Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №6 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №6 InfoMaster Iyun 12, 2023 47 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №6 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 3-variant 1 / 30 1. Okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella qachon yaratilgan? A) XIV asr oxirida B) XVI asr boshlarida C) XV asr oxirida D) XV asr boshlarida 2 / 30 2. Yangi davr boshlarida “manufaktura” deb nimaga aytilgan? A) mehnat taqsimoti asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga B) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan korxonaga C) ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar D) ishlab chiqarishda mashinalar qo‘llaniladigan katta korxonalar 3 / 30 3. Yangi davr boshlarida ilgari fan va adabiyot tili bo’lgan lotin tili o’rniga quyidagilardan qaysi xalq tillari rivojlandi? 1) nemis; 2) ispan; 3) ingliz; 4) italyan; 5) fransuz; A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3 4 / 30 4. Ilk umumjahon svilizatsiyasini aniqlang. A) Yevropa sivilizatsiyasi B) Yunon sivilizatsiyasi C) Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi D) Islom sivilizatsiyasi 5 / 30 5. XVI - XVII asrlarda Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy ro’lini nima belgilab berar edi? A) qalay ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi B) mis ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi C) S) po’lat ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi D) oltin ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi 6 / 30 6. Kuchukqaynarji shartnomasiga ko’ra … 1)Rossiya Qora dengiz bo’yida harbiy flot qurish huquqini qo’lga kiritdi; 2)Turkiya Qora dengiz bo’ylarida harbiy flot saqlash huquqini qo’lga kiritdi; 3)Rossiya Qrim xonligini Turkiyaga topshirdi; 4)Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi; 5)Rossiya Turkiyaga katta hajmda kontiributsiya to’lovini yukladi; A) 1, 4 B) 1, 3 C) 3, 4 D) 1, 5 7 / 30 7. 1776-yil 4-iyulda AQSH Kongressi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Deklaratsiyada qanday bayonot qabul qilindi? A) AQSh va Angliyaning o’zaro kelishuvi to’g’risida B) yangi davlatning qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan inson ozodligi haqidagi dunyoqarashni C) sobiq mustamlakalarning to’la bo’lmagan mustaqilligi to’g’risida D) AQSHdan Angliyaga negr qullarni tashish to’g’risida 8 / 30 8. Quyidagi qaysi shaxs hukmronligi davrida Angliyada reformatsiya o‘z nihoyasiga yetgan ? A) Yelizaveta I B) Genrix VIII C) Karl I D) Yakov I 9 / 30 9. Rossiya XVIII asrning birinchi yarmida qaysi davlat ustidan qozongan g’alabasi evaziga Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi? A) Polsha B) Turkiya C) Shvetsiya D) Daniya 10 / 30 10. Ma’rifatparvarlarning oliyjanob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligini, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq ekanligi quyidagi qaysi asarda ochib berilgan ? A) «Qahramonnoma» B) «Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari» C) «Faust» D) «Gulliverning sayohatlari» 11 / 30 11. Qaysi asr Yevropa tarixiga «Ma’rifat asri» nomi bilan kirgan? A) XIX asr B) XVIII asr C) XVII asr D) XV asr 12 / 30 12. Ma’rifat asri vakili Fransua Bushega oid ma’lumotlar tog’ri berilgan javobni toping. 1)uning real hayotdan cheksiz yiroqda bo‘lgan suratlari aristokratlar saroylariga ajoyib bezak bo‘la olardi; 2)u chizgan suratlar eng nozik his-tuyg‘ularni, qahramonlarning ko‘z ilg‘amas kayfiyatlarini ifodalaydi; 3)qirolning birinchi tasvirchisi», afsonaviy sahnalarning ajoyib ustasi; 4)u chizgan «Qiyin taklif», «Beparvo» kabi asarlar juda mashhur edi; A) 3, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 4 13 / 30 13. To’g’ri ma’lumot berilgan javob variantini toping. A) Zemstvo soborida dastlab faqat feodallar qatnashgan B) Rossiyada XVII asrdan boshlab mahalliy boshqaruvda Zemstvo tuzildi C) Ivan IV davrida krepastnoylik tartibi biroz yumshatildi D) Ivan IV davridan boshlab davlat lavozimlarini ijtimoiy kelib chiqishi zodagonligiga qarab egallash tartibi bekor qilindi 14 / 30 14. J.Vashington AQSH prezidenti etib saylangan yili tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Amir Shohmurod taxtga o’tirdi B) Muhammad Amin Inoq Xiva taxtiga o’tirdi C) Fransiyada “Inson va Fuqaro huquqlari” deklaratsiyasi qabul qilindi D) Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi 15 / 30 15. Quyida berilganlardan 21 yil davom etgan urushni belgilang. A) Bobek boshchiligidagi “Qizil ko’ylaklilar” qo’zg’oloni B) Rossiya va Shvetsiya urushi C) ”Oq va qizil gullar urushi” D) Ispaniya taxti uchun Angliya va Fransiya o’rtasidagi urush 16 / 30 16. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Ivan IV ga podsholik tojini kiydirish marosimi bo’lib o’tdi; 2)Mirzo Ulug’bek Samarqand taxtiga o’tirdi; 3)Rossiyada Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi; 4)Rus podshosi Fyodor Ivanovich vafot etdi; 5)Uilyam Shekispir vafot etdi; 6)Abdullaxon II vafot etdi; A) 3, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 4 17 / 30 17. Cherkovlarda marhumning xotirasiga bag’ishlab ijro etiladigan hayot va o’lim, inson qismati haqidagi asar? A) ”Rekviyem” B) ” Matto bayon etgan buyuk musibat” C) ”Qahramonnoma” D) ”Salomeya” 18 / 30 18. Eron shohi Nodirshoh Buxoro va Xivani o’ziga tobe qilgan vaqtda Prusiya qiroli bo’lgan shaxsni aniqlang. A) Genrix II B) Fridrix II C) Genrix III D) Otton III 19 / 30 19. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida kimlar g’alaba qozondi? A) Qirol hokimiyati B) Hech kim g’alaba qozonmadi C) Katta yer-mulk egalari D) Parlament 20 / 30 20. Quyidagi Ma'rifat asri yozuvchilaridan qaysi biri dastlab qishloq ruhoniysi bo'lgan? A) D.Defo B) I.Gyote C) Sh.Monteskye D) J.Svift 21 / 30 21. 1775-yili ish boshlagan Ikkinchi Qit’a Kongressi qatnashchilari... A) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo’l bilan mustaqillikni qo’lga kiritishga harakat qildilar B) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika Qurolli Kuchlarining bosh qo’mondonini tayinladilar C) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar D) urushni to’xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg’in muhokama qildilar 22 / 30 22. Rusda qachon qachon oprichnina joriy etilgan? A) 1565-yil B) 1612-yil C) 1598-yil D) 1547-yil 23 / 30 23. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida xususiy mulkning daxlsiz dastlab qaysi qonunda o’z ifodasini topgan edi? A) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” B) 1791-yilgi konstitutsiya C) 1795-yilgi konstitutsiya D) 1793-yilgi konstitutsiya 24 / 30 24. AQSHda konstitutisiyasini qabul qilgan organni aniqlang. A) Federal Konvent B) «Kontinental uyushma» C) Shtatlar konfederatsiyasi D) Amerika Shtatlar yig’ilishi 25 / 30 25. Yuz yillik urush boshlangan yildan 300 yil keyin bo’lgan voqeani belgilang. A) Koreya qiroli o‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi B) Shunchji imperator deb e’lon qildi C) Guanchjoudan boshqa barcha portlar Yevropa kemalari uchun yopib qo’yildi D) Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kech 26 / 30 26. Quyidagi qaysi yozuvchining maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi? A) I.Gyote B) J.Svift C) D.Defo D) T.Mor 27 / 30 27. 4.1688-yilgi “Sharafli inqilob” natijasida taxtdan ag’darilgan Angliya qirolini aniqlang. A) Yakov I B) Karl I C) Karl II D) Yakov II 28 / 30 28. Qaysi asar markazida bo’ysunmas, isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo’rqmas inson obrazi turadi? A) ” Matto bayon etgan buyuk musibat” B) ”Qahramannoma” C) ” Rekviyem” D) ” Fantaziya yo‘lida sonata” 29 / 30 29. Quyidagi rasmlarda tasvirlangan «ma’rifatparvarlar» ga oid ma’lumotlar to’gri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. a)dahshatli kasallik oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay qolgan; b)uning hayoti qisqa, qashshoqlik, xo‘rlik va yolg‘izlikka to‘la bo‘lsa ham, unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish ustun edi; c)uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy tuyulardi, cherkov esa Xudodan qo‘rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmas edi; d)uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab qolishga da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 30 / 30 30. XVIII asr oxirida Yevropada maydoni jihatidan uchunchi, qo’shin soni jihatidan to’rtinchi o’rinni egallagan davlatni belgilang. A) Angliya B) Fransiya C) Germaniya D) Prussiya Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz