Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №17 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №17 InfoMaster Aprel 6, 2022 119 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №17 HIS HAYAJON UNDOVLARI BUYRUQ XITOB UNDOVLARI TAQLID SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 45 Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlaming ikkinchisi xato yozilgan? A) qism-qisim B) ahl-ahil C) aks-akis D) adl-adil 2 / 45 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?! B) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas C) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha D) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat 3 / 45 Qaysi gapda yomon so’zi qattiq , juda, nihoyatda so’zlariga sinonim bo’la oladi? A) Ishqilib yomon xabar kelmasin-da B) Bugun Ahmad yomon uxladi. C) Eng yomoni - xona goyatda. sovuq. edi. (Mirrmuhsin ) D) Inoyat oqsoqol uvi ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi. 4 / 45 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) raqib B) do’st C) hamroh D) tuya 5 / 45 Kishilik olmoshi berilmagan gapni aniqlang. . A) Men nechun maqtamay ona-Vatanni. B) Sizsiz ishimizni bitirishimiz mushkul. C) O’sha odamning o’zginasi, faqat bunday tugmali kiyimi yo’q edi. D) U to’g’i, chiroyli yozadi. 6 / 45 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Uning yoshi qanchada? B) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. C) Unga qay yuz bilan qaraysan? D) To’yga kim-kim keldi? 7 / 45 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtrok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi 8 / 45 Qaysi qatordagi so’zlar egalik qo’shimchasi qo’shilganda, q tovushi g’ tovushiga aylanmaydi? A) zavq, ishtiyoq B) o’rtoq, bayram C) barmoq, tirnoq D) so’roq, qaymoq 9 / 45 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 2, 3 B) 1,3 C) l,2 D) faqat 2 10 / 45 Men ketgan so ‘ng uydan chiqib o’ltirma.Do'st yig'latib, dushmanimni kuldirma Berilgan qo‘shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili ham belgisiz qo'llangan? A) tushum B) chiqish C) qaratqich D) chiqish va tushum 11 / 45 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan B) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari C) Barcha kelishiklar bilan D) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan 12 / 45 Ko‘makchi qo‘llangan gaplarni aniqlang.1. U o‘qib bo‘ldi. 2. U men bilan borib keldi.3 U biz tomon asta yurib keldi. A) faqat 1 B) 2,3 C) 1,2,3 D) l,3 13 / 45 Takror holda qo’llanuvchi bog’lovchilar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A) biriktiruv B) sabab C) zidlov D) ayiruv 14 / 45 Qaysi qatordagi gapda teng bog’lovchini ergashtiruvchi bog’lovchi bilan almashtirish mumkin. A) Yigitlar, mehmonlarni o’lka bo’ylab kezdinglar va bog’imizni ko’rsating. B) Biz yaxshi tayyorlandik va birinchi g’alaba qo’lga kirdi. C) Tig’ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi. D) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin. 15 / 45 Mehmon esa “buning o’zi nima-yu, muomalasi nima bo’lardi” degan ma’noda kulib qo’ydi xolos.Ushbu gapdagi ayiruv - chegaralov yuklamasini ko’rsating. A) xolos B) esa C) ayiruv - chegaralov yuklamasi qo’llanmagan D) -yu 16 / 45 Inkor yuklamasi berilgan qatorni aniqlang. A) –ku, ham B) xuddi, naq C) hech, sira D) faqat, -gina 17 / 45 Qaysi bandda taqlid so‘zga noto‘g‘ri izoh berilgan?1 g‘a-g‘a - o‘rdak ovoziga taqlid;2 di-dit - mashina signaliga taqlid;3 lip-lip - chiroq holatiga taqlid;4 jimir-jimir - suv holatiga taqlid. A) faqat 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) Barchasi to‘g‘ri 18 / 45 Olmoshdan undovga ko’chgan so’z qaysi gapda mavjud? A) Hormang,ishlar ketyaptimi? B) Qani,bir chekkadan gapirib ber-chi! C) Yo’qol,ko’zimga ko’rinma! D) Bizni unutmabsiz,yashang! 19 / 45 "O’h-ho’ namuncha katta ketdingiz!" gapidagi undov so’z qaysi ma'noni anglatadi? A) mesimaslik B) mag’rurlanish C) faxrlanish D) e’tiroz 20 / 45 Buyruq, sharlli xitob ma'nolarini bildirgan undovlar qaysi javoblarda keltirilgan? A) Ts.ish,tish B) Hey,bah-bah,xix C) Chuh,beh-beh,obbo D) Hey,ey,kisht 21 / 45 Qaysi xususiyat taqlid so’zlarga xos emas ? A) Javoblarda ko’rsatilgan barcha xusuiyatlar taqlid so’zlarga xos B) Taqlid so’zlar juft yoki takror holda qo’llanishi mumkin C) Taqlid so’zlar yakka holda qo’llanishi mumkin D) Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi bo’la oladi 22 / 45 Qaysi gapda undov so‘z fikrdan qaytarish ma’nosini ifodalagan?1. Hay-hay, qanday mazali. 2. Hay-hay, tegma.3. Hay-hay, yigitlarbuyoqqa! 4. Hay-hay, shakkoklikqilmang. A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) faqat 4 D) 2,3,4 23 / 45 Taqlid so'z qo'llanmagan gap berilgan javobni aniqlang. A) Tongga qadar poyladik, tiq etgan tovush eshitilmadi. B) Uzoq vaqtga qadar davom etgan shivir-shivir tindi. C) Bog'imizdagi olmalar pishib yetilgach, duv-duv to'kilishga boshladi. D) O'tin biroz nam tortgan ekan, biroz tutab, keyin chars-churs alanga olib yondi. 24 / 45 His-hayajon undovlari ifodalaydigan hissiyotlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) quvonch, erkalash, g'azab-nafrat B) hayron qolish, norozilik , orzu-istak C) erkalanish, rohatlanish, og'riq , cho'chish D) A,B,C 25 / 45 His-hayajon undovlari to’g’ri tasniflangan qatorni belgilang.1.oh, 2.tss, 3. voy 4. kisht 5. uf 6.chu A) 1,2-his-hayajon undovlari ; 3,4,5,6-buyruq-xitob undovlari B) 1,2,6-his-hayajon undovlari ; 3,4,5-buyruq-xitob undovlari C) 1,3,5-his –hayajon undovlari ; 2,4,6- buyruq –xitob undovlari D) 2,4,6-his-hayajon undovlari ; 1,3,5- buyruq-xitob undovlari 26 / 45 Qaysi qatordagi gapda buyruq-xitob undovlari qo’llangan? A) Ura,biz g’alaba qozondik! B) Hay-hay,juda manzarali joy ekanmi? C) Ko’chadagi g’ovur-g’uvur bosildi. D) Ey Luqmoni Hakim, sening Dong’ing tutdi olamni. 27 / 45 Voy undovi qanday ma"no nozirliklarini bildiradi? A) havas,zavq,qayg’u B) hayrat,ajablanish C) qo'rquv,alam , tashvish D) yuqoridagilarni barchasi 28 / 45 Otlashgan taqlid so`zlar qaysi qaysi gapda qo`llangan? A) Gurs etib pastga tushdi B) Xo`rozning qu-qusi eshitildi. C) Yomon ishning oxiri voy D) Hovlida yugur –yugur boshlangan ,shivir –shivir ovozlar eshitilar edi 29 / 45 Qaysi javobda his-hayajon undovi qatnashmagan? A) Faryodim, fig‘onim butun bir jahon,Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. B) 0! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan. C) lye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi? D) E-e, yeb bo‘pti, ko‘kyol deydilar uni! - dedi Isoy bobo kuyib-pishib. 30 / 45 Tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so`z qaysi gap tarkibida qo`llangan? A) Bay-bay, zap choy bo`libdi-da. B) Osmonda yulduzlar g`uj-g`uj. C) Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. D) Bir tomondan chars-churs bilan gulhan yonardi. 31 / 45 His-hayajon undovlari qanday hissiyotlarni ifodalaydi?1.quvonch 2.erkalash va erkalanish 3.jonivorlarni haydash-chaqirish 4.rohatlanish 5.norozilik,g’azab-nafrat 6.hayron qolish 7. og’riqdan azoblanish A) 1,2,4,5,6,7, B) 1,4,5,6,7 C) 1,2,4,5 D) 1,2,4,5,6 32 / 45 Takroriy bo`lmagan harakatga taqlidni bildiruvchi so`zni toping. A) lip-lip B) yalt-yalt C) lov-lov D) yalt 33 / 45 Qaysi qatordagi gapda his-hayajon undovlari berilgan? A) Salim tovuqlarni tu-tu deb chaqirdi . B) Hey, menga qara, Gulchehra, -dedi u. C) E,juda ajoyib ekan-ku, -dedi Elmurod ajablanib. D) Cho’pon qo’ylarni qurey-qurey deb haydadi. 34 / 45 His-hayajon undovi qaysi gapda ishtirok etgan? A) - Hay, shoshma, - dedi Zebi. B) Abduqodir “tss” deb barmog‘ini labiga qo‘ydi C) Dastlab ular Umidjonni ko‘rganda pisandasiz: “E, bu mishiqi bola-ku”, - deyishar edi. D) Hoy, nima balo bo‘ldi? - deb alangladi Inoyat oqsoqol. 35 / 45 Juft qo`llangan taqlid so`z berilgan gapni toping. A) G’ir etib o`tib ketdi. B) Quyosh damini g`ir-g`ir esgan shamol kesar edi. C) Arava g`ildiraklarining taqir- tuqiri eshitilardi. D) Bog` qushlarining chug`ur-chug`uriga to`lgandi. 36 / 45 Berilgan gapdagi undov ifodalagan ma'noni toping. Hm, endi tushundim. A) chaqirish B) achinish C) ogohlantirish D) qanoatlanish 37 / 45 Buyruq-xitob undovlari qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1.jonivorlarni haydash 2.jonivorlarni chaqirish yo to’xtatish 3.kishilar diqqatini tortish 4.kishilarning g’azab–nafratini bildirish A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2 D) 1,2,3 38 / 45 Tarkibida haydash chaqirish (buyruq xitob) undovi bo’lgan gaplarni aniqlang. A) Uf ,zerikib ketdim bu gap so’zlardan B) Balli, bu sharoitga moslashish belgisi C) Yer kurrasida qadim-qadim zamonlardan yangragan musiqiy "Qur ey!" bundan keyin ham tinmaydi D) Eh ,umr o’tdi ketdi oqar suvday ! 39 / 45 Kishilami chaqirish yoki to'xtatish uchun qo‘llanadigan undovlar qatnashgan gapni toping. A) O’ , ma’lumotli ekansiz-ku! B) Hammasi o'tkinchi, xo‘sh, nima o'tkinchi emas? C) Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar... D) Eу, nega terakni nobud qilding? 40 / 45 Quyidagi gap tarkibidagi undov qanday ma'noni ifodalash uchun ishlatilgan? Be, qo’ysang-chi o’shani. Barini o’zimiz qilamiz A) ishonchsizlik B) ishonch C) hayrat D) mamnunlik 41 / 45 Tajjub ma’nosini ifodalovshi undov qatnashgan gapni toping. A) Eh, yashash qanday zavqli? B) Uv, do’stim! Menga bir qara C) le, bu qizning o’zi kichkina bo’lsa ham zab aqlli ekanmi! D) Obbo jiyan, ya keldingmi! 42 / 45 Fikrdan qaytarish uchun qo’llanilgan undov so’z qatnashgan gapni toping A) Vay-bo’ ,juda mazali ovqat ekan B) Hay-hay ,tegmang C) Eh, yoshlar sizlar tushunmaysizda D) Hay-hay, shoshqoloqlik qilmang 43 / 45 Gumbur-gumbur, yal-yal, chars-churs, yarq-yurq, taq-tuq tuzilishiga ko'ra qanday taqlid so'zlar sanaladi? A) Bu so'zlar holat ravishlari sanaladi. B) takror C) ayrimlari takror, ayrimlari juft D) juft 44 / 45 Buyruq-xitob undovlari qaysi qatorda berilgan? A) ehhe,ve B) dod,ohho’,eh C) xix.chuh,kisht D) oh,uh,voy 45 / 45 Aslida tovushga taqlid bo'lib, lekin gap ichida holatga taqlidni ifodalayodigan taqlid so'zlar berilgan javobni toping. A) Shoikrqm onasining barmoqlari tars-turs yorilib ketganini endi payqadi. (O'.H.) B) Namoz g 'azabi oshib, dag '-dag' qaltiray bdshladi. (X.T.) C) Birovning oldiga borib "vov-vov" qilib hursa, podshoh gunohkorni etmish ikki darra urdirar ekan. (N.A.) D) To 'rtta savag 'ich bilan tap-tap urib, par singari titibdi. (Oydin) 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz