Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika №8 9-sinf Informatika Cambridge 9-sinf Informatika №8 InfoMaster Sentabr 24, 2025 812 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 8-dars. Xotira qurilmalari va ma’lumot tashuvchilar 3 12345678910111213141516171819202122232425 OMAD YOR BO'LSIN! 9-sinf Informatika №8 3-bob: Xotira qurilmalari va ma’lumot almashish vositalari 8-dars. Xotira qurilmalari va ma’lumot tashuvchilar 1 / 25 1. Kompyuterning ichki qurilmalarini ko’rsating. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) Klaviatura B) Printer C) Qattiq disk D) Video karta E) Elektr taʼminoti F) Audio karta 2 / 25 2. ….u joriy vaqtda foydalanilayotgan dasturlar va ishlayotgan hujjatlar saqlanadigan xotira hisoblanadi. Ushbu ta’rif qaysi javobga berilgan. A) Doimiy xotira B) Tezkor xotira C) Zaxira xotira D) Tashqi xotira 3 / 25 3. Notebook va Portativ kompyuterlarni farqi bormi? A) Yo’q B) Ha 4 / 25 4. 3D printerlarga ta’rif bering. A) inson bajarishi uchun nihoyatda xavfli, zerikarli va takrorlanuvchi vazifalarni ijro etish uchun yaratilgan kompyuter tizimlariga aytiladi. B) uchuvchi apparat boʻlib, robototexnika, aeronavtika va elektronika sohalari birlashuvi natijasida ishlaydi. C) kompyuter tomonidan yaratilgan muhit bo‘lib, ayrim hollarda virtual borliq deb ham ataladi, inson ushbu dunyoga o‘zini tasavvur etishi va turli harakatlarni amalga oshirish uchun o‘zaro munosabatga kirishishi mumkin. D) metall, plastik, rezina, sopol, mato va boshqa turli materiallardan foydalangan holda turli jismlarni uch oʻlchamli shaklda yasaygan qurilma. 5 / 25 5. Insonlarning oʻzi tomonidan kompyuterga maʼlumot kiritish uchun qoʻllaniladigan qurilmalar nima deyiladi? A) Maʼlumotni bevosita kiritish qurilmalari B) Ma’lumotni qoʻlda kiritish qurilmalari 6 / 25 6. Kontrast ranglardan iborat bo‘lgan parallel chiziqlar toʻplami nima deb ataladi? A) QWERTY klaviaturasi B) Pult C) MIDI klaviatura D) Shtrix-kod 7 / 25 7. Quyidagi rasmda printerning qaysi turi keltirilga? A) Matritsali printer B) Purkagichli printer C) Keng formatli printer D) Lazerli printerlar 8 / 25 8. CD ROM va DVD ROM disklarga ta’rif bering. A) disklarga ma’lumot yozib boʻlmaydi, ulardan faqat ma’lumot oʻqilishi mumkin. B) disklar fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib oʻtish, ehtimol, uyda kompyuterda bajargan ishingizni maktabga olib borish uchun mukammal vositadir. C) disklarga faqat bir marta yozish mumkin, lekin undan keyin kontentni oʻzgartirib boʻlmaydi. D) Yozish va oʻqish jarayoni bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin: E) disklar boshqa optik xotira qurilmalariga qaraganda nihoyatda katta xotira sigʻimiga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida yuqori tezlikdagi uzatishlarni amalga oshira oladi. 9 / 25 9. Qoʻzgʻalmas qattiq disklardan qanday turdagi maʼlumotlarni saqlashda foydalaniladi? A) foydalanuvchi maʼlumotlari, jumladan, foydalanuvchi kompyuterda bajargan har qanday ish va videolar hamda musiqa kabi yuklab olingan har qanday fayllarni; B) foydalanuvchining dasturlarini; C) kompyuterning operatsion tizimini; 10 / 25 10. Quyidagi berilgan rasmdan Qattiq diskni ko’rsating. A) 2 B) 1 C) 3 D) 4 11 / 25 11. Quyidagi berilgan rasmdan magnit tasmani ko’rsating. A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 12 / 25 12. Quyidagi berilgan rasmdan Portativ qattiq diskni ko’rsating. A) 4 B) 1 C) 2 D) 3 13 / 25 13. Xotira kartalarining afzalliklarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) koʻp o‘lchamlari mavjud; B) juda kam energiya talab qiladi; C) kichik, yengil va ixcham boʻlgani sababli osongina olib yurish mumkin; D) qattiq holatda, shu sababli mexanik muammolar yoki shikastlanish xavfidan xoli bo‘ladi; E) vaqtinchalik xotiraga ega, shu sababli elektr manbasidan uzilib qolsa, maʼlumotlarning yoʻqotilish xavfi yoʻq; 14 / 25 14. Quyidagi berilgan rasmdan Optik xotira qurilmasini ko’rsating. A) 1 B) 4 C) 3 D) 2 15 / 25 15. CD RW va DVD RW disklar ta’rif bering. A) disklar boshqa optik xotira qurilmalariga qaraganda nihoyatda katta xotira sigʻimiga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida yuqori tezlikdagi uzatishlarni amalga oshira oladi. B) disklarga faqat bir marta yozish mumkin, lekin undan keyin kontentni oʻzgartirib boʻlmaydi. C) disklarga ma’lumot yozib boʻlmaydi, ulardan faqat ma’lumot oʻqilishi mumkin. D) disklar fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib oʻtish, ehtimol, uyda kompyuterda bajargan ishingizni maktabga olib borish uchun mukammal vositadir. 16 / 25 16. Asosiy xotira sifatida foydalaniladigan qoʻzgʻalmas qattiq diskning afzalliklarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) qurilmani qayta ishlatish soni cheklanmagan B) maʼlumotlardan foydalanish tezligi baland ekanligi; C) disk juda kuchli himoyalangan, ishdan chiqish imkoniyati deyarli yo’q; D) ular juda katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlay oladi; 17 / 25 17. Optik xotira qurilmasining turlarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) Magnit disk B) DVD C) Blu-ray D) CD 18 / 25 18. Portativ qattiq disk bilan qoʻzgʻalmas qattiq disklarning farqi bormi? A) Ha B) Yo’q 19 / 25 19. Magnitli ma’lumot tashuvchilar maʼlumotlarni qanday saqlaydi? A) Barcha javob to’g’ri B) magnitlarda C) maʼlumotlarni yuzada saqlaydi. D) elektron sxemalarga asoslanadigan va flesh xotiradan foydalanadigan xotira qurilmasida 20 / 25 20. “CD” qisqartma so’zining kengaytmasini toping. A) compassion disk B) compact dinner C) compact disk D) company disk 21 / 25 21. Qaysi optic disk ko’proq ma’lumot saqlaydi? A) CD disklar B) DVD disklar 22 / 25 22. Blu-ray disklar ta’rif bering. A) disklar boshqa optik xotira qurilmalariga qaraganda nihoyatda katta xotira sigʻimiga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida yuqori tezlikdagi uzatishlarni amalga oshira oladi. B) disklarga faqat bir marta yozish mumkin, lekin undan keyin kontentni oʻzgartirib boʻlmaydi. C) disklar fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib oʻtish, ehtimol, uyda kompyuterda bajargan ishingizni maktabga olib borish uchun mukammal vositadir. D) disklarga ma’lumot yozib boʻlmaydi, ulardan faqat ma’lumot oʻqilishi mumkin. 23 / 25 23. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy xotira qurilmasini belgilang. A) Qattiq disklar B) Flesh xotiralar C) Magnit tasmalar D) Optik disklar 24 / 25 24. Xotira qurilmasining necha turi mavjud? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 25 / 25 25. CD R va DVD R disklarga ta’rif bering. A) disklarga faqat bir marta yozish mumkin, lekin undan keyin kontentni oʻzgartirib boʻlmaydi. B) disklarga ma’lumot yozib boʻlmaydi, ulardan faqat ma’lumot oʻqilishi mumkin. C) disklar fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib oʻtish, ehtimol, uyda kompyuterda bajargan ishingizni maktabga olib borish uchun mukammal vositadir. D) disklar boshqa optik xotira qurilmalariga qaraganda nihoyatda katta xotira sigʻimiga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida yuqori tezlikdagi uzatishlarni amalga oshira oladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-sinf Informatika va AT 2-chorak CHSB №2