Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 15-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 15-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 325 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 15-mavzu yuzasida testlar 15 – MAVZU: SA`DIY SHEROZIY 1 / 34 Maqolning davomini toping: «Xalqqa xizmat -...». A) asl saodat B) oliy himmat C) eng oliy saodat D) eng oliy baxt 2 / 34 Asaldan shirin. zahardan achchiq. Bu topishmoqning javobi nima? A) qand B) gap C) so’z D) ovqat 3 / 34 “Hadis aytuvchi “ ma’nosini bildiruvchi so’z ? A) sanad B) sahoba C) muhaddis D) roviy 4 / 34 Rivoyat qilishlaricha Ezopning xo’jayini safarga otlanar ekan,o’z qullariga yuklarini bo’lib olib ,ko’tarib kelishni buyuradi .Shunda Ezop nimani ko’tarib oladi ? A) otlar uchun hashakni B) idish-tovoqlar solingan qopni C) non solingan og’ir qutini D) xo’jayinning kiyimlarini 5 / 34 Kenja botir nima uchun zindonga solindi? A) Ilonni o'ldirgani uchun B) Podshoni o'ldirmoqchi bo'lgani uchun C) Podshoni qo'riqlay olmagant uchun D) Podshoni o'ldirishda gumon qilingani uchun 6 / 34 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qahramoni Baxtiyor qayerlik edi? A) Matansoylik B) Naymanlik C) Jambillik D) Susambillik 7 / 34 «Botir tikuvchi» ertagida yakkashox qanday tasvirianadi? A) «Dahshatli ko'zlari o'tkir, o'tkir shoxi qilichday keskir, kecha-kunduz tortguday shabgir...» B) «Afsonaviy Humodek oppoq qanotli, burgut ko'zli, o'tkir shoxi qilichday...» C) «Afsonaviy otlarday baquvvat, qanotlari burgutnikiday uzun,o'tkir shoxi qilichday...» D) «Qo'rqinchli, junlari hurpaygan, o'tkir shoxi qilichday...» 8 / 34 Alisherning tog'alari taxalluslarini toping. A) Muhammad Ali - «Kobuliy», Mir- said - «G'aribiy» B) Mirsaid - «Kobuliy», Muhammad Ali - «G'aribiy» C) to'g'ri javob ko'rsatilmagan D) Mirsaid - «Kobuliy», Muhammad Ali - «Hiriy» 9 / 34 Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida kimning darvozasi ustidagi fanor tasvirlangan? A) Qosim cho'loqning B) Fonarchi otaning C) Ahmad akaning D) Tursunqul akaning 10 / 34 “Shudring” she’rida Mirtemir tabiat hodisasini nimalarga o’xshatadi va uni qanday badiiy izohlaydi? A) barcha javoblar to'g'ri B) Ko’zmunchoqqa, qizlarning suzilib turgan ko’zlariga C) Shudring -bu ona ko’z yoshi, intizorlik ko’z Yoshi D) Kelinlar taqinchog’iga, uzuk ko’zlariga 11 / 34 Abdulla Qahhor O'tkir Hoshimovning qaysi asarini o'qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi? A) «Urushning so'nggi qurboni» B) «Cho'l havosi» C) «Dunyoning ishlari» D) «Ikki eshik orasi» 12 / 34 Ulug‘ shoirning nasriy asarlari soni nechta? A) 40 dan ortiq B) 20 dan ortiq C) 5 dan ortiq D) 10 dan ortiq 13 / 34 ( Bobur) Ruboiyning to'g'ri tartibini belgilang. 1) Sen shu'lasen, ul shu'lag'a kuldurmen. 2) Nisbat yo'qdur, deb ijtinob aylamakim. 3) Shohmen elga, vale senga quldurmen. 4) Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen. A) 1,2, 3,4 B) 4, 1,2,3 C) 4,3,2,1 D) 3,4, 1,2 14 / 34 Muqimiyning qayerga qilgan sayohati quyidagi misralar bilan boshlanadi? Faryodkim, garduni dun Aylar yurak-bag‘rimni xun, Ko‘rdiki, bir ahli funun Charx anga kajraftor ekart. A) Qo'qondan Isfaraga B) Qo'qondan Farg‘onaga C) Qo'qondan Marg'ilonga D) Qo‘qondan Shohimardonga 15 / 34 Sa’diy Sheroziyning qayerda tug’ilgan? A) Sherozda B) Buxoroda C) Eronda D) Bog'dodda 16 / 34 “Ta’bi aybjo’lik bo’lsa agar bas , Tovus oyg’idan boshqasin ko’rmas “(Sa’diy) satrlarining ma’nosini toping . A) Qalb ko’zining ochiq bo’lishi kerakligi haqida B) Do’st tanlashda adashmaslik haqida C) Ota-onaning hurmat qilish haqida D) Ayb axtarishning noto’g’riligi haqida 17 / 34 “Biyobonda quduq qazolmasang boq, Qabristonga borib bitta chiroq yoq “misralari qaysi asardan olingan ? A) “Bo’ston” B) “Guliston” C) “Mabdayi nur” D) “Masnaviy” 18 / 34 Sa’diyning “Guliston “ asarida qaysi shoh buloq boshiga “ Ko’plar ham bu chashma boshiga yetdi ,suv ichdi, dunyodan ko’z yumib ketdi .Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’z ketdi ,olgani qoldi” degan so’zlarni yozdirgan? A) Namrud B) Jamshid C) Iskandar D) Horun ar Rashid 19 / 34 Sa’diyning qaysi asaridagi bir hikoyatdan yomon xotin davosiz dard ,hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi ? A) “Mabdayi nur” B) “Masnaviy” C) “Guliston “ D) “Bo’ston “ 20 / 34 “Guliston” va “Bo’ston “ asarlarini Alisher Navoiy sevib o’qiganligini o’zining qaysi asarida alohida ta’kidlab aytadi ? A) “Lison ut tayr “ B) “Nasoyim ul muhabbat “ C) “Devoni Foniy “ D) “Mahbub ul qulub “ 21 / 34 Sa’diy dunyoni kezib bashoq tersang qanday hirmonni yig’asan deb hisoblaydi ? A) ma’rifat hirmonini B) do’stlik hirmonini C) go’zallik hirmonini D) behisob boylik 22 / 34 “Guliston “dagi bir hikoyatda Sa’diy nimani “qaynar buloq “ ,”tuganmas davlat “deb ataydi ? A) kamtarlikni B) san’atni C) hunarni D) kulgi tabassumni 23 / 34 Sa’diy “Guliston” asarida nima (kim) ni yaxshi odamning uyidagi davosiz dard, hayosiz dushman ekanligini aytadi? A) yomon xotin B) tarbiyasiz o‘g‘il C) noqobil farzand D) ilmsizlik,johillik 24 / 34 “Guliston”dan olingan “Darvesh hikoyati”da darvesh nima uchun zindonga tashlanadi? A) farzandli bo’lgach, nisor etishni va’da qilgan mollarini bermagani uchun B) o’g’li mast holida bir kishini o’ldirib qochgani uchun C) o’g’li o’g’rilik qilsa ham unga tanbeh bermagani uchun D) yakka-yu yolg’iz o’g’lini podshohga navkarlikka berishdan bosh tortgani uchun 25 / 34 “Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’zi ketdi,olgani qoldi” Ushbu bayt Sa’diyning qaysi hikoyati xulosasi? A) ”Itga suv bergan yo’lovchi haqidagi” B) “Bo’zdan to’n kiygan podsho haqidagi” C) “Hasadning ko’r qilishi haqidagi” D) “Hayit kuni adashib qolgan bola haqidagi” 26 / 34 Shahar qozisi va eski to'n kiygan darvesh bilan bog'liq voqea qaysi asardan olingan? A) «Bo'ston» B) «Mufradot» C) «Guliston» D) «Hikmatlar» 27 / 34 Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston “ asaridagi “Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog’i “hikoyatining asosiy g’oyasi to‘g‘ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang A) dunyo kezib, ma’rifat yig‘ish B) dehqonchilikning foydasi C) barchaga yaxshilik qilish D) kamtar bo‘lish 28 / 34 Sa’diyning “Guliston” asarida “chashmayi ravon” va “davlati bepayon” deb ta’rif etilgan narsa nomi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? A) ilm B) sabr C) ustoz D) hunar 29 / 34 .Sa’diyning “Guliston “ asaridan olinga “Daryo ko’rmagan qul hikoyati”da nima aks etgan? A) O’zingdan zo’rlar bilan bellashaman,deb chiranma,kulgu bo’lasan. B) yomonlikka bam yaxshilik bilan javob qaytarish C) Ayrimlar ishlatadigan nayrang o’zining boshiga yetadi. D) Shukur qilmoq,xotirjamlik qadrin bilmoq 30 / 34 Sa’diy Sheroziyning turli mamlakatlarga necha yil safar qiladi? A) 16-yil B) 20-yil C) 24-yil D) 30-yil 31 / 34 “Guliston “ va “Bo’ston “ ning farqli jihati … A) deyarli farq qilmaydi B) ma’viza ekani C) ibratli hikoyatli mavjudligi D) “Guliston”ning nasrda ,”Bo’ston”ning nazmda ekanligi 32 / 34 Sa’diy Sheroziyning asli ismi kim bo’lgan? A) Muslihiddin B) Mahmud C) Muxtor D) Muhammad 33 / 34 Sa’diy Sheroziy qayerlik qizga yuz tillo evaziga uylangan ? A) Halablik B) Qudduslik C) Sherozlik D) Damashqlik 34 / 34 Har ko‘z-u qosh yaxshi, demagil, do‘stim, Pista mag‘zini ye, tashlagil po‘stin. Sa’diyning “Bo‘ston”idan olingan yuqoridagi misralar nima haqida? A) ayb qidirmaslik haqida B) boylik ketidan quvmaslik haqida C) o‘zi xohlagandek yashash haqida D) ilm olish haqida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz