7-sinf Fizika 3-chorak Aprel 26, 2021Aprel 26, 2021 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 7-sinf Fizika 3-chorak ga fikr bildirilmagan. 0 7-sinf Fizika 3-chorak Testni Vafaqulov Alisher tayyorladi. 1 / 25 Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism birinchi sekunda qanday masofani o’tadi?g = 10 m/s2 A) 50 m B) 0,5 m C) 5,5 m D) 5 m 2 / 25 Burchakli ko’chishning vaqtga nisbati qanday fizik kattalik? A) chastota B) burchakli tezlik C) tezlanish D) davr 3 / 25 Aylanma tekis harakatda chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat formulasini ko’rsating A) w=2¶/T B) w=4/t C) V=wR D) w=2¶V 4 / 25 Motosikl botiq ko’prik ustida tekis harakatlanmoqda. Ko’prikning eng quyi nuqtasiga yetganida unga qo’yilgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi qanday yo’nalgan bo’ladi? A) Oldinga B) Yuqoriga C) Pastga D) Orqaga 5 / 25 Avtomobil 5 m/s2 tezlanish bilan tinch holatdan harakat boshladi. U 4s da necha metr yo’l o’tadi? A) 20 B) 40 C) 10 D) 30 6 / 25 Massasi 4 kg bo’lgan jism biror kuch ta’siri ostida 2 m/s2 tezlanish oldi. Shunday kuch ta’siri ostida massasi 10 kg bo’lgan jism qanday tezlanish oladi? A) 0 B) 2 m/s² C) 0,8 m/s² D) 1 m/s² 7 / 25 Erkin tushish deb qaysi harakatga aytiladi A) qo’ldan qo’yib yuborgan jism harakatiga B) jismning havosiz joyda faqat yerning tortish ta’sridagi harakatiga C) jismga hech qanday kuch ta’sir qilmagandagi harakatiga D) xar qanday harakatga 8 / 25 Markazga intilma tezlanish formulasi qaysi ifodada to'g'ri ko’rsatilgan? A) a=F/m B) a=(v-v˳)/t C) a=v²/R D) a=v/t 9 / 25 Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism 3-sekund ichida qanday masofani o’tadi? g = 10 m/s2 A) 15 m/s B) 10 m/s C) 5 m/s D) 25 m/s 10 / 25 Nyutonning 2-qonuni formulasini ko’rsating A) a = v/t B) a = 2s/ t² C) a = F / m D) a = v² /R 11 / 25 Tezlanish formulasi qanday ifodalanadi A) a = (v - v˳)/t B) p = F / S C) p = m / v D) S = at² / 2 12 / 25 Tezlanishning o’lchov birligini ko’rsating A) m²/s B) m/s C) s/ m² D) m/s² 13 / 25 Velosiped g’ildiragining o’qidan eng uzoq nuqtasi 0,02 s davomida 20 km yo’lni bosib o’tdi. Velosipedning tezligini toping A) 36 km/soat B) 3,6 km/soat C) 4 km/soat D) 0,36 km/soat 14 / 25 Qaysi shart bajarilganda, jism suyuqlikda tekis cho’ka boshlaydi? (mg-og’irlik kuchi, Fa- Arximed kuchi, F-qarshilik kuchi) 1) m g > F = F a 2) m g = F 3) m g = F = F a 4) mg < F = F a A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 15 / 25 Jismning vaqt birligi ichida to’liq aylanishlari soni aylanishi ….. deb ataladi A) davri B) tezligi C) tezlanishi D) chastotasi 16 / 25 Balkondan boshlang’ich tezliksiz tushib ketgan jism 1 s da yerga etib kelgan bo’lsa, u qanday balandlikdan (m) tushgan? A) 20 B) 15 C) 5 D) 10 17 / 25 m/s2 tezlanish bilan to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanayotgan jismning holatidan boshlab birinchi sekunda qanday masofani (m) o’tadi? A) 8 B) 4 C) 6 D) 7 18 / 25 Soatning 30 mm uzunlikdagi minut mili uchi 10 minutda 31,4 mm uzunlikdagi yo’lni bosib o’tdi. Minut mili uchining chiziqli tezligini toping A) 0,00005 m/s B) 0,005 m/s C) 0,0005 m/s D) 0,5 m/s 19 / 25 Massasi 60 kg bo’lgan jism tik yuqoriga 1 m /s2 tezlanish bilan ko’tarilayotgan bo’lsa, uning og’irligi qanday bo’ladi? A) 660 N B) 480 N C) 540 N D) 600 N 20 / 25 Xalqaro birliklar sistemasida kuch birligi A) kg / s² B) kg*m²/s² C) m / s² D) kg*m / s² 21 / 25 Avtomabil 200 m radiusli aylana yo’lda 72 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. Uning markaziga intilma tezlanishi qancha m/s2 ga teng? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 22 / 25 Agar reaktiv samolyot dvigatelining tortish kuchi 90 k N bo’lsa, massasi 60 t bo’lgan samolyot tezlik olish vaqtida qanday tezlanish bilan harakatlanadi? A) 1 m/s² B) 2 m/s² C) 0,5 m/s² D) 0 23 / 25 O’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning bir-biriga ta’sir kuchlari bir to’g’ri chiziq bo’yicha yo’nalgan, moduli bo’yicha teng va yo’nalish bo’yicha qarama-qarshidir. Bu ....... A) Nyutonning 1 qonuni B) Nyutonning butun olam tortishish kuchi qonuni C) Nyutonning 2 qonuni D) Nyutonning 3 qonuni 24 / 25 Tezligi υ=5-3 t (m/s) tenglama bilan berilgan jismning boshlangich tezligi (m/s) nimaga teng? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 25 / 25 Jism tezlik proporsiyasining vaqtga bog’lanish v = 3+2t (m/s) ko’rinishga ega. Ko’chish proyeksiyasining vaqtga bog’lanishi qanday? A) S = 3t + 2 t² B) S = 3t + 1 t² C) S = 2t + 3 ² D) S = 2t² 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Fizika choraklik