Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 249 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Avogadro doimiysining o‘lchov birligi qanday? A) mol B) 1/mol C) g/mol D) o‘lchov birligiga ega emas 2 / 25 2. Gipotetik X suyuqlik (M = 39,2 g/mol) n.sh.da bug‘langanida hajmi 1000 marta oshishi uchun qanday zichlikka (g/ml) ega bo‘lishi kerak? A) 1,00 B) 1,75 C) 1,25 D) 1,5 3 / 25 3. 0,025 mol noma’lum oddiy modda yoqilganda kisloroddan 1,375 marta og‘ir bo‘lgan 33,6 litr (n.sh.da) gaz hosil bo‘ldi. Yoqilgan noma’lum oddiy moddaning kimyoviy formulasini keltiring. A) C60 B) C80 C) C70 D) C90 4 / 25 4. Sulfat kislotali muhitda kaliy yodidga 5% 500 ml (ρ = 1,0 g/ml) KMnO4 ta’sir ettirib qancha yod olish mumkin? A) 100 g B) 150 g C) 200 g D) 50 g 5 / 25 5. C + O2 = CO2. Ushbu reaksiya issiqlik effektiga ko‘ra qanday reaksiya hisoblanadi? A) Gipertermik B) Ekzotermik C) Gipotermik D) Endotermik 6 / 25 6. 20 pg vodorod ftorid molekulalarini bittalab sanab chiqish uchun necha yil talab etiladi? Sanoq tezligi har sekundda 1 ta molekula. 1 pg = 10-12 g. A) 23 ming B) 19 ming C) 458 ming D) 320 7 / 25 7. Agar tabiatda xlorning 35 va 37 izotoplari mavjud bo‘lsa, Cl2 tarkibli gaz molekulalarining necha foizi 35Cl-35Cl izotop tarkibga ega bo‘ladi? Ar(Cl) = 35,5. A) 56,25% B) 75,00% C) 6,25% D) 25,00% 8 / 25 8. Suv (a), etil spirti (b) va sulfat kislota (c) berilgan. Ularni qaynash temperaturasi oshib borish tartibida joylashtiring. A) b-a-c B) c-b-a C) a-b-c D) a-c-b 9 / 25 9. Quyidagi jadvalda Y elementning ionlanish energiyasi qiymatlari keltirilgan. Jadvaldan foydalanib, Y elementning valentligini aniqlang. A) 5 B) 3 C) 2 D) 4 10 / 25 10. 10 m³ hajmli idishda 2 atm bosim 25°C temperaturada 22,9 kg qutbsiz gaz qamalgan bo‘lsa, ushbu gazning kimyoviy formulasini keltiring. A) Cl B) H2 C) N2 D) H2O 11 / 25 11. Noma’lum tuz eritmasiga NaOH eritmasi qo‘shilganida havodan yengil, o‘tkir hidli gaz ajralishi kuzatildi. Eritmada esa faqat NaCl qolganligi ma’lum bo‘lsa, noma’lum tuzning kimyoviy formulasini keltiring. A) Ar B) H2O C) H2 D) NH4Cl 12 / 25 12. 98% sulfat kislota hosil qilish uchun 32% 20,0 kg oleumga qancha 60% sulfat kislota qo‘shish kerak? A) 6,84 kg B) 5,84 kg C) 4,84 kg D) 7,84 kg 13 / 25 13. 1s22s22p63s23p6 elektron konfiguratsiya qaysi zarrachaga tegishli? A) S2⁻ B) Ti³⁺ C) Ne D) Cl⁺ 14 / 25 14. Gipotetik reaksiyaning tezligi temperatura 20°C dan 50°C gacha ko‘tarilganida 8 marta oshsa, 50°C dagi tezlikni yana 4 martaga oshirish uchun temperaturani necha °C gacha ko‘tarish kerak? A) 80°C B) 90°C C) 70°C D) 60°C 15 / 25 15. CrO42- + xH2O + ye- → [Cr(OH)6]3- + zOH- yarim-reaksiyadagi x, y, z koeffisientlarni aniqlang. (uchala koeffisient to‘g‘ri bo‘lgandagina javob inobatga olinadi). A) x = 3, y = 4, z = 2 B) x = 2, y = 3, z = 4 C) x = 4, y = 3, z = 2 D) x = 4, y = 2, z = 3 16 / 25 16. 226Ra izotopining yarim-yemirilish davri 1600 yil. Bu 1600 yil o‘tgach izotopning yarmi parchalanib, qolgan yarmi esa o‘zgarishsiz qolganini bildiradi. Shu muddat ichida 226Ra izotopining parchalanish tezligi qanday o‘zgaradi? A) tezlik o‘zgarmaydi B) 2 marta ortadi C) reaksiya yakunlanib, tezlik 0 ga teng bo‘ladi D) 2 marta kamayadi 17 / 25 17. 50 g ohaktosh parchalanganda 32,4 g qattiq qoldiq qolgan bo‘lsa, parchalanmay qolgan ohaktoshning massasini aniqlang. A) 10,0 g B) 22,4 g C) 20,0 g D) 0,0 g 18 / 25 18. Agar N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiya uchun muvozanat konstantasining qiymati x ga teng bo‘lsa, ⅓N2 + H2 = ⅔NH3 reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymati qanday bo‘ladi? A) III B) I C) II D) IV 19 / 25 19. 3 mol A modda 3 mol B modda bilan aralashtirildi. Natijada A + B ↔ C + D muvozanat o‘rnatildi. Agar K = 4 va reaksion aralashma hajmi 1 litr bo‘lsa, muvozanat qaror topganidan keyingi reaksiya unumini (%) aniqlang. A) 66.70% B) 86.70% C) 96.70% D) 68.70% 20 / 25 20. BCl2 molekulasida B atomlari sp² gibridlangan bo‘lib, B-Cl bog‘ining uzunligi x ga teng. BCl3 molekulasida Cl atomlari orasidagi masofa 0,303 nm bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang. A) 0,275 nm B) 0,185 nm C) 1,175 nm D) 0,175 nm 21 / 25 21. Moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarra bu - … A) atom B) yadro C) klaster D) molekula 22 / 25 22. Ozon va kislorod aralashmasining o‘rtacha molyar massasi 40 g/mol bo‘lsa, undagi ozonning hajmiy ulushini aniqlang. A) 50% B) 60% C) 80% D) 70% 23 / 25 23. Asosiy holatda valent elektronlari uchun kvant sonlari: n = 3, l = 0 (m = 0); 1 (m = -1; 0; +1) bo‘lgan elementlarni aniqlang (shu talabga mos keluvchi barcha elementlarni ko‘rsating). A) P, H2, Cl, Ar B) P, S, Cl, H2 C) P, S, Cl, Ar D) P, H2O, Cl, Ar 24 / 25 24. Mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan 0,5% 80 ml lidokain eritmasini tayyorlash uchun 10% 2,0 ml lidokain ampullasidan nechta kerak bo‘ladi? Har ikkala eritmaning ham zichligini 1,0 g/ml deb qarang. A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 25 / 25 25. 2SO2 + O2 = 2SO3 reaksiya uchun vanadiy(V) oksidi geterogen katalizator hisoblanadi. Katalizator ishtirokidagi reaksiyalar 2 bosqichda amalga oshadi: 1-bosqich: .... 2-bosqich: 4VO2 + O2 = 2V2O5 Katalizatorga xos umumiy xususiyatlardan kelib chiqib 1-bosqich reaksiya tenglamasini keltiring. A) IV B) III C) II D) I 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz