Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 10-sinf Jahon tarix » 10-sinf Jahon tarixi №9 10-sinf Jahon tarix 10-sinf Jahon tarixi №9 InfoMaster May 1, 2024 53 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Jahon tarixi №9 11-14-MAVZULAR YUZASIDAN TESTLAR 1-variant 1 / 25 XX asrning 20-yillari oxiriga kelib qaysi davlat hukumatida harbiylarning roli kuchayib, so’l kuchlar quvg'in ostiga olingan? A) Yaponiya B) SSSR C) Germaniya D) Afg'oniston 2 / 25 Jamiyat ustidan harbiy-davlat byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati o’rnatilishi – bu ... deb ataladi. A) “Yangi ijtimoiy falsafa” B) “Yangi siyosiy tizim” C) “Jamiyatning yangilangan modeli” D) “Harbiy kommunizm” 3 / 25 Birinchi jahon urushidan so’ng Yaponiyada og'ir sanoatda o’z pozitsiyalarini mustahkamlab olgan konsernlarni aniqlang. 1) “Sumitamo” 2) “Toyota” 3) “Yasudo” 4) “Mitsubisi” A) 3, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 4 4 / 25 Yaponiyaning 20-yillardagi ichki siyosiy munosabatlari qanday islohotlar bilan harakterlanadi? A) Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashtrilishi va iqtisod ustidan davlat nazorati o’rnatilishi B) Iqtisodiyotning militarizatsiyalashtirilishi, harbiy xarajatlarning oshirilishi, barcha mulklarning xususiyiashtrilishi C) Yangi siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi va saylovchilar sonining asta-sekin ortib borishi D) Ijtimoiy islohotlarning jadal amalga oshirilishi 5 / 25 Yaponiyada radikal kayfiyatdagi guruhlar va harbiylar hukumat oldiga qo’ygan talablarni ko’rsating.1) mamlakatda diktatura o’rnatishni; 2) inqilobiy tartibga qaytishni; 3) Xitoyga qarshi harbiy harakatiarni boshlashni; 4) ko’ppartiyali parlament tizimidan voz kechishni; 5) tashqi siyosiy ekspansiyani kuehaytirishni; A) 2, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1 , 2 , 3 6 / 25 “Yosh ofitserlar” tomonidan hukumatga qarshi isyon ko’tarilgan yilda jahon tarixida yana qanday voqea sodir bo’lgan? A) Germaniyada prezident lavozimi bekor qilinib, Veymar Respublikasi faoliyati yakunlandi B) Manchjuriya hududida Manchjou-Go davlati tuzilganligi e’lon qilindi C) Italiyada ikkinchi marta fashistik isyon ko’tarildi D) Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi 7 / 25 Yaponiyada qaysi davrga kelib sanoat to’ntarishi yuz bergan? A) 30-yillar boshlari B) 20-yillar o’rtalari C) 20-yillar oxiri D) 30-yillar oxiri 8 / 25 XX asr boshlarida jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo’lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivoj'anishga erishgan Osiyo qit’asidagi yagona davlatni toping. A) Mo’g‘uliston B) Xitoy C) Eron D) Yaponiya 9 / 25 Sovet-yapon munosabatlari yolga qo’yilgan yilda yana qanday tarixiy hodisa sodir bo’lgan? A) Chikagoda amerikalik olim Enriko Fermi tomonidan ilk atom reaktori yaratilgan B) Germaniya Polsha hududiga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketgan C) Yaponiyada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketgan D) Ispaniyada general F.Franko diktaturasi batamom o’rnatilgan 10 / 25 Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida qaysi mamlakat iqtisodiyoti tinchlik sharoitida rivojlanishga moslashmagan va juda kuchsizligi uchun katta zarbalarga uchragan? A) Kuba B) Yaponiya C) Hindiston D) Ispaniya 11 / 25 Yaponiyadagi totalitar harakterga ega bo’lgan rejimning belgilarini ko’rsating. 1) yangi demokratik partiyalar shakllantirildi; 2) parlament demokratiyasi belgilari bekor qilindi; 3) aholining qo’llab- quvvatlashini ta’minladi; 4) yapon millatining buyukligi to’g'risidagi g'oyalar rejimning mafkuraviy tayanchi bo’lib xizmat qildi; 5) iqtisod to’liq davlat nazoratiga olindi; 6) imperatorga muhabbat g'oyalari singdirildi; A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 3, 4, 5 12 / 25 Germaniya va Yaponiya o’rtasida antikomintern pakt qaysi sanada imzolangan edi? A) 1937-yil noyabrda B) 1941-yil aprelda C) 1939-yil dekabrda D) 1936-yil noyabrda 13 / 25 Yaponiyaning qaysi harakati Millatlar Ligasi tomonidan qo’pol bosqinchilik deb hisoblanib, keskin qarshilikka uchragan? A) Tinch okeanidagi AQSh harbiy bazasi - Pyorl Xarborning bombardimon qilinishi B) Yapon askarlarining Xitoyning Manchjuriya provinsiyasini bosib olishi C) Hukumatning Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish asosiy vazifa ekanligini e’lon qilishi D) Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yuborishi 14 / 25 1941-yil 5-aprelda qaysi mamlakatlar o’rtasida neytralitet haqida pakt imzolangan? A) Yaponiya va AQSh B) AQSh va Ispaniya C) SSSR va Yaponiya D) Turkiya va Germaniya 15 / 25 Shimoliy Saxalindan yapon qo’shinlari olib chiqib ketilgan yilni aniqlang. A) 1927-yil B) 1922-yil C) 1933-yil D) 1925-yil 16 / 25 “Yosh ofitserlar” radikal guruhlari va harbiy kuchlar bilan yaqin aloqada bo’lgan, ularning talablarini qo’llab-quvvatlagan hukumat rahbarini aniqlang. A) Tanaka B) losuda C) Konoe D) Fukuda 17 / 25 1939-yil may-sentabr oylarida yaponlar qaysi mamlakat hududida urush harakatiarini olib borgan? A) Mo’g‘uliston B) Hindiston C) SSSR D) Xitoy 18 / 25 XX asrning 30-yillarida Yaponiya o’z hukmonligini o’rnatish rejasiga qaysi hududlarni kiritgan edi? 1) Uzoq Sharq 2) Xitoy 3) Osiyo 4) Tinch okeani havzasi 5) Gavayi orollari 6) Koreya yarimoroli A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4 19 / 25 1920-yillar oxiri 1930-yillar boshlarida Yaponiyada bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirgan radikal guruhni toping. A) “Ozod samuraylar” B) “Imperatorfarzandlari” C) “Yosh ofitserlar” D) “Yangi konsernlar” 20 / 25 Yaponiyaning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish ekanligi qachon va kim tomonidan e’lon qilingan? A) 1939-yilda Iosuda B) 1940-yilda Fukuda C) 1934-yilda Giiti Tanaka D) 1938-yilda Fumimaro Konoe 21 / 25 “Berlin-Rim-Tokio” uchburchagi deb ataluvchi tajovuzkor davlatlar ittifoqi vujudga kelgan yillarni ko’rsating. A) 1940-1941-yillar B) 1935-1936-yillar C) 1936-1937-yillar D) 1932-1933-yillar 22 / 25 Quyidagi davlatlardan qay birida o’ziga xos avtoritar- monarxistik totalitar tizim shakllangan? A) Yaponiya B) Italiya C) Turkiya D) Ispaniya 23 / 25 Yaponiya hukumati jahon iqtisodiy inqirozidan chiqish yo’li sifatida ...... A) Buyuk Britaniya va boshqa g‘arb davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirishni tanlagan B) Harbiy to’ntarish yo’li bilan hokimyatni almashtirishni tanlagan C) Mamlakat sanoatinini yanada modernizatsiyalashtirishni tanlagan D) Iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkoriikni tanlagan 24 / 25 12. Quyidagi tarixiy hodisalarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) SSSRning Uzoq Sharqdagi Hasan ko’li atrofida sovet-yapon chegara mojarosi sodir bo’lib, bu keng ko’lamli urushga ayfanib ketdi; 2) Yaponiya harbiylari Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yubordilar; 3) Yaponiya askarlari Xalxin-Gol daryosi yonida Mo’g‘uliston hududiga bostirib kirishdi; 4) Yaponiya Millatlar Ligasi tashkilotidan chiqib ketdi; A) 4, 2, 1, 3 B) 2, 3, 1, 4 C) 1, 2, 4, 3 D) 4, 3, 1, 2 25 / 25 Xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi qanday atama bilan izohlanadi? A) Militarizatsiya B) Avtoritarizm C) Teokratiya D) Byurokratiya 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz