Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №32 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №32 InfoMaster May 1, 2024 163 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0% 3 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 7-sinf Biologiya №32 X bob. REPRODUKSIYA, O‘SISH VA RIVOJLANISH 10.2 va 10.3 Mavzu: Loyiha ishi va o‘simliklarning individual rivojlanishi 1 / 25 Ichki omillarni qaysi to’qima ishlab chiqaradi A) Hosil qiluvchi to‘qimalar B) Mexanik to‘qimalar C) Ajratuvchi to‘qimalar D) O’tkazuvchi to‘qimalar 2 / 25 Yillik halqalarga mos keluvchi javobni belgilang. A) Oldingi yillari hosil bo‘lgan yog‘ochlikni tashqi tomondan o‘rab oladi. B) Kuzga borib, kambiy hujayralari bo‘linishdan to‘xtaydi, kelgusi yil bahorda bu jarayon yana takrorlanadi. C) Barcha jumla mos keladi D) Har yili bahordan kuzgacha yangi yog‘ochlik qavati halqasi hosil bo‘ladi 3 / 25 Yuvenil davrda nima kuzatiladi? A) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi B) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. C) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. D) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. 4 / 25 Ontogenez so’zining ma’nosi? A) yunoncha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan B) Lotincha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan C) Englizcha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan D) Forscha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan 5 / 25 Shakli o‘zgargan yerosti novdalarga nimalar kiradi? piyozbosh, tugunak va ildizpoya A) Gajak, tugunak va ildizpoya B) Tugunak, gajak va ildizpoya C) piyozbosh, tugunak va gajak D) Piyozbosh, tugunak va ildizpoya 6 / 25 Qaysi o’simlik bargi yordamida ko’payodi? A) Gunafsha B) Lola C) Begoniya D) Binafsha 7 / 25 Qanday payvandlashda payvandtag qismi T shaklida kesib olinadi. A) Naycha payvand B) Iskana payvand. C) Kurtak payvand. D) Qalamcha payvand. 8 / 25 Payvandtag va payvandust kesilib, ustma-ust joylanganida kambiy kambiyga, po‘stloq po‘stloqqa mos tushishi kerak. Ushbu qaysi usul hisblanadi? A) Kurtak payvand. B) Iskana payvand. C) Naycha payvand D) Qalamcha payvand. 9 / 25 Qaysi o‘simliklarning ildizlarida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha kurtaklardan yangi o‘simlik – ildiz bachkilar rivojlanadi? A) Yalpiz, shirinmiya, qamish B) Lola, nargis, boychechak C) Kartoshka, topinambur D) Olcha, malina, olxo‘ri, na’matak 10 / 25 Noto’g’ri jumlani toping. A) Qolgan qismi esa kambiydan tashqariga qarab o‘sadi va lub (floema) hujayralariga aylanadi. B) Oziq moddalar va suv bilan ta’minlangan kselema hujayralari bo‘lina boshlaydi. C) Agar poyaning uchi kesib (chilpib) tashlansa, o‘simlik bo‘yiga o‘smaydi. Bu hol ko‘plab yosh yon novdalar ning o‘sib chiqishiga sharoit yaratadi. D) Bo‘lingan hujayralarning ko‘p qismi kambiydan ichki tomonga qarab o‘sib, yog‘ochlik hujayralariga aylanadi. 11 / 25 Embriogenez davrda nima kuzatiladi? A) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. B) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi C) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. D) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. 12 / 25 Qaysi o‘simliklarning ildiz poyasidagi kurtaklaridan yangi o‘simlik rivojlanadi? A) Olcha, malina, olxo‘ri, na’matak B) Yalpiz, shirinmiya, qamish C) Kartoshka, topinambur D) Lola, nargis, boychechak 13 / 25 Lub yog’ochlikka qaraganda _____bo‘ladi. A) Yo‘g‘on B) Qalin C) A va c to’g’ri D) Yupqa 14 / 25 Yetuklik davrda nima kuzatiladi? A) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. B) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. C) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. D) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi 15 / 25 Kompas nima A) O’simlilarni yoshini aniqlaydigan asbob B) Yillik halqani aniqlaydigan asbob C) O’simliklar o’sadigan joyini belgilaydigan osbob D) Qutb tomonlarni niqlaydigan asbob 16 / 25 Shakli o‘zgargan yerosti novdalarning qanday ahamiyati bor? A) Shakli o‘zgargan yerosti novdalar o‘simlikning vegetativ ko‘payishiga xizmat qiladi. B) Barchasi xos C) O‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi. D) O‘simlikni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi. 17 / 25 Qaysi o‘simliklar tugunaklari yordamida ko‘paytiriladi? A) Kartoshka, topinambur B) Olcha, malina, olxo‘ri, na’matak C) Yalpiz, shirinmiya, qamish D) Lola, nargis, boychechak 18 / 25 Ildiz tuproqqa tobora chuqurroq kirib boradi va murtakning kurtakchasidan _____rivojlanadi. A) O’q ildiz B) Poya C) Novda D) Popuk ildiz 19 / 25 Koleus nima? A) O’simlik nomi B) Hosil qiluvchi to’qima C) hayvon nomi D) Ajratuvchi to’qima 20 / 25 Qaysi mevali daraxtlarni ko‘paytirishda payvandlash usulidan foydalaniladi A) Tol,terak, anor,limon B) Olma, olcha, nok C) Olma, olxo‘ri, nok,o’rik D) Olma, olxo‘ri, nok,olcha 21 / 25 Qaysi usul yozda qilinadi? A) Kurtak payvand. B) Iskana payvand. C) Naycha payvand D) Qalamcha payvand. 22 / 25 Osish konusi qayerda joylashgan? A) Novdaning yonki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida B) Ildizning uchki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida C) Poyaning uchki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida D) Novdaning uchki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida 23 / 25 Qarilik davrda nima kuzatiladi? A) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. B) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. C) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi D) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. 24 / 25 Jinsiy ko‘payadigan ko‘p hujayrali organizmlarda ontogenez nimadan boshlanadi? A) Tug’ulishdan B) Zigotadan C) Embrionning bo’linishidan D) Embriondan 25 / 25 O’simlilarning ontogenizi nechta davrni o’z ichiga oladi? A) To’rtta B) Ikkita C) Bitta D) Uchta 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz