On tili va adabiyot attestatsiya №8

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!

On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №8

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang?

2 / 40

Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. Ushbu gapdagi shevaga xos so`zni belgilang.

3 / 40

1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
− Sen hech nahv o‘qiganmisan?
− Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
− E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda
o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi.

2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala  boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:
− Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
− Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan.

3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im  cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang.

a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik).

4 / 40

Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bag`rida olib yotgandi. Bo`rixon do`mboqqina bola bo`lgandi. Uni yomon ko`zdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u ko`zmunchoqlar taqib qo`yardi. (“Qora ko`z majnun”) Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan?

5 / 40

Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan?

6 / 40

Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta?

7 / 40

Berilgan hikmatli so`zlardan qaysi biri fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?

8 / 40

Bolam kepti necha tog`lardan osha,
Ikki zulfi gardaniga yarasha,
Po`sht-a, po`sht, tomoshabin jonlarim,
O`lganning nesin qilasizlar tomosha.

Ushbu to`rtlik qaysi xalq doston qahramoni tomonidan aytilgan?

9 / 40

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor, yo yaxshi qol eding.
Jon kerakmi- mana, ol endi,
Qiynar bo’lsang qiynab to’yding-ku. 

Berilgan she’riy parchada bir tovushdan iborat qo’shimchalar necha o’rinda qo’llangan?

10 / 40

Ul kirib zavraqig’a ayladi azm, Bo’lub ul kema ahli qatlig’a jazm. Ushbu baytda shakl va ma’no munosabatiga ko’ra o’zaro qanday so’zlar qo’llangan? 1.sinonim so’zlar 2. omonim so’zlar 3. paronim soz’lar 4. antonim so’zlar

11 / 40

Kitob Xalqaro kenglik Stansiyasi dunyodagi  5  ta  yirik  rasadxonalardan  biridir.  AQSHda  ikkita,  Yaponiya va Italiyada bittadan  ana  shunday  obyekt  allaqachon  muzeyga  aylantirilgan.  Kitobdagi  bu  maskanda  esa    asteroidlar  himoyasi  dasturi  hamda kosmik ekologiya  doirasida  izlanishlar  olib  borilmoqda.  Stansiyaga  kuniga  yuzdan  ortiq  mahalliy  va  xorijiy say yohlar  tashrif  buyuradilar.  Astronomik  tadqiqotlarni  o‘rganishga  qiziqqan  yoshlar  uchun  hududda  koinotga  sayohat  qilish  va  yulduzlarni  kuzatishga moslash tirilgan  pavilyon ham qurilgan. („kitobsayyoh.uz“ dan) Berilgan matnda ajratib ko`rsatilgan so`zlarning nechtasining oxirgi bo`g`ini urg`uli bo`g`in hisoblanadi?

12 / 40

Nahot mening yuragimni zanglatguvchi – sen,
Ko`klam oshiq gulzorimni sarg`aytguvchi – sen.

(H.Xudoyberdiyeva) Yuqoridagi misrada qatnashgan shakl yasovchi qo`shimchalar miqdori?

13 / 40

Bolala... o‘z otalari...an ...eros qi...ib ola...igan uch a...zal na...sa bor, bular: ...ushmuomalalik, odo..., s...doqat. Yuqoridagi hikmatli gap tarkibidagi nuqtalar o`rniga qo`yilishi kerak bo`lgan undoshlar undoshlarning uch tasnifidan qaysi biri ularni birlashtiradi?

14 / 40

Qaysi gapda tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan?

15 / 40

Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring.

Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin!
Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi.

Matndagi tagiga chizib ko`rsatilgan so`zlardan birortasining ham ma`nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang.

16 / 40

Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to`g`ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar… .

17 / 40

Ko`pdin berikim yor-u diyorim yo`qtur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo`qtur.
Keldim bu sori o`z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo`qtur.

Ushbu she`riy misralar haqidagi qaysi ma`lumot to`g`ri emas?

18 / 40

“Aql qayrog`i” tasviriy ifodasining ma`nodoshi qaysi qatorda berilgan?

19 / 40

Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring.

Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin!
Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi.

Matn mazmuniga mos bo`lmagan xulosani aniqlang.

20 / 40

“Urushning so`nggi qurboni” hikoyasida Shoikromning kasbi?

21 / 40

“Ravshan” dostonida “O`z holini bilmas” ma`nosida ishlatilgan so`z?

22 / 40

Qaysi gapdagi eganing asosi fe`l bilan shakldosh bo`la oladi?

23 / 40

Qaysi javobdagi gapda qatnashgan ko`makchini unga ma`nodosh bo`lgan kelishik qo`shimchasi bilan almashtirib bo`ladi?

24 / 40

Jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratgan adibning asari berilgan javobni toping.

25 / 40

Qaysi javobda yuklamaning ikki ma`no turi qatnashgan?

26 / 40

Hukmdorlikni o`rnatadigan, himoya qiladigan va ko`paytiradigan narsalar – katta boylik, qo`shin, adolatli siyosatdir, ularni bir-birovisiz tasavvur qilish qiyin.Ushbu gapda qatnashgan fe`llar haqida berilgan qaysi fikr to`g`ri?

27 / 40

Millatning o`zligini tayin etadigan eng so`nggi va bebaho xazina - milliy g`urur ekani voqeaband yo`sinda aks ettirilgan “Eng so`nggi xazina” she`ri qaysi shoir qalamiga mansub?

28 / 40

Tiniq osmon o`zining bor go`zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug`vorlik bilan bizga ko`z-ko`z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so`zlar sonini aniqlang.

29 / 40

Asosida unli va jarangli undoshlargina ishtirok etgan yasama otlar berilgan javobni aniqlang.

30 / 40

Tarkibidagi ikkinchi qo`shimchasi faoliyat-jarayon otini yasashga xizmat qilgan so`zlar qatorini toping?

31 / 40

Bokschilarimiz jahon chempionatlarida o`z raqiblarini ilk raundlardayoq yutmoqda. Qaysi gapda tagiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qatnashmagan.

32 / 40

Berilgan so`zlardan qaysilarida chiziqcha notog`ri qo`llangan? 1) abri-bahor; 2) abri-navbahor; 3) abri-nayson; 4) adabiy- madaniy; 5) adabiy-ma`rifiy; 6) adabiy-nazariy.

33 / 40

Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so`zlar soni ikkita?

34 / 40

Qaysi javobdagi ma`lumot Saida Zunnunova haqida?

35 / 40

Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysi?

36 / 40

“Kecha va kunduz” asaridagi qahramonlarni kasblari bilan to`g`ri moslashtiring. 1)rus mirzasi; 2) inoq mirzasi; 3) musulmon mirzasi; a)Sokolov; b) Hakimjon; c) Mirzabobo

37 / 40

“O`lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlar edim. Har holda , yashamoq – o`lmoqdan afzalroqdir”, – degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh yoshida yoshida o`n besh yillik mahkumlikka rozi bo`lgan va mana shu mahkumlik davrida yashashning asl mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini aniqlang.

38 / 40

Hayotsevarlik shoir ijodida asosiy mavzulardan biri edi. Uning umumijodida bu g`oya bosh masala yanglig` ilgari suriladi. “______” dagi mashhur: Xushdurur bog`i koinot guli, Borchadin yaxshiroq – hayot guli, – degan bayt yorqin misoldir. Adib va asar nomi to`g`ri berilgan qator?

39 / 40

Avstraliyada ajoyib yurt vakillari yashagan. Materikka kelgan yevropaliklar bu yerning o‘zgacha xalqini yovvoyi odamlar deb hisoblashgan. Chunki ularning davlati ham, uyi ham yo‘q. Ular jamoa tarzida yashab, oziq-ovqatni ov orqali topishadi. Aborigenlar hayoti va turmush tarzi bilan yaqindan tanishuv ularning yovvoyi emasligini ko‘rsatadi. Aynan aborigenlar aqlli bumerang nomli o‘roqsimon qurol o‘ylab topishgan. Buni qarangki, otilgan qurol mo‘ljalga olingan jonzotga tegmasa, yana aylanib ovchiga qaytib kelardi. Berilgan matnda fonetik hodisaga uchragan so`zlar miqdori nechta?

40 / 40

Tire tushirib qodirilgan qo`shma gapni aniqlang?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0