Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №4 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №4 InfoMaster Yanvar 29, 2022 321 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №4 1 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l 2 / 40 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 2 ta B) 4 ta C) 3ta D) 5 ta 3 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Shum bola B) Bemor C) Muzqaymoq D) Urushning so’nggi qurboni 4 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Singan umid” B) “Astrabod ” C) “Izlaganim” D) “So`nggi kun” 5 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) mevani ekmoq B) kuzdagi boychechak C) suv ichida cho`milmoq D) gulni barglari 6 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) ravishdosh B) sifatdosh C) harakat nomi D) sof fe’l 7 / 40 Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) qat'iy, jur'at B) mo'jiza, mo'tadil C) shu'la, ba'zan D) Is'hoq, as'hob 8 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. B) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. D) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. 9 / 40 Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor? A) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak. B) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi. C) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. D) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi. 10 / 40 “Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi? A) Chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylanadi. B) Qaratqich aniqlovchi tusini oladi. C) Egaligicha qoladi. D) Vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib qoladi. 11 / 40 Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan? A) qaratqich B) tushum C) chiqish D) o`rin-payt 12 / 40 Quyidagi qaysi so`zning asosi(yetakchi morfem) va yasalish asosi bir turkumga mansub bo`lmagan so‘zni toping. A) atamashunos B) sanoqsiz C) mashrabxonlik D) quchoqlashmoq 13 / 40 Muqimiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi misralar orqali zamondoshlarini achchiq haqiqatdan ogoh etadi? A) Mа’yus bоrdim “Zоhidоn”, Bir ko‘chа kеtgunchа do‘kоn, Sho‘х оdаmi, ichmаy piyon, Mаst, оtаsi bеzоr ekаn. B) Undа bo‘lus G‘оzi dеdi, Hаm mufti, hаm qоzi dеdi. Yurt bаrchа nоrоzi dеdi, Qilg‘оn ishi оzоr ekаn.arga yo'l qo'ymang. C) Hаr yеrdа yotgаn хоr-u хаs, Ko‘zgа tikаn yakrаng ekаn. D) Chаrchаshni bilmаs yursаlаr, Purzo‘r kеtmоn ursаlаr, Vаqti nаmоzgа kеlsаlаr, Mаsjid sоrigа lаng ekаn. 14 / 40 Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida qaysi obrazni bir dehqon mo`g`ul-tatarlardan bir qop somon evaziga jonini qutqarib qoladi? A) Jomiy B) Qosim Anvor C) Farididdin Attor D) Ali Yazdiy 15 / 40 Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. Ushbu gapdagi shevaga xos so`zni belgilang. A) manim B) sig`mas C) bitmas D) shodligim 16 / 40 Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab. A) 2 tasi B) 5 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi 17 / 40 Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi? A) Yayfan B) Rafqon C) Beshariq D) Nursux 18 / 40 Quyidagi gapda portlovchi undosh bilan tugagan yopiq bo`g`inlar soni nechta? Ba`zi xo`rozlar raqibni bir choqib, so`ng chekkaga borib tomosha qilib turadi. A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta 19 / 40 Qaysi so`zning asosi quyi keng unlilar va jarangli undoshlardan tashkil topgan? A) noo`rin B) ma`nodosh C) qo`nim D) qanotli 20 / 40 1989–1998 yillarda xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri – “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlagan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Tug`ishganlar qaytdi ” B) “Atrofimizdagi qiziqchilar” C) “Tandir haqida ertak” D) “Sartarosh qo`shig`i” 21 / 40 Qaysi gapda yasama sifatning asosi faqat portlovchilardan iborat? A) Ishonchli manbalarga tayanib ish ko`rdik B) Qaynoqqina choy damlab keling. C) Negadir yuzing so`lg`in, nima bo`ldi senga? D) Osmon shunday tiniqki, qarab to`ymaysan. 22 / 40 Aruz vaznidagi ramal bahrining asosiy bosh rukni qaysi? A) foilotun B) faulun C) mafoiylun D) mafoil 23 / 40 Qaysi qatordagi gapda olmosh shaxs oti o`rnida kelgan? A) Bugun o`ntasini yozishga ulgurdim, ertaga ham shuncha yoza olsam, ishim o`ylaganimdan ko`ra tezroq yakunlanar ekan. B) Men Azimdan qo`rqmayman, shunchaki uni hurmat qilaman. C) Shuni bildimki, sensiz hech narsani uddalay olmas ekanman. D) Ustozimiz juda mehribonlar, shuning uchun barchamiz ularni yaxshi ko`ramiz. 24 / 40 Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bag`rida olib yotgandi. Bo`rixon do`mboqqina bola bo`lgandi. Uni yomon ko`zdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u ko`zmunchoqlar taqib qo`yardi. (“Qora ko`z majnun”) Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan? A) 8 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 25 / 40 Mirmuhsinning quyidagi qaysi asarlarida zulm-u zo‘ravonlikga qarshi kurashgan shaxslarning o‘ziga xos obrazlari yaratilgan? A) «Oq marmar», «Cho‘ri», «Tungi chaqmoqlar» B) «Ziyod va Adiba», «Jamila», «Oq marmar» C) «Tungi chaqmoqlar», «Ilon o‘chi», «Chotqol yo‘lbarsi» D) «Jamila», «Me’mor», «Turon malikasi» 26 / 40 “Kamlikning kamoli bordir, Manmanlikning zavoli bordir…”, “O`zingdan kattani uchratsang pir bil, O`zingni er bilsang, birovni sher bil…” kabi hikmat darajasiga ko`tarilgan baytlar qaysi dostonda uchraydi? A) “Alpomish” B) “Rustamxon” C) “Kuntug`mish” D) “Ravshan” 27 / 40 Tog’ning ko’rki tosh bilan, odamning ko’rki bosh bilan. Ushbu maqolda qaysi so’z turkumiga oid so’zlar ishtirok etgan? A) ot, sifat, ko’makchi B) ot, ko’makchi C) ot, bog’lovchi D) ot, sifat, bog’lovchi 28 / 40 Saodat soatini soatsozga sozlatdi. Ushbu tez aytishdagi so`z yasovchi qo`shimchalar tarkibida nechta jarangli sirg`aluvchi undoshlar bor? A) 1 ta B) Bunday qo`shimcha mavjud emas C) 3 ta D) 2 ta 29 / 40 ...yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga nisbatan qo`llangan? A) “Uch og`a-ini botirlar” ertagida botirlar B) “Mehrobdan chayon”da Anvarning o`rtoqlari C) “Uloqda” hikoyasida Turg`unning o`rtoqlari D) “Ravshan” dostonida kallar 30 / 40 Qaysi qatordagi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan? A) O`sha kezlarda men shularning hammasini o`z ko`zim bilan ko`rib yurgan bo`lsam ham, ammo tub mohiyatiga uncha tushunib yetmagan edim. B) Agar birov xafa qilgan bo`lsa ayt, mana shu tayog`im bilan gardaniga bir tushiray. C) Biroq xirmonga kelishim bilan bu shirin xayollarimdan asar ham qolmay, ko`nglim g`ash bo`ldi. D) Goh ko`chada, goh maktabda uni ko`rib turardim-u, hech yurak yutib gaplasholmasdim. 31 / 40 Shunda arilar bularning ahvolini ko`rib, bular ham bizga o`xshagan och qolganlardan ekan, deb qayoqqa ketishayotganini so`rabdi. (“Susambil”) Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan? A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta 32 / 40 Berilgan misralarning qaysi birida tardi aks san`ati qo`llangan? A) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo`lmasam ey jon, ne g`amdur B) Zulfung cheriki jamol mulkin, Oldi ko`zing ittifoqi birla C) Ko`z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin haqqo tila D) Kuchum yetguncha ko`p qildim vafolar Vafoli qulni asrar podshohlar podshohlar 33 / 40 Qaysi gap tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha bilan omonim bo`la oladigan fe`llarning munosabat shakli qatnashmagan? A) Farovonlik istasang, baxtli bo`lganingda ham do`st-yor orttir. B) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar. C) O`sha paytlar u Toshkentda yashardi. D) Uning sovuqdan lablari ko`karib ketgan. 34 / 40 1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi: − Sen hech nahv o‘qiganmisan? − Yo‘q men johil bir qayiqchiman. Olim: − E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi. 2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi: − Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi? Yo‘q javobini olgan qayiqchi: − Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. 3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”) Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si ma’lumotlari asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va matnning uchinchi bandida nechta ravish ishtirok etgan? A) 2 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta 35 / 40 1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi: − Sen hech nahv o‘qiganmisan? − Yo‘q men johil bir qayiqchiman. Olim: − E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi. 2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi: − Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi? Yo‘q javobini olgan qayiqchi: − Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. 3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”) Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang. a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik). A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-c, 3-a 36 / 40 E.Vohidovning qaysi asarida xalqlar, millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan? A) “Ruhlar isyoni” B) “Palatkada yozilgan doston” C) “Nido” D) “Quyosh maskani” 37 / 40 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar qaysilar? 1)shevaga xos so`z, ibora, grammatik shakllar, urg`u va talaffuz; 2)o`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari (varvarizmlar); 3)dag`al, haqorat so`z va iboralar (vulgarizmlar); 4)“ishlamaydigan” yoki parzit so`zlar; 5)idoraviy so`z va iboralar (kanselyarizmlar). A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 38 / 40 “Kecha va kunduz” asarida domla – imom Ibrohim Xalilulloh to`g`risida kimdan dalil keltiradi? A) Mashrabdan B) Muqimiydan C) So`fi Olloyordan D) Yassaviydan 39 / 40 Charchamang, ko‘zlarim, boqay to'yguncha, Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar buyruq-istak maylida qo‘llangan. B) Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan ravishdosh qatnashgan. C) Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan. D) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida tobelangan fe’l qatnashgan. 40 / 40 Vazifasi jihatidan bir turga mansub bo’lgan qo`shimchalar ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang. A) oqishroq B) isitkich C) qizdirsa D) ko`rsat O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 19 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11