Fizika abituriyent testi №1

1
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Fizika abituriyentlar uchun №1

1 / 30

F1 kuchning moduli 3 N. To‘rtta F1, F2, F3 va F4 kuchlar teng ta’sir etuvchisining moduli nimaga (N) teng?

2 / 30

Egri chiziqli tekis harakatda tezlik vektorining yo’naishi va moduli qanday o’zgaradi?

3 / 30

Orasidagi masofa 1,6 m bo‘lgan qo‘sh (ikki) simli o‘zgarmas elektr toki uzatish liniyasi simlarining har bir metr uzunligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zaro ta’sir kuchini toping. O‘tkazgichlardan o‘tayotgan tok kuchining qiymatini 40 A ga teng deb oling (mN).

4 / 30

Massalari 250 kg dan bo’lgan 3 ta qayiq 5 m/s tezlik bilan bir tomonga bir-birining ketidan suzib ketmoqda. Ikkinchi qayiqdan bir vaqtning o’zida birinchi (oldindagi) va uchinchi (orqadagi) qayiqlar tomon 20 kg massali yuklar uloqtirildi. Yuklarning o’rtadagi qayiqqa nisbatan tezligi 2 m/s. Qayiqlarning yuklar uloqtirilgandan kiyingi tezliklarini toping (m/s).

5 / 30

Rasmda tasvirlangan to’pponchadan 15 g massali o’q uzilganda, o’q ipga osilgan 3 kg massali yog’ochga kirib qolib, uni 10 sm balandlikkacha ko’tarishi uchun o’qning tezligi v qanday bo’lishi kerak?

6 / 30

Idishdagi 5oC haroartli 4 kg suvga -5oC haroratli 2 kg muz solinsa, qancha (kg) muz erib ketadi? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/kg·K, muzning solishtirma issiqlik sig’imi 2100 J/kg·K. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg.

7 / 30

Jism r=20 sm radiusli aylana bo’ylab 4 rad/s2 burchak tezlanish bilan harakatlanmoqda. Jismning tangensial tezlanishini toping (m/s2).

8 / 30

Xatirchi DAN posti yonidan katta v tezlik bilan avtomobil o'tdi. U post bilan tenglashganda DAN inspektori motosiklda uni quva boshladi. Motosiklning harakatini tekis tezlanuvchan deb hisoblab, motosiklning avtomobilni quvib yetgan paytdagi tezligini aniqlang.

9 / 30

Jismga    kuchlar tasir qilmoqda. Jismga tasir qiluvchi natijaviy kuchni toping.

10 / 30

Ebonit - bu …

11 / 30

2 ta vodorod atomi o’zaro qo’shilib pozitron, neytrino va noma’lum zarra hosil bo’ldi. Bu zarrani aniqlang.

12 / 30

Balandligi 80 sm bo’lgan silliq gorizontal stol ustida v=5 m/s tezlik bilan dumalab ketayotgan sharcha stol chetiga borib, sirtidan uzulganidan qancha vaqt o’tib yerga tushadi?

13 / 30

Vertikal yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otilgan jismning 4 s dagi ko’chishini toping.

14 / 30

To‘lqin uzunligi 0,4 μm, intensivligi bir xil I bo‘lgan ikkita kogerent yorug‘lik nuri bir nuqtada uchrashdi. Nurlarning yo‘llar farqi 1,4 μm ga teng bo‘lsa, bu nuqtada yorug‘lik intensivligi qanday qiymatga ega bo‘ladi?

15 / 30

O‘tmishda yurtimizda «Qo‘qon arava» nomi bilan mashhur aravalar ishlatilgan. Ularning g‘ildiraklari otning bo‘yidan ham baland qilib yasalgan. Buning sababi nimada?

16 / 30

Elektr zаrуаdlаri bir xil 6 µС dan bo'lgan ikkita nuqtaviy zaryad dielektrik singdiruvchanligi 9 ga teng bo'lgan muhitda bir-biridan 30 sm masofada joylashgan bo'lsa, ular orasidagi еlеktrоstаtik ta'sir kuchining moduli уа turi qаndау bo'ladi?

17 / 30

Mashina o’z tezligini har 3 s da 9 m/s ga oshiradi. U o’z tezligini 6 m/s dan 12 m/s gacha oshirguncha qancha yo’l (m) yuradi?

18 / 30

Gorizontal tekislikda 5 kg massali jismga kuch tasir qilib, tezlanish bilan harakatlanmoqda. Kuchning gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari mos holda, Fx=20 N va Fy=30 N bo’lsa, jismning tezlanishini toping.

19 / 30

Bir tomoni n-turdagi, ikkinchi tomoni p-turdagi yarim o‘tkazgichda p-sohasini manbaning musbat qutbiga, n-sohasini manfiy qutbiga ulanganda tok o’tadimi?

20 / 30

Real gazlar uchun Van-der-Vaals tenglamasi to’g’ri yozilgan qatorni ko’rsating.

A)B)C)

21 / 30

Rasmdagi malumotlarga ko’ra -5,0 µC zaryadga tasir etuvchi natijaviy kuchni toping.

22 / 30

Massasi т=12,5 kg bо'lgаn jismgа t=10 s dаvоmidа F=8 N kuch uzluksiz ta'sir qiladi. Вundа uning kinеtik еnеrgiуasi Е nесhа joulga yetadi?

23 / 30

Radioaktiv moddaning yarim yemirilish davri 24 soat bo’lsa, 48 soatdan keyin yemirilgan atomlar necha % ni tashkil etadi?

24 / 30

Qo’zg’almas blokka massalari m1 va m2 bo’lgan ikkita yuk vaznsiz ip yordamida osilgan. Yuklar qo’yib yuborilsa, sistemaning og’irlik markazi qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s2)?

A)

B)

C)

D)

25 / 30

Massalari M va m bo’lgan jismlar rasmda ko’rsatilgan kuch bilan silliq gorizontal sirtda tezlanish bilan harakat qilmoqda. M va m jism orasidagi ishqalanish koeffsenti μ. m massali jism sirpanib tushib ketmasligi uchun zarur bo’lgan minimal F kuch ifodasini toping.

26 / 30

4 g vodorod tarkibidagi molekulalar sonini toping. NA=6.1023 mol-1 Vodorodning molyar massasi μ=2.10-3 kg/mol

27 / 30

Arava g’ildiraklarining yerga ishqalanish kuchini qanday yo’l bilan kamaytirish mumkin?

28 / 30

Qаndау kuch uzunligi 0,2 т yo'lda 10 J ish bajaradi (N)?

29 / 30

Vodorod bilan tо'ldirilgаn havo shаrining hajmi 2,5 1, shаrning vodorod bilan birgаlikdаgi оg'irligi 0,03 N ga tеng. Вu shаrning ko'tarish kuchini аniqlаng. ρh=1,29 kg/m3.

30 / 30

Rasmdagi prujinalar bikrligi 20 N/m va markazdagi yukning massasi 0,1 kg bo’lsa, sistemaning gorizontal silliq sirtdagi tebranish davrini toping.

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0