Uy » Online olimpiada » Davlat va huquq asoslari olimpiada » 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 Davlat va huquq asoslari olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 InfoMaster Mart 28, 2025 1826 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 7 /30 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 2024-yil 22-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. "Davlat" tushunchasiga to'g'ri berilgan ta'rifni aniqlang? A) Majbur qilish kuchiga o'z fuqarolariga, shuningdek hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan siyosiy tashkilot B) Majbur qilish kuchiga, ya'ni hokimiyatiga ega bo'lgan, o'z fuqarolari, shuningdek hududida istiqomat qiluvchi, boshqa insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy alogalarining amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot C) Majbur qilish kuchiga ya'ni hokimiyatiga, o'z fuqarolariga ega bo'lgan, boshqa davlatlar bilan siyosiy iqtisodiy va ma'naviy alogalarni, amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot D) Majbur qilish kuchiga ega bo'lgan, o'z fuqarolariga ega bo'lgan boshqa davlatlar bilan siyosiy, ibtidoiy, madaniy alogalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot 2 / 30 2. Quyida berilgan javoblar orasidan federativ davlatga xos bo'lmagan belgini aniqlang? A) federatsiya subyektlari umumiy yagona konstitutsiyaga ega bo'lib, o'zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo'ladi B) federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo'ladi C) oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo'ladi D) federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig'indisidan iborat bo'ladi 3 / 30 3. Qonun osti hujjatlari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping. A) Farmon, qaror, buyruq B) Ijroiya organi qarori, xat, tilxat C) Qonun, kodeks, farmon D) Kodeks, farmon, sud hujjati 4 / 30 4. Huquqbuzarlik xususiyati va belgilariga qarab nechta guruhga bo'linadi? A) 6 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 8 ta 5 / 30 5. Amir Temur davlatida qozilar kimga hisobot berishgan? A) Qo'sbegiga B) Shayxulislonga C) Vazirga D) Hukmdorga 6 / 30 6. Notarial idoralarning qay tartibda tashkil etiladi va tugatiladi? A) Prezident tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi B) Notariuslarni tashkil etish va tugatishga hech qaysi davlat organi vakolatli emas C) Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi D) Notariuslar o'z faoliyatini mustaqil tashkil etadi va tugatadi 7 / 30 7. Unitar davlatga xos bo'lgan belgilarni aniqlang? 1. yagona pul birligining amal qilishi; 2. tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilmalarga bo‘linish; 3. mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi; 4. barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun turli shakldagi soliq va kredit siyosatining joriy qilinganligi; 5. yagona fuqarolikning mavjudligi. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 5 8 / 30 8. Qaysi hollarda fuqaro istisno tarizida to'liq muomala layoqatiga ega bo'ladi? A) Nikohdan o'tgan vaqtdan boshlab B) Jinoyat sodir etganda C) Maktabni tugatishi bilan D) Fuqarolik pasportini olishi bilan 9 / 30 9. O'zbekiston Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mos ekanligini tasdiqlovchi jihatlaridan biri qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) Ishlarning oshkora ko'rib chiqilishi B) Aybsizlik prezumpsiyasi qoidasining qonunda aks ettirilganligi C) Sud qarorlarining umummajburiyligi D) Sud qarorlarining qonun hujjatlariga muvofiq ekanligi 10 / 30 10. Davlat shakllari qaysi javob variantida to'g'ri ko'rsatilgan? A) Boshqaruv shakli, tuzilish shakli, siyosiy tartibot B) Boshqaruv shakli, tuzilish shakli, ma'muriy-hududiy tuzilishi C) Boshqaruv shakli, ma'muriy-hududiy tuzilishi D) Unitar, federatsiya, konfederatsiya 11 / 30 11. Hozirgi kunda jahonda nechta federativ davlatlar mavjud? A) 40 tadan ortiq B) 60 tadan ortiq C) 30 tadan ortiq D) 20 tadan ortiq 12 / 30 12. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi? A) Iqtisodiy huquqlari B) Siyosiy huquqlari C) Ijtimoiy huquqlari D) Shaxsiy huquqlari 13 / 30 13. Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchun mukammal tizimdagi sud tizimi mavjud bo'lgan. Shu sud tizimining sohalarini aniqlang. 1. Fuqarolik sudi (aholi qozisi); 2. Harbiy sud (lashkar qozisi); 3. Shariat sudi (islom qozisi); 4. Amaldorlar sudi (xizmatchilar qozisi); 5. Oliy sud; 6. Tuman sudlari A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6 14 / 30 14. "Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi". Ushbu so'zlar muallifini aniqlang. A) Ulug'bek B) Abu Ali ibn Sino C) Amir Temur D) Abu Nasr Farobiy 15 / 30 15. "Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshi." Ushbu fikrlar muallifini aniqlang. A) Abdulloh Muqni B) Abu Rayhon Beruniy C) Abu Ali ibn Sino D) Ali ibn Abu Tolib 16 / 30 16. Aflotunning aytishicha eng mushkul ish nima? A) hokimiyatni boshqarish B) qonun joriy qilish C) jamiyatda tartib o'matish D) xalq ehtiyojlarini qondirish 17 / 30 17. Lotinchadan tarjima qilinganda "qoida", "namuna" ma'nosini anglatuvchi atama ... A) Sanksiya B) Dispozitsiya C) Norma D) Obyekt 18 / 30 18. Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug'iladi. Ushbu jumla kimga tegishli? A) Ali ibn Abu Tolib B) Monteskiyo C) Mark Tuliy D) Sitseron 19 / 30 19. Intizomiy jazo turlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) Hayfsan, jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish B) Jarima, ogohlantirish, mehnat shartnomasini to'xtatib turish C) Jarima va ozodlikdan cheklash D) Ishdan chetlatish, axloq tuzatish ishlari 20 / 30 20. Demokratik tartibot belgilarini aniqlang. 1. Shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi; 2. Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’tirof qilinishi va kafolatlanishi; 3. Davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili asosida amalga oshirilishi; 4. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi; 5. Ijtimoiy hayotda fikrlar xilmaxilligi, ijtimoiy-siyosiy birlashmalarning ko‘pligi; 6. Qonun ustuvorligi; 7. Davlat boshqaruvida ko‘pchilikning ozchilikka bo‘ysunishi tamoli asosida amalga oshirilishi A) 2, 3, 4, 7 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6, 7 21 / 30 21. Gipoteza - bu ...? A) yunoncha so'z bo'lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma'noni anglatadi B) lotin tilidan olingan bo'lib, majburiy chora degan ma'noni anglatadi C) yunon tilidan olingan bo'lib, bayon qilish degan ma'noni anglatadi D) lotin tilidan olingan bo'lib, bayon qilish degan ma'noni anglatadi 22 / 30 22. Mamlakatning ichki huquq tizimi tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi? A) Xususiy va xalqaro B) Moddiy va ijtimoiy C) Moddiy va protsessual D) Ichki va tashqi 23 / 30 23. Qaysi alloma har qanday jamiyat, davlat ma'lum adolatni himoya etuvchi, qonunlar asosida idora etiladigan, adolatsizlikka yo'l qo'yilmaydigan qonun ustuvor bo'lgan adolatli jamiyat ta'limotini yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan? A) Abu Rayhon Beruniy B) Abu Nasr Farobiy C) Al-Xorazmiy D) Abu Ali ibn Sino 24 / 30 24. Qaysi hujjat amaldagi qonunlar uchun yuridik asos bo'ladi? A) Prezident qarori B) Xalqaro shartnoma C) Xalqaro norma D) Konstitutsiya 25 / 30 25. Ekologiya huquqi sohasi orqali qanday munosabat tartibga solinadi? A) mulk bilan alogador hamda nomulkiy munosabatlar B) qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfli ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu borada yuzaga keladigan barcha munosabatlar C) korxonalar, tashkilotlar va ularning xodimlari o'rtasidagi mehnat munosabatlari D) tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar 26 / 30 26. Davlat organiga to'g'ri berilgan ta'rifni toping. A) qonunga muvofiq ravishda o'z tizimiga, ijtimoiy hayotining muayyan sohasini boshqarish bo'yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo'lgan davlat idorasi yoki muassasasi B) komil fuqarolardan, ya'ni uzviy bog'liqlikda bo'lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega fuqarolardan iborat jamiyat C) jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi D) majbur qilish kuchiga ega bo'lgan, hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan tashkilot 27 / 30 27. Davlatning mavjudligi, uning zarurligi nimada o'z aksini topadi? A) huquqiy madaniyatida B) davlat funksiyalarida C) davlat qonunlarida D) davlat mustaqilligida 28 / 30 28. Huquqiy davlatga xos bo'lgan belgilarni toping? 1) Sud mustaqilligining ta’minlanganligi; 2) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruqlar egallaydi; 3) Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi; 4) Mansabdor shaxslarga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi; 5) Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 3, 5 29 / 30 29. Insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tamon burilishi to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang? A) Huquqiy davlatning tuzulishi B) Ijtimoiy hokimiyatning vujudga kelishi C) Davlatning paydo bo'lishi D) Jamiyatning shakllanishi 30 / 30 30. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimga nima deyiladi? A) Davlatni boshqarish B) Demokratiya C) Davlatning tuzulishi D) Siyosiy tartibot 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz