10-sinf Biologiya olimpiada №5 Oktabr 16, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Biologiya olimpiada №5 ga fikr bildirilmagan. 4 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 6-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davrida yardo tarkibidagi DNK (a) va xromosoma (b) sonini aniqlang. A) a-48; b-96 B) a-108; b-48 C) a-96; b-48 D) a-76; b-41 2 / 30 2. Diploid navli makkajo‘xori changdonida dastlabki jinsiy hujayralar soni 1260 ta. Bu hujayralar meyoz va mitoz usulda bo‘lindi. Urug‘lanish jarayonida makkajo‘xori spermiylarining 40%i qatnashgan bo‘lsa, urug‘lanish jarayonida qatnashmagan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 70580 B) 80280 C) 60512 D) 60480 3 / 30 3. Oldingi oyoqlari besh (a), to‘rt (b) va uch (c) barmoqlibo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) urchuqsimon kaltakesak; 2) povituxa; 3) gaaga; 4) kazuar; 5) kvaksha; 6) gekkon; 7) gavial; 8) emu A) a-6, 7; b-2, 5; c-4, 8 B) a-1, 6, 8; b-7; c-3, 4 C) a-2, 6; b-5, 7; c-3, 8 D) a-6, 7; b-3, 4; c-2, 5 4 / 30 4. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 3, 4, 6, 7 B) 1, 2, 6, 10 C) 1, 5, 8, 9 D) 3, 5, 7, 9 5 / 30 5. Drozofila pashshasida tanasining kulrang bo‘lishi, ensiz qanot va tukchalarning bo‘lishi dominant holda irsiylanadi. Tana rangi va qanot shaklini aniqlovchi genlar to‘liq birikkan autosom genlardir. Tukchalarning mavjudligi boshqa autosomada joylashgan gen orqali aniqlanadi. Trigomozigota sariq rangli, ensiz qanotli va tukchalarsiz drozofila barcha belgilar bo'yicha gomozigota kulrang tanali, normal qanotli, tukchalarga ega drozofila bilan chatishtirildi. F I duragaylarini o‘zaro chatishtirishdan olingan avlodning qancha qismi kulrang tanali, ensiz qanotli, tukli bo'ladi? A) 1/2 ι B) 3/8ι C) 1/4 ι D) 3/16 ι 6 / 30 6. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 B) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 C) a-3; b-4; c-2; d-5 D) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 7 / 30 7. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za. A) 5, 6 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 6 8 / 30 8. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon. A) 5, 7 B) 4, 6 C) 2, 3 D) 1, 8 9 / 30 9. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi B) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik C) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik D) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi 10 / 30 10. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm B) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm C) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik D) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik 11 / 30 11. Sog‘lom ota-onadan tug‘ilgan farzandlarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlang? (Kasallikning hayotda orttirilishi inobatga olinmasin) 1) qandli diabet; 2) tug‘ma karlik; 3) polidaktiliya; 4) qo‘y ko‘zlik; 5) gemofiliya; 6) Daun sindromi; 7) Shershevsiy – Terner sindromi; 8) sil kasalligiga moyillik; 9) daltonizm; 10) albinizm; 11) ko‘z shox pardasini ko‘rlikka olib keluvchi irsiy degeneratsiya A) 7, 1, 5, 9, 6 B) 8, 11, 2, 5 C) 2, 5, 1, 8, 10 D) 1, 3, 2, 10 12 / 30 12. Quyidagi hujayra tuzilmalariga (a-e) xos xususiyatlarni (1-16) to‘g‘ri juftlang. a) lizosoma; b) mitoxondriya; c) ribosoma; d) endoplazmatik to‘r; e) xloroplast 1) RNKni nukleotidlargacha parchalaydi; 2) DNKga ega; 3) glikogenni sintezlaydi; 4) bakteriya hujayrasida uchraydi; 5) uglevodni sintezlaydi; 6) zarpechak hujayrasida uchraydi; 7) Golji majmuasidan hosil bo‘ladi; 8)anabolizm jarayonida ishtirok etadi; 9) oqsil sintezlaydi; 10) sut kislotani oksidlaydi; 11) polimerazani sintezlaydi; 12) katabolizm reaksiyalarida ishtirok etadi; 13) ikki qavat membranaga ega; 14) kollenxima hujayrasida uchraydi; 15) fag tarkibida uchraydi; 16) oqsillarni aminokislotagacha parchalaydi A) a-1, 14, 16; b-6, 10, 13; c-6, 8, 11, 14; d-13, 4, 8, 9; e-2, 5, 6, 14, 13 B) a-1, 14, 16; b-2, 6, 13; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 7, 9; e-2, 5, 13, 14 C) a-7, 10, 16; b-2, 6, 12; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 8, 9; e-2, 5, 8, 14 D) a-1, 7, 12, 16; b-2, 6, 10; c-4, 6, 8, 9, 11, 14; d-5, 6, 8; e-2, 5, 8, 14 13 / 30 13. Bir tup o‘simlikdagi gullari bitta gul formulasi bilan ifodalanadigan o‘simliklarni aniqlang. 1) terak; 2) qovoq; 3) gazanda; 4) qozonyuvg‘ich; 5) qayin; 6) yong‘oq; 7) Turkiston ismalog‘i; 8) itqovun; 9) makkajo‘xori; 10) kungaboqar A) 2, 4, 8 B) 2, 4, 10 C) 1, 3, 7 D) 5, 6, 9 14 / 30 14. Quyida berilgan o‘simliklarni (I-III) kelib chiqish markazi (a-e) va oilasining gul formulasi (1-6) bilan to‘g‘ri moslashtiring. I) yovvoyi no‘xat; II) tamaki; III) qalampir a) Janubiy Amerika markazi; b) O‘rta yer dengizi markazi; c) Efiopiya markazi; d) Markaziy Amerika markazi; e) Sharqiy Osiyo markazi. 1) Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞); 2) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2); 3) Gk4−5 Gt5,(5) Ch5 U(2); 4) Gk(5) Gt1+2+(2) Ch(9)+1 U1; 5) Og(2)+2 Ch3,6 U1; 6) Gk(5) Gt(5) Ch5 U1 A) I − c, 4; II − a, 6; III − d, 6 B) I − c, 2; II − d, 6; III − b, 5 C) I − d, 3; II − a, 6; III − d, 1 D) I − b, 4; II − e, 1; III − d, 6 15 / 30 15. Qarag‘ay va saksovul o‘simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang. A) urug‘kurtakka ega; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; urug‘langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi B) urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud; urug‘chi gullari boshoq to‘pgulda joylashgan C) urug‘idan ko‘payadi; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; changdonlari mavjud; urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud D) urug‘kurtakka ega; changdonlari mavjud; urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi 16 / 30 16. Tovuq va xo‘rozlarda toj shakli allel bo‘lmagan gen ta’sirida komplementar irsiylanadi. Tajribada oddiy va digomozigota yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirildi. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar o‘zaro qayta chatishtirilganda hosil bo‘ladigan F2 avlodning fenotipi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan? A) 2 B) 4 C) 3 D) 1 17 / 30 17. Qaysi organizmlarning lichinkasi odamda (a), umurtqali hayvonlarda (b), umurtqasiz hayvonlarda (c) parazitlik qiladi? 1) ninachi; 2) baqachanoq; 3) exinokokk; 4) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 5) jigar qurti; 6) bo‘ka; 7) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 8) nozema A) a — 4; b — 3, 7; c — 2 B) a — 7; b — 5; c — 8 C) a — 3; b — 2; c — 5 D) a — 4; b — 5, 7; c — 1, 8 18 / 30 18. Biologik faol moddalarning odam organizmidagi funksiyalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) antidiuretik gormon – reabsorbsiya jarayonini kuchaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi B) timozin gormoni − jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi C) glukogon gormoni − qondagi ortiqcha glukozani glikogenga aylantiradi D) tiroksin gormoni − ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi 19 / 30 19. Tallomga ega eukariot (a) va prokariot (b) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang? 1) nitella; 2) batsidiya; 3) nostok; 4) ulva; 5) xrokokk; 6) xantoriya; 7) ossilatoriya; 8) parmeliya A) a-8, 1, 6, 4, 2; b-7, 3 B) a-2, 6, 8; b-1, 3, 5, 7 C) a-1, 4, 8; b-3, 5, 7 D) a-6, 4, 7, 2; b-3, 1, 5 20 / 30 20. Magnoliyasimon (a) va lolasimon (b) sinfiga mansub bo‘lgan, ko‘sak meva hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) g‘o‘za; 6) yasmiq A) a-1; b-4 B) С) a-5; b-1 C) a-2; b-6 D) a-5; b-3 21 / 30 21. Korall poliplarining embrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. 1)blastula; 2) blastulaning ichiga botib kirishi; 3) zigota; 4) gastrulyatsiya; 5) maydalanish; 6) blastula hujayralarining migratsiyasi; 7) lichinka; 8) organogenez; 9) yosh polip; 10) hujayralarning ixtisoslashuvi A) 3, 5, 1, 6, 10 B) 3, 5, 1, 4, 9 C) 3, 1, 4, 8, 7 D) 3, 1, 2, 4, 8 22 / 30 22. Quyidagi organizmlarni (a-d) ularga tegishli qon aylanish sistemalari haqidagi ma’lumotlar (1-10) bilan to‘g‘ri juftlang. a)lansetnik; b) nutriya; c) yomg‘ir chuvalchangi; d) churrak 1)o‘pkadan keladigan arterial qon chap bo‘lmachaga quyiladi; 2) qoni qorin qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 3) chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qiladi; 4) to‘qimalardagi venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi; 5) chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi; 6) kislorod bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali oldinga oqadi; 7) karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali jabralarga keladi; 8) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 9) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing oldingi tomoniga oqadi; 10) to‘qimalarda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. A) a − 7, 9; b − 3, 4; c − 2, 8; d − 4, 5 B) a − 7, 10; b − 1, 4; c − 6, 8; d − 1, 3 C) a − 7, 10; b − 1, 3; c − 2, 9; d − 1, 5 D) a − 6, 10; b − 1, 5; c − 2, 9; d − 1, 3 23 / 30 23. Hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lmagan (I), hujayra markazi yo‘q, lekin mitotik ipga ega bo‘lgan (II), hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lgan (III) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 2) pixta; 3) zog‘ora baliq; 4) kakku; 5) nostok; 6) spirogira; 7) beda; 8) sigirquyruq; 9) suqsun; 10) vabo qo‘zg‘atuvchisi A) I - 1, 10; II - 5, 6, 7; III - 4, 8, 9 B) I - 1, 5, 10; II - 2, 6, 7; III - 3, 4, 9 C) I - 1, 5, 8; II - 3, 6, 9; III - 2, 4, 7 D) I - 2, 6, 7; II - 3, 4, 9; III - 1, 5, 10 24 / 30 24. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarni belgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza II; 3) metafaza II; a) diploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; b) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; c) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi; d) diploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi A) 1-d; 2-b; 3-а B) 1-d; 2-с; 3-d C) 1-с; 2-d; 3-b D) 1-а; 2-с; 3-d 25 / 30 25. Gastrulyatsiya blastula hujayralarining o‘sib kirishi orqali kechadigan turkumlarni ko‘rsating. A) dumsizlar, dumlilar B) dumlilar, tangachalilar C) tangachalilar, tovuqsimonlar D) timsohlar, kurakoyoqlilar 26 / 30 26. Quyida Huntington kasalligining irsiylanishi keltirilgan. Ushbu kasallikning irsiylanish turini aniqlang. A) jinsiy X xromosomada retsessiv B) autosomada dominant C) autosomada retsessiv D) jinsiy X xromosomada dominant 27 / 30 27. Exinokokkning embrional (a) va postembrional (b) davrida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang. 1) iste’mol qilgan ozuqaning ichakda hazm bo‘lishi; 2) urug‘lanmagan tuxum hujayralarning rivojlanishi; 3) organ va to‘qimalar hosil bo‘lishi; 4) finna hosil bo‘lishi; 5) hujayralarning ixtisoslashuvi; 6) yangi bo‘g‘in hosil bo‘lishi; 7) so‘rg‘ichlari bilan hazm bo‘lgan ovqatni so‘rishi A) a-3, 5, 2; b-4, 6, 7 B) a-2, 6; b-7, 1, 4 C) a-3, 5; b-6, 4 D) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6 28 / 30 28. Quyidagi rasmda meyoz bo‘linish jarayonidagi hujayraning replikatsiyalangan xromosomalari tasvirlangan. Xromosomalardagi uchta genning allellari - A, B va C ko‘rsatilgan (qora doiralar – sentromerani ifodalaydi). Qaysi javobda meyoz bo‘linishdan keyin eng kam ehtimolda hosil bo‘ladigan gameta genotipi berilgan. A) A1B1C1 B) A2B1C1 C) A1B2C1 D) A1B2C2 29 / 30 29. Organizmlardagi qaysi jarayonlar postembrional davrda yuz beradi? 1) tut ipak qurtining g‘umbakka aylanishi; 2) yomg‘ir chuvalchangi mezodermasidan muskul to‘qimasining hosil bo‘lishi; 3) itbaliqda tashqi jabraning ichki jabra bilan almashinishi; 4) lansetnikda xordaning hosil bo‘lishi; 5) assidiyada fagositlarning hosil bo‘lishi; 6) itbaliqda ikki kamerali yurakning paydo bo‘lishi; 7)kapalak qurtlarida soxta oyoqlarning hosil bo‘lishi. A) 2, 4, 7 B) 3, 5, 6 C) 1, 7 D) 1, 3, 5 30 / 30 30. Qaysi jarayonlar moddalar almashinuvining dastlabki bosqichida sodir bo‘ladi? 1) oksidlanish; 2) translyatsiya; 3) proteazalar tomonidan oqsil parchalanishi; 4) lipazaning lipidlarga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) amilazaning ta’siri; 7) oziqning mexanik o‘zgarishi; 8) transkripsiya; 9) o‘pkalar tomonidan karbonat angidridning ajratilishi; 10) fotosintez A) 3, 4, 8, 9 B) 3, 4, 6 C) 2, 5, 8 D) 1, 7, 9, 10 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya olimpiada