Fizika abituriyent testi №1

1

Fizika abituriyentlar uchun №1

1 / 30

Neon lampa ballonidagi neonning bosimi 5000 Pa, zichligi 50 g/m3 bo‘lsa, uning haroratini (K) toping. Neonning molyar massasi 20 g/mol.

2 / 30

4 g vodorod tarkibidagi molekulalar sonini toping. NA=6.1023 mol-1 Vodorodning molyar massasi μ=2.10-3 kg/mol

3 / 30

Har birining sig’imi c bo’lgan kondensatorlar qoplamlari orasidagi fazoning yarmi rasmdagidek dielektrik singdiruvchanligi 2 bo’lgan modda bilan to’ldirilgan bo’lsa, umumiy sig’im qanday o’zgaradi?

4 / 30

Bir tomoni n-turdagi, ikkinchi tomoni p-turdagi yarim o‘tkazgichda p-sohasini manbaning musbat qutbiga, n-sohasini manfiy qutbiga ulanganda tok o’tadimi?

5 / 30

Rasmda ko’rsatilgan elastik metal sim yuqori uchidagi sharchaning massasi 2 kg. Sharcha 8 N kuch yordamida muvozanat vaziyatidan 20 sm og’dirib garmonik tebratilganda sistemaning tebranish davrini toping.

6 / 30

Rasmda ko’rsatilgan vazni 300 N bo’lgan sterjen vaznlari 250 N va 300 N bo’lgan bo’yoqchini ko’tarib turibdi. Sterjen osilgan iplarning birining taranglik kuchi 400 N. Sistema muvozanatda bo’lishi uchun ikkinchi ipning taranglik kuchi qancha bo’lishi kerak(N).

7 / 30

A nuqtadan harakatlana boshlagan m massali jismga B nuqtadan o’tayotgan momentda, unga tasir qilayotgan natijaviy kuchni toping. Ishqalanishni hisobga olmang. Erkin tushish tezlanishi g ga teng.

8 / 30

Xatirchi DAN posti yonidan katta v tezlik bilan avtomobil o'tdi. U post bilan tenglashganda DAN inspektori motosiklda uni quva boshladi. Motosiklning harakatini tekis tezlanuvchan deb hisoblab, motosiklning avtomobilni quvib yetgan paytdagi tezligini aniqlang.

9 / 30

Jism yo’lning birinchi yarmini t1=2 s, ikkinchi yarmini esa t2=8 s da bosib o’tdi. Agar bosib o’tilgan yo’lning hammasi S = 20 m bo’lsa, harakatning o’rtacha tezligi topilsin (m/s).

10 / 30

Elektr zаrуаdlаri bir xil 6 µС dan bo'lgan ikkita nuqtaviy zaryad dielektrik singdiruvchanligi 9 ga teng bo'lgan muhitda bir-biridan 30 sm masofada joylashgan bo'lsa, ular orasidagi еlеktrоstаtik ta'sir kuchining moduli уа turi qаndау bo'ladi?

11 / 30

Vertikal yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otilgan jismning 4 s dagi ko’chishini toping.

12 / 30

1 gramm ideal gazning 270C haroratdagi o’rtacha kinetek energiyasini toping.

13 / 30

FIK i 30 % bo’lgan domkrat buragichining uzunligi 40 sm va u har aylanganda uning prujinasi 5 mm ko’tariladi. Fw=2,7 kN og’irlikdagi yukni ko’tarishi uchun uning yelkasi uchidan qanday gorizontal kuch bilan burash kerak?

14 / 30

Vodorod bilan tо'ldirilgаn havo shаrining hajmi 2,5 1, shаrning vodorod bilan birgаlikdаgi оg'irligi 0,03 N ga tеng. Вu shаrning ko'tarish kuchini аniqlаng. ρh=1,29 kg/m3.

15 / 30

Mashina o’z tezligini har 3 s da 9 m/s ga oshiradi. U o’z tezligini 6 m/s dan 12 m/s gacha oshirguncha qancha yo’l (m) yuradi?

16 / 30

Asosining tomonlari 1 m x 0,8 m va balandligi 0,5 m bo’lgan 60 kg massali parallelepiped shaklidagi jism suv sirtida suzib yuribdi. Uning suv ostidagi qismining balandligini toping.

17 / 30

Arava g’ildiraklarining yerga ishqalanish kuchini qanday yo’l bilan kamaytirish mumkin?

18 / 30

Elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilayotgan tebranish konturining kondensatorida zaryadning maksimal qiymati 0,1 nC bo‘lganda, qoplamalar orasidagi potensiallar farqi 40 mV ga teng bo‘ldi. Agar tebranish konturi λ = 300π metr to‘lqin uzunligiga moslashgan bo‘lsa, konturdagi g‘altakning induktivligini (mH) toping.

19 / 30

Rasmda keltirilgan zanjirning umumiy qarshiligini (Ω) toping. R=4 Ω.

20 / 30

Rasmda ko’rsatilgan kabi gorizontal otilgan jismning gorizontal yo’nalishdagi uchish uzoqligini toping.

21 / 30

Ichki yonuv dvegatelining ishlash jarayonida qaysi taktda klapanlar yopiq bo’ladi?

22 / 30

F1 kuchning moduli 3 N. To‘rtta F1, F2, F3 va F4 kuchlar teng ta’sir etuvchisining moduli nimaga (N) teng?

23 / 30

Uchta o’tkazgich rasmdagidek joylashgan va ulardan ko’rsatilgan yo’nalishlarda tok oqmoqda. C o’tkazgichning uzunligi 25 sm bo’lsa, unga boshqa o’tkazgichlar tomonidan tasir etuvchi natijaviy kuchni toping (mN).

24 / 30

Qorli tog' cho’qqisidan bola сhanani qo'zg'atib boshlang’ich 6 m/s tezlik berdi. Сhаna tog' asosiga yetganda 26 m/s tezlikka erishdi. Agaг qor bilan chana оrasidаgi ishqalansih hisobga оlinmasа, chana qanday balandlikdan (m) tusha boshlagan?

25 / 30

Rasmdagi sistema tinch va prujina cho’zilmagan holda, yuk tutib turilgan edi. Yuk qo’yib yuborilsa, yukning tebranish amplitudasini toping (sm).

26 / 30

Rasmda tasvirlangan idishga suv solingan. Idishning yon tomonida, asosidan h1=10 sm va h2=25 sm balandlikdagi teshiklardan suv chiqib, idish asosidan bir xil masofaga borib tushishi uchun syuqlik ustunining balandligi h qanday bo`lishi kerak?

27 / 30

Rasmdagi truba orqali suyuqlik harakatlanmoqda. Trubaning R1=6 sm qismidagi suyuqlik tezligi v1=2 m/s va bosimi P1=180 kPa bo’lsa, R2=2 sm qismdagi suyuqlik bosimi P2 ni toping (kPa).

28 / 30

Jism 4 soat 25 m/s tezlik bilan harakatlanib, keyin 100 km masofani 1 soatda bosib o’tdi. Uning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (km/h).

29 / 30

Induktivligi  0.5 H bo’lgan g’altakda tok kuchi i=0.1 sin 628 t [A] qonun bo’yicha o’zgaradi. G’altakning induktiv qarshiligini (Ω) aniqlang.

30 / 30

Bikrliklari k1=1 kN/m va  k1=3 kN/m  bo’lgan ikki prujina parallel biriktirilgan. Shu tizimning absolyut deformatsiyasi x=5 sm bo’lgan holdagi potensial energiyasini (J) aniqlang.

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0