga C) johilga D) tarbiyatsizga 35 / 36 Qaysi javobdagi ma’lumot Abdulla Avloniy haqida? A) 0‘spirin yoshidayoq yozgan «Adabiyot nadur?» maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqidagi adabiyotning o‘rni haqida o‘ta jiddiy o‘ylaydigan bilimdon ekanligini namoyon etadi. B) Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi. C) U o‘nlab mumtoz shoirlarimizning ijodiy merosini izlab topish, tadqiq etish va nashr qilishda alohida jonkuyarlik ko‘rsatdi. U «Aruz haqida» kitobini ham e’lon qildi. D) U biroz muddat gazetchilik bilan shug‘ullandi. «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh- qosh bo‘ldi. 36 / 36 Abdulla Avloniy «Vatanni suymak» asarida qaysi millat vakillarini bir-biriga qiyoslaydi? A) arablar va ruslarni B) arablar va eskimoslarni C) o'zbeklar va eskimoslarni D) o'zbeklar va arablarni 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz