Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №3 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №3 InfoMaster Yanvar 21, 2022 52 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №3 1 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazavor, mulaqot B) sozovor, muloqot C) sazovar, muloqat D) sazovor, muloqot 2 / 40 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 6 B) 5 C) 8 D) 7 3 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) 3, 4 B) l, 2, 3 C) l, 2 D) 4, 5 4 / 40 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “Kecha va kunduz” B) “Mehrobdan chayon” C) “O’tkan kunlar” D) “Yulduzli tunlar” 5 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Umarshayx mirzo B) Mironshoh mirzo C) Shohrux mirzo D) Jahongir mirzo 6 / 40 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) B) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? C) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) D) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) 7 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Xolbekaning B) Barchinoyning C) Zulxumorning D) Gulanorning 8 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Layli va Majnun” B) “Saddi Iskandariy” C) “Hayrat-ul abror” D) “Farhod va Shirin” 9 / 40 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. B) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. C) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi D) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. 10 / 40 Qaysi qatorda otlashgan so’zning asosi omonimlik xususiyatiga ega emas? A) O’ylamay qilganing boshingga keltirar tashvish. B) Ko’p bilgan kam gapirar C) Qush uyasida ko’rganini qiladi. D) Yerni chopgan bilar, terni mehnat qilgan. 11 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 6ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta 12 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. B) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. C) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. D) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. 13 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. B) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. C) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. D) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. 14 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 8 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 6 ta 15 / 40 “Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi? A) Chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylanadi. B) Egaligicha qoladi. C) Qaratqich aniqlovchi tusini oladi. D) Vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib qoladi. 16 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob B) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi C) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi D) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz 17 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. B) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. C) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. D) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. 18 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) sof fe’l B) ravishdosh C) harakat nomi D) sifatdosh 19 / 40 Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) manmanlik, o‘zboshimcha B) o‘shanday, shunaqa C) o‘zboshimcha, o'zbilarmon D) har xil, shunchaki 20 / 40 Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan? A) G’isht, hayo, kasr, o’zbek B) Sabr, niyat, oqil, ro’mol C) Ulug’, cho’pon, el, botir D) Belbog’, dehqon, fikr, kishi 21 / 40 Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaysi javobda ushbu misralar muallifining hayoti va ijodi haqida ma`lumot berilgan? A) Uning ilk kitobi “Ona yer ” deb nomlangan. B) Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan. C) Zamonaviy va tarixiy mavzularda drama yozgan. D) muallim oilasida dunyoga kelgan. 22 / 40 Ravon so`zlash ko`nikmasini egallamaslik, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga keladigan uzilishni, qanday bo`lmasin “yopish”, keying gapni o`ylab toppish uchun e-e-e, xo`o`sh, shu, aytaylik ,gap shundaki birliklarini nutqda ko`p qo`llash…? A) parazit so`zlar B) kanselarizm C) vulgarizm D) varvarizm 23 / 40 Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida qaysi obrazni bir dehqon mo`g`ul-tatarlardan bir qop somon evaziga jonini qutqarib qoladi? A) Jomiy B) Farididdin Attor C) Ali Yazdiy D) Qosim Anvor 24 / 40 Qaysi javobdagi qo`shma so`z arabcha + forscha so`zlaridan olingan? A) achchiqosh B) qiltomoq C) taklifnoma D) o`rinbisar 25 / 40 G‘addor do‘st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. Ostiga chizilgan so`zning paronim juftining sinonimi qaysi gapda qo`llangan? A) Zuxra bugun testdan juda kam topdi. B) Davlat bir-ikki yil ichidan ancha mablag` to`plab qo`ydi. C) Dilrabo Dilnozaning nayrangiga ishondi. D) Sevinch biroz o`ylanib turganidan so`ng, savolning mohiyatini tushundi. 26 / 40 Javoblarni moslashtiring. A) 1-c; 2-b; 3-a; B) 1-b; 2-a; 3-c; C) 1-b; 2-c; 3-a; D) 1-c; 2-a; 3-b; 27 / 40 Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida “hayoti ziddiyatlarga ko’milgan g’aroyi bir” deya ta’riflangan? A) Safar B) Solih maxdum C) Anvar D) Abdurahmon 28 / 40 Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay, O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay. Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti? A) nopisandlik B) sitam,azob C) hurmat, e`tibor qilish D) jabr,zulm; 29 / 40 Urush oyoqlagan sayin umidim kuchaya boshladi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qaysi gapda qo`llangan? A) O`quvchilar testni maroq bilan yecha boshlashdi. B) Bugun testdan so`ng marketolog Gulhayo hamma o`qituvchilarni mehmon qiladi. C) Bir soatdan keyin Sevinch uydan tandir olib keladi. D) Kuz oxirlab qoldi,lekin hali ham yomg`irdan darak yo`q. 30 / 40 Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan? A) chiqish B) qaratqich C) o`rin-payt D) tushum 31 / 40 Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A) ayyor, quv, mug‘ombir B) betob, bemor, xasta C) eplamoq, uddalamoq, sarflamoq D) yalqov, ishyoqmas, tanbal 32 / 40 Quyidagi qaysi so`zning asosi(yetakchi morfem) va yasalish asosi bir turkumga mansub bo`lmagan so‘zni toping. A) mashrabxonlik B) atamashunos C) quchoqlashmoq D) sanoqsiz 33 / 40 Quyidagi ijodkorlarning o`zbek adabiyotidagi yangiliklari bo`yicha javoblarni moslashtiring. A) 1-b; 2-a; 3-c; B) 1-c; 2-b; 3-a; C) 1-c; 2-a; 3-b; D) 1-b; 2-c; 3-a; 34 / 40 Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang. A) kinoya B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 35 / 40 Quyidagi hajviy yo`nalishda yozilgan asarlardan qaysi biri janri bo`yicha boshqalardan farq qiladi? A) “Oltin buzoqcha” B) “O`n ikki stul” C) “Adabiyot muallimi” D) “Yelvizak” 36 / 40 Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring. A) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; B) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b; C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a; D) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d; 37 / 40 Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramonlari haqidagi ma`lumotlarni moslashtiring. A) 1-a; 2-c; 3-b; B) 1-c; 2-b; 3-a; C) 1-b; 2-c; 3-a; D) 1-b; 2-a; 3-c; 38 / 40 Quyidagi qaysi asarda yoshligida adashib shakar deb tuz yeb qo`ygan, lekin katta bo`lganida tuz yeb, shakar yegandek jilmayib turishgan majbur bo`lgan obraz uchraydi? A) G`afur G`ulom, “Shum bola” B) Turob To`la, “Yetti zog`ora qissasi” C) O`tkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi” D) O`tkir Hoshimov, “Dunyoning ishlari” 39 / 40 O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida berilgan ma`lumotlardan noto`g`risini toping A) 1.3 B) 1.4 C) 2.4 D) 1.2 40 / 40 Muqimiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi misralar orqali zamondoshlarini achchiq haqiqatdan ogoh etadi? A) Undа bo‘lus G‘оzi dеdi, Hаm mufti, hаm qоzi dеdi. Yurt bаrchа nоrоzi dеdi, Qilg‘оn ishi оzоr ekаn.arga yo'l qo'ymang. B) Chаrchаshni bilmаs yursаlаr, Purzo‘r kеtmоn ursаlаr, Vаqti nаmоzgа kеlsаlаr, Mаsjid sоrigа lаng ekаn. C) Mа’yus bоrdim “Zоhidоn”, Bir ko‘chа kеtgunchа do‘kоn, Sho‘х оdаmi, ichmаy piyon, Mаst, оtаsi bеzоr ekаn. D) Hаr yеrdа yotgаn хоr-u хаs, Ko‘zgа tikаn yakrаng ekаn. O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 On tili va adabiyot attestatsiya №11