8-sinf Jahon tarixi №6 Iyun 12, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 8-sinf Jahon tarixi №6 ga fikr bildirilmagan. 4 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №6 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 3-variant 1 / 30 1. Dastlab Italiyada Gumanizm g'oyasi paydo bo'lgan paytda yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)Germaniyadagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashadilar; 2)Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi; 3)turklarning Bolqondagi dastlabki bosqinlari yuz bergan; 4)Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati parchalanib ketadi. 5)Oltin O'rdada siyosiy nizolar davri boshlangan; 6)Mustaqil Songai davlati tuzilgan; 7)Usmonli turklarda asirga olingan sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tashkil etila boshlangan; A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 2, 5, 7 D) 2, 4, 6, 7 2 / 30 2. Xariatada yulduzcha bilan belgilangan davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi eng katta markazlashgan davlat edi B) 1648-yili Ispaniyadan mustaqilligi tan olindi C) XVII asrda Respublika deb e’lon qilingan D) XVIII asr oxirida maydoni jihatdan Yevropada uchinchi o’rinni egallagan 3 / 30 3. Jan Kalvin qaysi shaharda kalvinizm ta‘limotiga asos solgan? A) Parijda B) Orleanda C) Jenevada D) Veneda 4 / 30 4. Buyuk fransuz Burjua inqilobi davrida konstitutsiya qabul qilish uchun yig‘iladigan parlament qanday atalgan? A) Direktoriya B) Ta'sis majlisi C) Konvent D) Qonun chiqaruvchi majlis 5 / 30 5. Rus podshosi Ivan IV ga podsholik unvonini berilishi ... A) G’arbiy Yevropa qirollarining noroziliklariga sabab bo’ldi B) Oltin O’rda podsholarining urushlariga sabab bo’ldi C) knyazlarning o’zaro kurashlarini yanada kuchaytirib yubordi D) uni G’arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi 6 / 30 6. Quyidagi rasmlarda tasvirlangan «ma’rifatparvarlar» ga oid ma’lumotlar to’gri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. a)dahshatli kasallik oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay qolgan; b)uning hayoti qisqa, qashshoqlik, xo‘rlik va yolg‘izlikka to‘la bo‘lsa ham, unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish ustun edi; c)uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy tuyulardi, cherkov esa Xudodan qo‘rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmas edi; d)uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab qolishga da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 7 / 30 7. To’g’ri ma’lumot berilgan javob variantini toping. A) Ivan IV davrida krepastnoylik tartibi biroz yumshatildi B) Ivan IV davridan boshlab davlat lavozimlarini ijtimoiy kelib chiqishi zodagonligiga qarab egallash tartibi bekor qilindi C) Zemstvo soborida dastlab faqat feodallar qatnashgan D) Rossiyada XVII asrdan boshlab mahalliy boshqaruvda Zemstvo tuzildi 8 / 30 8. Yuz yillik urush boshlangan yildan 300 yil keyin bo’lgan voqeani belgilang. A) Guanchjoudan boshqa barcha portlar Yevropa kemalari uchun yopib qo’yildi B) Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kech C) Koreya qiroli o‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi D) Shunchji imperator deb e’lon qildi 9 / 30 9. Buxoro xonligida Abdullaxon II hukmronlik qilgan yillarda Angliya qiroli bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) Yelizaveta I B) Karl II C) Genrix VIII Tyudor D) Yakov I 10 / 30 10. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida xususiy mulkning daxlsiz dastlab qaysi qonunda o’z ifodasini topgan edi? A) 1793-yilgi konstitutsiya B) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” C) 1795-yilgi konstitutsiya D) 1791-yilgi konstitutsiya 11 / 30 11. Quyidagi qaysi shaxs hukmronligi davrida Angliyada reformatsiya o‘z nihoyasiga yetgan ? A) Yakov I B) Genrix VIII C) Yelizaveta I D) Karl I 12 / 30 12. Lyudvig Betxovenning "Qahramonona" simfoniyasi dastlab kimga bag'ishlangan edi? A) Fransiya qiroli Lyudovik XVI ga B) Juzeppi Garibaldiga C) Napaleon Bonapartga D) Fransiya qiroli Lyudovik XVIII ga 13 / 30 13. AQSHda konstitutisiyasini qabul qilgan organni aniqlang. A) Federal Konvent B) Shtatlar konfederatsiyasi C) Amerika Shtatlar yig’ilishi D) «Kontinental uyushma» 14 / 30 14. 1776-yil 4-iyulda AQSH Kongressi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Deklaratsiyada qanday bayonot qabul qilindi? A) AQSHdan Angliyaga negr qullarni tashish to’g’risida B) AQSh va Angliyaning o’zaro kelishuvi to’g’risida C) sobiq mustamlakalarning to’la bo’lmagan mustaqilligi to’g’risida D) yangi davlatning qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan inson ozodligi haqidagi dunyoqarashni 15 / 30 15. Quyida berilganlardan 21 yil davom etgan urushni belgilang. A) ”Oq va qizil gullar urushi” B) Ispaniya taxti uchun Angliya va Fransiya o’rtasidagi urush C) Bobek boshchiligidagi “Qizil ko’ylaklilar” qo’zg’oloni D) Rossiya va Shvetsiya urushi 16 / 30 16. Eron shohi Nodirshoh Buxoro va Xivani o’ziga tobe qilgan vaqtda Prusiya qiroli bo’lgan shaxsni aniqlang. A) Fridrix II B) Genrix II C) Otton III D) Genrix III 17 / 30 17. 4.1688-yilgi “Sharafli inqilob” natijasida taxtdan ag’darilgan Angliya qirolini aniqlang. A) Karl II B) Yakov II C) Yakov I D) Karl I 18 / 30 18. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Ivan IV ga podsholik tojini kiydirish marosimi bo’lib o’tdi; 2)Mirzo Ulug’bek Samarqand taxtiga o’tirdi; 3)Rossiyada Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi; 4)Rus podshosi Fyodor Ivanovich vafot etdi; 5)Uilyam Shekispir vafot etdi; 6)Abdullaxon II vafot etdi; A) 3, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 4 19 / 30 19. Rus shohi Ivan IV ichki siyosatining asosiy vazifasi bu … A) dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirish B) boyarlar mavqe’ini kuchaytirish va mamlakatning xalqaro o’rnini mustahkamlash C) krapastnoylik huquqini zaiflashtirish va bozor munosabatining rivojlanishiga sharoit yaratish D) mamlakatni bosqinchilardan ozod etish va hududlarni kengaytirish 20 / 30 20. Kuchukqaynarji shartnomasiga ko’ra … 1)Rossiya Qora dengiz bo’yida harbiy flot qurish huquqini qo’lga kiritdi; 2)Turkiya Qora dengiz bo’ylarida harbiy flot saqlash huquqini qo’lga kiritdi; 3)Rossiya Qrim xonligini Turkiyaga topshirdi; 4)Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi; 5)Rossiya Turkiyaga katta hajmda kontiributsiya to’lovini yukladi; A) 1, 3 B) 1, 4 C) 1, 5 D) 3, 4 21 / 30 21. Rossiya XVIII asrning birinchi yarmida qaysi davlat ustidan qozongan g’alabasi evaziga Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi? A) Turkiya B) Daniya C) Polsha D) Shvetsiya 22 / 30 22. Rusda qachon qachon oprichnina joriy etilgan? A) 1547-yil B) 1598-yil C) 1612-yil D) 1565-yil 23 / 30 23. Ma’rifat asri vakili Fransua Bushega oid ma’lumotlar tog’ri berilgan javobni toping. 1)uning real hayotdan cheksiz yiroqda bo‘lgan suratlari aristokratlar saroylariga ajoyib bezak bo‘la olardi; 2)u chizgan suratlar eng nozik his-tuyg‘ularni, qahramonlarning ko‘z ilg‘amas kayfiyatlarini ifodalaydi; 3)qirolning birinchi tasvirchisi», afsonaviy sahnalarning ajoyib ustasi; 4)u chizgan «Qiyin taklif», «Beparvo» kabi asarlar juda mashhur edi; A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 3, 4 24 / 30 24. Quyidagi qaysi yozuvchining maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi? A) D.Defo B) I.Gyote C) T.Mor D) J.Svift 25 / 30 25. Ma'rifat asrining mashxur namoyondalari qaysi javonda to'g'ri berilgan? A) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Sharl Furye , Adam Smit B) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro, Robert Ouen C) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro, Tomas Mor D) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro, Adam Smit 26 / 30 26. Qaysi asr Yevropa tarixiga «Ma’rifat asri» nomi bilan kirgan? A) XVII asr B) XV asr C) XVIII asr D) XIX asr 27 / 30 27. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida kimlar g’alaba qozondi? A) Katta yer-mulk egalari B) Parlament C) Qirol hokimiyati D) Hech kim g’alaba qozonmadi 28 / 30 28. J.Vashington AQSH prezidenti etib saylangan yili tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Fransiyada “Inson va Fuqaro huquqlari” deklaratsiyasi qabul qilindi B) Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi C) Amir Shohmurod taxtga o’tirdi D) Muhammad Amin Inoq Xiva taxtiga o’tirdi 29 / 30 29. XVIII asr oxirida Yevropada maydoni jihatidan uchunchi, qo’shin soni jihatidan to’rtinchi o’rinni egallagan davlatni belgilang. A) Germaniya B) Prussiya C) Fransiya D) Angliya 30 / 30 30. Ma’rifatparvarlarning oliyjanob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligini, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq ekanligi quyidagi qaysi asarda ochib berilgan ? A) «Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari» B) «Faust» C) «Qahramonnoma» D) «Gulliverning sayohatlari» Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi