Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 10-sinf Fizika olimpiada №3 Fizika olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Fizika olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 193 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Fizika olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Gaz haroratini 17℃ ga oshdi. Gazning absolyut harorati necha kelvinga oshganini toping. A) 256 B) 17 C) 290 D) 0 2 / 25 2. Kub shaklidagi muz bo’lagi ichida bir jinsli sharsimon jism joylashtirilgan bo’lib, ushbu muz suvda to’la botgan holda suzib yuribdi. Agar kub shaklidagi muzning tomonlari a, uning ichidagi sharning diametri ham a ga teng bo’lsa, shu sharsimon jism moddasining zichligini (kg/m³) toping. Muzning hamda suvning zichliklari 0,9 g/sm³ va 1,0 g/sm³. A) 1127 B) 1091 C) 1027 D) 2027 3 / 25 3. Arabboy ismli o’quvchi toshni tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan uloqtirdi. Natijada tosh maksimal 12.5 m balandlikka ko’tarilib otilish nuqtasiga 12 m/s tezlik bilan qaytib tushdi. Tosh harakatiga havo tomonidan ta’sir etuvchi qarshilik kuchining (N) o’rtacha qiymatini toping. Toshning massasi 0.5 kg. A) 9,56 B) 2,56 C) 4,56 D) 3,56 4 / 25 4. Jismning tezlik tenglamasi ? = 7 + 2? (m/s) ko’rinishga ega bo’lsa, shu jism uchun ? = 3 ÷ 7 s vaqt intervalidagi o’rtacha tezlik (m/s) topilsin. A) 13 B) 16 C) 21 D) 17 5 / 25 5. Issiqlik dvigateli isitkichdan olgan issiqlik miqdorining 70 % i sovutkichga uzatiladi. Issiqlik dvigatelining FIK ni 2 marta oshirish uchun isitkichdan olingan issiqlik miqdorining necha foizini sovitkichga berish kerak? A) 40 B) 70 C) 30 D) 60 6 / 25 6. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday? A) 58 B) 66 C) 19 D) 15 7 / 25 7. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish balandligidan 8 marta katta bo’lsa, otilish burchagining sinus qiymatini toping. A) 2 B) √5/5 C) 2/√5 D) 1/√5 8 / 25 8. Jism qiyaligi 0,6 bo’lgan qiya tekislikda yotibdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffisientining qanday minimal qiymatida jism qiya tekislikda sirpanmaydi? A) 3/5 B) 3/4 C) Aniqlab bo’lmaydi D) 4/3 9 / 25 9. Tosh biror balandlikdan gorizontal otildi. Normal va tangensial tezlanishlari o’zaro tenglashgan vaqt momentida uning tezligi 28 m/s ga teng ekanligi ma’lum bo’lsa, shu vaqt ichida vertikal necha m pastga tushganini aniqlang. √2 ≈ 1.4, ? = 10 ?/?² A) 20 B) 30 C) 36 D) 25 10 / 25 10. Aylana bo’ylab ?(?) = 10 + 4? qonuniyat bilan harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi dastlabki 5 s ichida necha marta ortadi? A) 3 B) 5 C) R radiusning qiymatisiz aniqlab bo’lmaydi D) 2 11 / 25 11. Bir jisnli elektr maydon kuchlanganligi 300 kV/m ga teng. Zaryadi +2nC va massasi 0,5 g bo’lgan zarra shu maydonga joylashtirilib qo’yib yuborilsa u qanday tezlanish (?/?2) bilan harakatlanadi? A) 1.2 B) 2.4 C) 6 D) 12 12 / 25 12. Harorati 100℃ va massasi 1 kg bo’lgan suv bug’i hamda harorati 0℃ va massasi 0,2 kg bo’lgan suv issiqlik o’tkazmaydigan idishga solindi. Sistemada termodinamik muvozanat qaror topganida idishdagi harorat necha ℃ ga teng bo’ladi? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/kg ∗ K, suvning solishtirma qaynash issiqligi 2,3 MJ/kg. A) 110 B) 109 C) 10 D) 100 13 / 25 13. Katerning suvga nisbatan tezligi 3v, oqimning tezligi esa v ga teng. Katerning A punktdan B punktga borib qaytishidagi o’rtacha tezligini toping. Oqim A dan B tomon yo’nalgan. A) 2? B) 9?/4 C) 8?/3 D) 3? 14 / 25 14. Chizmada ko’rsatilgan sxemada qaysi element(lar)dan tok o’tmaydi? ?₁ = ?, ?₂ = ?₃ = 2?, ?₄ =3?, ?₅ = 8?. A) Barchasidan o'tadi B) ?2 ?? ?₅ C) ?₃ D) ?₁ ?? ?₄ 15 / 25 15. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish vaqti 8 s ekanligi ma’lum. Yerga tushish momentidan 2 sekund avval Yer sirtidan necha m balandlikda bo’ladi? ? = 10 ?/?² A) 75 B) 66 C) 60 D) 65 16 / 25 16. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. 2 kg massali va 0℃ haroratli muzga 70 kJ issiqlik berilsa, uning necha foizi erimay qoladi? A) 64.7 B) 89.4 C) 35.3 D) 10.6 17 / 25 17. Agar qiya tekislikning qiyalik burchagi 45° ga va ishqalanish koeffisienti 0.25 ga teng bo’lsa, shu qiya tekislik uchun FIK ni (%) toping. A) 20 B) 40 C) 80 D) 25 18 / 25 18. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi ikki marta kamayguncha jism aylana bo’ylab to’liq 300 marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi? A) 100 B) 105 C) 1000 D) 150 19 / 25 19. Jism Yer sirtidan vertikal tik yuqoriga otildi. 4 s dan so’ng uning tezligi 20 m/s ga teng bo’lib qoldi. Yana necha sekunddan so’ng uning tezligi modul jihatdan huddi shu qiymatga erishadi. ? = 10 ?/?² A) 6 B) 5 C) 4 D) 3 20 / 25 20. Massalari 5 kg va 15 kg bo’lgan kichik o’lchamdagi jismlar bir biridan 75 m masofada joylashgan. Ularning o’zaro tortishish kuchi necha Nyutonga teng? A) 8.9 ∗ 10⁻¹⁰ B) 8.9 ∗ 10⁻¹¹ C) 8.9 ∗ 10⁻¹³ D) 8.9 ∗ 10⁻¹² 21 / 25 21. 3 ta nuqtaviy zaryadni tomoni a ga teng bo’lgan teng tomonli uchburchakning uchta uchiga joylashtirildi. Zaryad miqdorlari q, 2q va 3q ga teng bo’lsa, uchburchakning markaziga joylashtirilgan 4q zaryad qanday potensial energiyaga ega bo’ladi? A) 24kq²/3a B) 24√3kq²/a C) 24kq²/a D) 10kq²/a 22 / 25 22. Chizmada ko’rsatilgan muvozanatdagi sistema uchun ?/? = 2 ekanligi ma’lum bo’lsa, ??/?? ni aniqlang. A) 6 B) 3 C) 5 D) 2 23 / 25 23. Burchak tezlanishining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) ???/?² B) ???/? C) ?/?² D) ?/? 24 / 25 24. Jismning radius vektorining vaqtga bog’lanishi ko’rinishda bo’lsa, 5 s vaqt monetida uning tezlanishi (?/?²) qanday qiymatni qabul qiladi? A) 10 B) 11 C) 200 D) 150 25 / 25 25. Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshning tezligi 2 km/s va massasi 200 kg teng ekanligi ma’lum bo’lsa, uning to’liq mexanik energiyasi necha МJ? A) 400 B) -400 C) -200 D) 200 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6