Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №23 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №23 InfoMaster May 1, 2024 119 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718 7-sinf Biologiya №23 VII bob. TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI 7.1 O‘simliklarda moddalar transporti 1 / 18 Bo’linuvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. B) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. C) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. D) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. 2 / 18 Osimlikning barg og’izchalari orqali amalga oshadigan jarayonlarni belgilang A) Nafas olish, fotosintez B) Barchasi to’g’ri C) Transpiratsiya, fotosintes D) Transpiratsiya,nafas olish 3 / 18 Yog’ochlik murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (_______), asosiy (jamg‘aruvchi) to‘qimalardan tashkil topgan A) Lub tolalari B) Elaksimon naylar C) Floema tolalari D) Kselema tolalari 4 / 18 Noto’g’ri jumlani toping A) Barchasi to’g’ri B) Elaksimon nay yadroli tirik hujayralardan iborat. Ular yonidagi yadrosiz yo‘ldosh hujayralar elaksimon naylarni oziq va energiya bilan ta’minlaydi. C) Floema va ksilema ildizda, poyada va bargda yonma-yon joylashadi va mexanik to‘qima tolalari bilan birga nay-tolali bog‘lamlarni hosil qiladi D) Naylar orasidagi elaksimon to‘siqlar shakarni suvda erigan holda o‘tkazadi. 5 / 18 So‘ruvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. B) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. C) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. D) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. 6 / 18 Poyada transport vazifasini _____joylashgan _____va _____dagi ____amalga oshiradi A) floema- o‘tkazuvchi naylar, ksilemada- elaksimon naylar B) floema- elaksimon naylar, ksilemada- o‘tkazuvchi naylar C) ksilemada- elaksimon naylar, floema- o‘tkazuvchi naylar D) ksilemada- o‘tkazuvchi naylar, floema- elaksimon naylar 7 / 18 Gipotonik eritmga xos xususiyatni belgilang A) 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va leykotsitlartning yorilishiga olib keladi B) 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va eritrotsitning yorilishiga olib keladi C) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Eritrotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. D) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. 8 / 18 O’suvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. B) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. C) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. D) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. 9 / 18 To’g’ri jumlani toping A) hujayra venalaridagi qonda kislorod ko‘p, karbonat angidrid kam. Hujayrada esa kislorod kam, karbonat angidrid ko‘p B) Leykotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgan eritma izotonik eritma deyiladi. C) Nafas olish jarayonida ham hujayra va kapillyarlar o‘rtasida osmos hodisasiga ko‘ra gazlar almashinadi. D) C Diffuziya hodisasiga ko‘ra kislorod hujayraga, karbonat angidrid qonga o‘tadi 10 / 18 _____-molekula va ionlarning konsentratsiyasi yuqori joydan konsentratsiyasi past joyga o‘tishi A) Tarqoqo B) Osmos C) Qayishqoq D) Diffuziya 11 / 18 Izotonik eritmga xos xususiyatni belgilang A) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Leykotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. B) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. C) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Eritrotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. D) Izotonik eritmada eritrotsitning tabiiy holati o‘zgarmaydi. 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va eritrotsitning yorilishiga olib keladi 12 / 18 Noto’gri jumlani belgilang A) C Ildizning suv shimishini tushunish uchun uning ichki tuzilishini o‘rganish muhim. B) O‘simliklar ildiz orqali tuproqdan suv va mineral moddalarni shimib oladi. Suvning ildizga shimilishi ham osmos orqali amalga oshadi. C) O‘simlikka suv yetishmaganda so‘lib qolishi, suv quyilgandan so‘ng hujayraning taranglashishi diffusga ko‘ra ta’minlanadi. D) Barchasi to’g’ri 13 / 18 Ildiz tukchalari joylashgan zonadan keyingi (pastdan yuqoriga) zonaga tegishli javobni belgilang A) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. B) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. C) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. D) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. 14 / 18 Floema ham murakkab tuzilgan bo‘lib, _____to‘qimalardan tashkil topgan A) A va B javoblar to’g’ri B) O‘tkazuvchi, mexanik (lub tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) C) O‘tkazuvchi, mexanik (floema tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) D) O‘tkazuvchi, mexanik (kselema tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) 15 / 18 Ildizning qaysi qismidan ko‘ndalangiga kesib qaralsa, ildiz qinchasi, po‘st hujayralari va o‘tkazuvchi naylarni ko‘rish mumkin? A) bo‘linuvchi B) o‘suvchi C) o’tkazuvchi D) so’ruvchi 16 / 18 _____-suvning membrana orqali erigan modda konsentratsiyasi past muhitdan konsentratsiyasi yuqori boʻlgan muhitga o‘tishi A) Qayishqoq B) Tarqoqo C) Osmos D) Diffuziya 17 / 18 Gipertonik eritmga xos xususiyatni belgilang A) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. B) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda leykotsitlardagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. C) Izotonik eritmada eritrotsitning tabiiy holati o‘zgarmaydi. 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va eritrotsitning yorilishiga olib keladi D) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Eritrotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. 18 / 18 Eng yuqori zonada turuvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. B) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. C) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. D) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz