Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №2 Kimyo olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 409 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №2 2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarra bu - … A) yadro B) klaster C) atom D) molekula 2 / 25 2. Mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan 0,5% 80 ml lidokain eritmasini tayyorlash uchun 10% 2,0 ml lidokain ampullasidan nechta kerak bo‘ladi? Har ikkala eritmaning ham zichligini 1,0 g/ml deb qarang. A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 3 / 25 3. Gipotetik reaksiyaning tezligi temperatura 20°C dan 50°C gacha ko‘tarilganida 8 marta oshsa, 50°C dagi tezlikni yana 4 martaga oshirish uchun temperaturani necha °C gacha ko‘tarish kerak? A) 90°C B) 70°C C) 80°C D) 60°C 4 / 25 4. Qutbsiz kovalent bog’li molekulalar juftini aniqlang. A) NaBr, HBr; B) MgJ2 , SO2 C) HBr, РН3 D) S8 , F 5 / 25 5. 1,25x molyalli eritma hosil qilish uchun 28g kaliy ishqori x molyalli eritmaga qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini (%) hisoblang. A) 12.28 B) 26 C) 16.7 D) 21.9 6 / 25 6. Ma’lum temperaturada 6 g X modda 4 sekundda hosil bo’ladi. Tezlik ikki marta orttirilsa, 9 g modda necha sekundda hosil bo’ladi. A) 18 B) 9 C) 6 D) 3 7 / 25 7. NO va N2Ox dan iborat aralashmada kislorodning massa ulushi 40% , NO ning massa ulushi 21,4% bo’lsa, X ni toping. A) 2 B) 5 C) 1 D) 3 8 / 25 8. Teng hajmda olingan kislorod va ozon massalari bir – biridan 480 g ga farq qilsa, aralashmadagi kislorod massasini(g) hisoblang. A) 320 B) 640 C) 960 D) 1280 9 / 25 9. Sulfat angidridning parchalanish reaksiyasini to’rt marta orttirish uchun idishning hajmi qanday o’zgarishi lozim. A) 4 marta kamayishi B) 2 marta kamayishi C) 4 marta ortishi D) 2 marta ortishi 10 / 25 10. Kalsiy fosfat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang. A) 28; 4 B) 14; 2; C) 7; 1; D) 21; 3; 11 / 25 11. Galogenid kislotaning 1,4 M li eritmasining titri 113,4 mg/ml ga teng. Galogenid kislotani aniqlang. A) HF B) HCl C) HJ D) HBr 12 / 25 12. Ammiak gazi parchalandi. Natijada hosil bo’lgan aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushi parchalanish unumiga teng bo’lsa, aralashmaning molyar massasini (g/mol) hisoblang. A) 11.33 B) 12 C) 10 D) 13.6 13 / 25 13. 40˚C dagi reaksiya 30˚C dagi reaksiyaga qaraganda 6 sekund oldin tugaydi. 50˚C dagi reaksiyaga qaraganda 2 sekunddan keyin tugaydi. Ushbu reaksiya 10˚C da necha sekundda tugaydi. A) 3 B) 27 C) 9 D) 81 14 / 25 14. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi? A) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi; B) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari har xil tekislikda taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi. C) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi har xil bo‘ladi; D) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanmaydi. 15 / 25 15. Azot va noma’lum gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 10 ga teng. Ularning hajmiy nisbati almashgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 8 ga teng. Noma’lum gazni aniqlang. A) kislorod B) kuldiruvchi gaz C) argon D) metan 16 / 25 16. Vodorodning 3 xil izotopi (¹H; ²D; ³T) va kislorodning ¹⁷O va ¹⁸O li izotoplaridan hosil bo’lgan suv molekulalaridan necha foizi tarkibida 11 ta neytron boladi? A) 25 B) 41,6 C) 16,6 D) 33,3 17 / 25 17. Tarkibida 80% suv saqlagan 100 g NaOH eritmasini bug’latib, tarkibida 5% suv saqlagan eritmadan necha gramm olish mumkin? A) 54 B) 40 C) 21 D) 31 18 / 25 18. Noma’lum x M li Y tuzning titr va foiz konsentratsiyalari nisbatini aniqlang.(p=2g/ml) A) 1:40 B) 2:25 C) 1:25 D) 1:50 19 / 25 19. 0,8 mol modda 0,05 mol/l ∙sek tezlik bilan 4 sekundda parchalansa, idishning hajmini aniqlang. A) 5 B) 4 C) 6 D) 7 20 / 25 20. Eritmaga suv qo’shilganda eritma massasi 3 marta ortdi. Konsentratsiyasi esa 8% ga kamaydi. Olingan eritmadagi tuz konsentratsiyasini (%) da aniqlang? A) 24 B) 4 C) 12 D) 8 21 / 25 21. Tarkibida 36 g tuz bo’lgan eritmaga 20 g tuz qo’shildi. Natijada konsentratsiya 10 % ga ortdi. Boshlang’ich eritmadagi tuzning massa ulushini toping? 1) 50 2) 303) 60 4) 40 5) 25 A) 1.5 B) 2 C) 4 D) 2.3 22 / 25 22. 238U → E + x β+ y 0n1. ushbu yadro reaksiyada x/y ning qiymati 0,375 ga teng bo’lsa, noma’lum element izotopini aniqlang. (x+y=11) A) ²³²Pa B) ²³⁰Th C) ²³⁰Ac D) ²⁷⁶Rn 23 / 25 23. Massasi 79,8 g bo’lgan ishqoriy metall va uning oksidi aralashmasining 1,2 mol miqdori suvda eritilganda tarkibida 300 g suv saqlagan 6 mol/kg li eritma hosil bo’ldi. Metallni aniqlang. A) seziy B) natriy C) kaliy D) litiy 24 / 25 24. 120 g 20% li NaOH eritmasiga 480 g 10%li NaOH eritmasi qo’shildi. Bunda 6M li eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritmaning zichligini (g/ml) toping. A) 2 B) 1.6 C) 1.3 D) 1.5 25 / 25 25. MeSO4 o’zining massasidan 2 marta ko’p suvda eritilganda eritmadagi SO42- anionining massa ulushi 1/5 ga teng bo’ldi. Metallni aniqlang. A) Cu B) Fe C) Cd D) Mg 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Kimyo olimpiada №6