Matematika va Ona tili yo’nalishi №1 May 4, 2022May 4, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Matematika va Ona tili yo’nalishi №1 ga fikr bildirilmagan. 10 Vaqtingiz tugadi! Matematika va Ona tili yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Matematika (3.1 ball) ? Ona tili (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 x² + y² - 12x + 6y + 9 = 0 tenglama bilan berilgan aylananing markazini toping A) (-3;6) B) (3;-6) C) (-6;3) D) (6;-3) 2 / 90 Hasan, Husan va ularning 3 nafar oʻrtoqlari orasidan ixtiyoriy tanlangan 3 kishining orasida Hasan va Husan boʻlishi ehtimolligini toping. A) 0,25 B) 0,4 C) 0,3 D) 0,2 3 / 90 a va b orqali ifodalangan m ning qanday qiymatida ifoda to’la kvadrat bo’ladi? A) To’g’ri javob keltirilmagan B) ±ab/3 C) ±3ab D) 4a² b² 4 / 90 x² + ax = 1 tenglamaning x1 va x2 ildizlari tenglikni qanoatlantirsa, a² - 2 ning qiymatini toping. A) 14 B) 2 C) 7 D) 34 5 / 90 Tengsizliklar sistemasini yeching. A) [2 ; 11) B) (-11 ; 2] C) [-2;7) D) (-7 ; -2] 6 / 90 cosx + sinx/2 = 1 tenglama [0; 2π] da nechta ildizga ega? A) 5 B) 6 C) 3 D) 4 7 / 90 Soddalashtiring A) -1 B) 1/2 C) 0 D) 1 8 / 90 Ifodani soddalashtiring: A) 0 B) cosα C) 1 D) sinα 9 / 90 Funksiyaning eng kichik qiymatini toping. A) 16⁴ B) 6⁴ C) 8⁴ D) 7⁴ 10 / 90 (x + 1) · (|x| - 1) ≥ 2 tengsizlikni yeching. A) [√3 ; +∞) B) (-∞ ; 0] ∪ [√3 ; +∞) C) (-∞ ; -√3] ∪ [√3 ; +∞) D) (-∞ ; -√3] 11 / 90 ABCD teng yonli trapetsiyaga radiusi 2 ga teng boʻlgan aylana ichki chizilgan. Agar trapetsiya asoslarining nisbati 4:9 kabi boʻlsa, kichik asos uzunligini toping. A) 5/8 B) 8/3 C) 8/5 D) 3/8 12 / 90 f ( x)=x² funksiyaning (0;0) va (1;1) nuqtalaridan oʻtuvchi toʻgʻri chiziqqa parallel boʻlgan urinma tenglamasini tuzing. A) y = x - 0,125 B) y = x - 0,25 C) y = x - 0, 2 D) y = x - 0,225 13 / 90 Agar ifodaning qiymatini toping. A) 8 B) -14 C) 14 D) -8 14 / 90 Integralni hisoblang: A) √5-2 B) 2√5-4 C) 4-√5 D) 2-√5 15 / 90 Funksiyaning qiymatlar to’plamini toping. A) [-2;0) ∪ (0;2] B) (-2;2) C) (-3;1) D) (-1;1) 16 / 90 AB kesmani A uchidan boshlab hisoblanganda C nuqta 3:4 nisbatda, D nuqta esa AC kesmani 4:3 nisbatda boʻladi. Agar AB kesmaning uzunligi 49 cm boʻlsa, u holda AD kesmaning uzunligini (cm) toping. A) 9 B) 16 C) 21 D) 12 17 / 90 ABC uchburchakning A uchidan BC tomoniga AD mediana tushirildi, bunda AD = BD = AC bo’ladi. BC tomonning AB tomonga nisbatini toping. A) √3 B) 3√3/2 C) 1/2 D) 2√3/3 18 / 90 a va b ning qanday qiymatlarida tenglamalar sistemasi yechimlarga ega emas? A) a = 10; b ≠18 B) a ≠ 10; b ≠ 18 C) a = 10; b = 18 D) a ≠ 10; b = 18 19 / 90 a va b raqamlar yig’indisi 7 ga qoldiqsiz bo’linadi. Agar aba ko’rinishidagi uch xonali sonlarni 7 ga bo’lganda bir xil qoldiq qolsa, shu qoldiqni toping. A) 3 B) 0 C) 6 D) 4 20 / 90 Hadlari xn = 4n2 + cn + 2 formula bilan berilgan ketma – ketlikda x4 - x2 = 52 boʻlsa, bu ketma – ketlikning uchinchi hadini toping. A) 52 B) 50 C) 44 D) 56 21 / 90 Arifmetik progressiyaning oltinchi hadi 17 ga teng, dastlabki 16 ta hadning yig’indisi esa 392 ga teng. Ushbu progressiyaning 9-hadini toping. A) 26 B) 24 C) 16 D) 13 22 / 90 3·92x+2·9x-1≤0 tengsizlikni yeching A) (-∞;2] B) (-∞;2] ∪ [3; +∞) C) [0,5; +∞) D) (-∞;-1,5] 23 / 90 O’ziga qo’shni burchakning 4/5 qismiga teng bo’lgan burchakning yarimini toping. A) 55° B) 45° C) 40° D) 50° 24 / 90 Hisoblang: A) 1 B) 2 C) -2 D) 0 25 / 90 Funksiyaning aniqlanish sohasiga tegishli natural sonlar nechta? A) 3 B) 6 C) 4 D) 5 26 / 90 Tenglamaning ildizlari ʻ ko paytmasini toping. A) 4 B) 1/4 C) 2 D) 1/8 27 / 90 Hisoblang: A) 0 B) 2 C) 3 D) 1 28 / 90 Barcha ikki xonali sonlar ko’paytmasi tub sonlar ko’paytmasi shaklida yozilganda, bu ko’paytmada 7 soni necha marta qatnashadi? A) 14 B) 13 C) 16 D) 15 29 / 90 0; 1; 2; 3; 4; 5 raqamlardan jami nechta raqamlari takrorlanmaydigan 3 xonali sonlar tuzish mumkin? A) 216 B) 100 C) 125 D) 180 30 / 90 vektorlar uchun bo'lsa, x ni toping. A) 1 B) -2 C) -1 D) 2 31 / 90 Tong otmoqda. Tong o’qlar otar, Ton otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. Ushbu misralar muallifini toping. A) Cho’lpon B) Rauf Parfi C) Usmon Nosir D) Mirtemir 32 / 90 Jarangli jufti yo‘q jarangsiz undosh tovush bilan tugagan yopiq bo‘g‘inli so‘zlar qatorini toping. A) tavfiq, sohib, otaliq B) xumcha, tashbeh, tal’at C) xushaxloq, shukur, xontaxta D) dehqon, chaqqon, xohlamoq 33 / 90 O‘zakka qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yuz beradigan shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. A) -dosh, -boz B) -chi, -soz C) -kor, -soz D) -vchi, 34 / 90 Tog‘ay Murodning qaysi asariga Qodiriy nomidagi davlat mukofoti berilgan? A) Ot kishnagan oqshom” qissasi B) “Otamdan qolgan dalalar” romani C) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi D) “Oydinda yurgan odamlar” qissasi 35 / 90 Hisob so‘z berilmagan gapni toping. A) Bir og‘iz gapingiz bilan bu ishlar o‘z yechimini topishi mumkin B) Men kosadan olib ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. C) Ko‘rsatkich barmog‘i bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 daqiqa mobaynida bosib turing, shunda tish og‘rig‘i taqqa to‘xtaydi. D) Umri xola bir qo‘li bilan uniqqan chit ko‘ylagining etagini mahkam ushlab olgan, etak ichida ikki hovuch pishgan-pishmagan aralash qulupnaylar ko‘rinib turar edi. 36 / 90 Asosi fe’l so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldosh ega qatnashgan murakkab kesimli gapni aniqlang. A) Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi B) Yer yuzida qancha millat, xalq bo‘lsa, shuncha til bor. C) Xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. D) Oldimdan bir uy chiqib qoldi, jon holatda unga o‘zimni urdim. 37 / 90 Qaysi javobda bir ma’no turiga oid ikkita ravish qatnashgan? A) Elchi hozir o‘z podshohining topshirig‘ini bajarish uchun butun ayyorligini ishga solar, tilyog‘lamalik qilib, To‘marisni maqtab, ko‘klarga ko‘tarar edi. B) Shunda bechora sayyor iltimos qilmish darrov, Vasiyatimni aytay, agar bo‘lsa bemalol. C) U bexosdan kelib, yigitni belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib tizzalab qoldi. D) Ba’zan Hasanni ham birga olib ketadi. 38 / 90 “Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga... “ Ushbu parcha «Alpomish dostonida kimning tilidan aytilgan? A) Yortiboy B) Qayqubod C) Qultoy D) Qorajon 39 / 90 Gap bo‘laklari joylashuvi aniqlovchi, aniqlovchi, ega va kesim shartli belgilarga to‘liq mos keladigan murakkab ot kesimli gapni aniqlang. A) Norning nordon anori narida. B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi C) Faqat boshidagi do‘ppisining kashtasigina oq edi, xolos. D) Til - millatning ruhi, deyiladi. 40 / 90 Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur «, gapdagi “matavoliy” so‘zining ma’nosini toping. A) hayratlanarli B) manmanlik C) chegarasiz D) suhbatdoshi 41 / 90 Berilgan so‘z birikmalaridan qaysilari harakat-holatning belgisini bildirgan? Tonggi shabada, sekin yurmoq, quvonchli xabar, tez o‘qimoq, a’lo kayfiyat, atayin gapirmoq. A) 6 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 42 / 90 Bayrog‘ingiz egilmasin maydonda sira, Jangda yolg‘iz qolsangiz ham bayroq tik bo‘lsin. Hujum qilish arafasi: “Allohu akbar!” – dеb Nido aylang. Parvardigor kuch ato etgay. Ushbu parcha qaysi adib ijodidan? A) Sh. Boshbekov B) A. Oripov C) H. Xudoyberdiyeva D) O. Matjon 43 / 90 Qaysi javobda holat fe’llari berilgan? A) qizardi, ulg‘aydi B) gapirdi, qichqirdi C) chopdi, sug‘ordi, D) to‘xtadi, tashladi 44 / 90 Hokim qismi ham, tobe qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Bugun dalalar uzra bolakay larning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi. B) Hukmdor saroyidagi bu xazinada qadimgi yunon tabibi Gippokratdan tortib Arastu va Aflotun asarlarining asl nusxalari, arab tilidagi tarjimalari saqlangan. C) Ular xalqning va millatning birligi, yurtning istiqboli, farovonligi hamda tinchligini jo‘shib kuyladilar. D) O‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir 45 / 90 Faqat ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni toping. A) g‘o‘za, baraka, ibora B) ijod, izza, rubob C) ilova, olim, andisha D) arava, ashula, ilgari 46 / 90 Xususiyat bildiruvchi sifat qatnashmagan gapni toping. A) Donishmand chol... naq yuz qovun pishig‘ini ko‘rgan bo‘lsa-da, hamon hushyor va ziyrak, serfahm va zukko edi. B) U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlarni mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o‘qiydi. C) Yozgi harakat – kuzgi barakat. D) Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa, olovdan uzoqroq o‘tirishar edi. 47 / 90 Torgina xonani xotin-xalajning qiy-chuvi tutdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalariga oid to‘g‘ri hukmni belgilang. A) Ushbu gapda faqat tobe qism vazifasini bajargan so‘zlarning barchasi bir so‘z turkumga oid so‘zlar hisoblanadi. B) Ushbu gapda faqat hokim qism vazifasini bajargan so‘zning asosi ot so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldoshlik hosil qiladi. C) Ushbu gapda faqat tobe so‘z vazifasini bajargan so‘zlar soni uchta. D) Ushbu gapda tub so‘zning qo‘shma so‘zga tobelanishi kuzatiladi. 48 / 90 Yuzning kulib turishi bunchalik qiyin ish emas. Ushbu gapdagi so‘zlarning yetakchi morfemalarida shakldoshlik necha o‘rinda kuzatiladi? A) 5 o‘rindar. B) 3 o‘rinda; C) 2 o‘rinda; D) 4 o‘rinda; 49 / 90 Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A) Buni eshitgan quloq nima deydi? B) O‘zbek Navoivni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. C) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. D) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. 50 / 90 Zamon shaklidagi chiqar fe’lidan nisbat ma’nosidagi chiqar fe’li qanday farqlanadi? A) II shaxsga ishora qilishi bilan farqlanadi. B) buyurish ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. C) gumon-taxmin ma’nosi bo‘lishi bilan farqlanadi D) kelasi zamon ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. 51 / 90 Belgilash olmoshi qatnashgan gapni toping. A) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. B) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi C) Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi. D) Siz hayotda qanday kishilarga ergashasiz? 52 / 90 X Salohning ”Yulduzlar afsonasi ” she’rida qaysi yulduzning qizini yetti qaroqchi yulduzi o’g’irlab ketadi? A) Surayyo B) Zuhro C) Zuhal D) Hulkar 53 / 90 Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan? A) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi. B) «Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam», – dedilar bobom. Yangi chiqqan oy dalani sovuq, xira, qandaydir changsimon nur bilan qoplagan edi. C) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi. D) Anhor yoqasida ikki echki o‘tlab yurar edi. U har kuni sero‘t dalalarda qo‘ylarini boqib kelardi. 54 / 90 Berilgan so‘zlarning qaysilarida nuqtalar o‘rnida u unlisi yoziladi? 1) junj...kish; 2) juld...r; 3) zug‘...m; 4) ibratom...z. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 2, 3 55 / 90 Tobe qismi ham, hokim qismi ham tub so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalarini aniqlang. 1.qat’iy ishonch; 2.aytilgan so‘z 3.o‘qish yaxshi; 4.aniq tushuntirmoq; 5.bachkana odam; 6.ko‘ngliga olmoq 7.bunyod etmoq A) 3, 4, 7 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 3, 5, 6, 7 56 / 90 Payt otlariga qo‘shilib paytga xos belgini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi qatorda mavjud? A) Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashaydi. B) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. C) Dastlabki kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi. D) Qishki hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi. 57 / 90 Dona sonni hosil qiluvchi quyidagi hisob so‘zlardan qay biri hayvonlarga nisbatan qo‘llanadi? A) dona, B) nafar, C) tup, D) bosh, 58 / 90 Maxtumqulining “Shoir bo’lsang xabar ber” she’rida “U nimadir, darvozasiz qal’adir?” deganda nimani aytgan? A) kafan B) qora yer C) qabr D) ko’ngil 59 / 90 Qaysi javobdagi hukm xato berilgan? A) Gumon olmoshini hosil qiladigan qo‘shimchalar doim so‘roq olmoshlaridan so‘ng qo‘shiladi. B) Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. C) Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. D) Gumon olmoshi qo‘shimchasi kelishik, egalik va boshqa qo‘shimchalardan keyin qo‘llana oladi 60 / 90 Erka o’g’il Hamidullaning ko’knori iste’mol qilib,qimor o’yin oqibatida singlisini boy berishi qaysi asarda keltiriladi? A) ”Fotima va Zuhra” B) ”Urush farzandi” C) ”Odam bo’lish qiyin” D) ”Qiyomat qarz” 61 / 90 Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) 60 B) 150 C) 50 D) -150 62 / 90 Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) 3 B) hammasining narxi bir xil C) 1 D) 2 63 / 90 Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 150 B) 120 C) 100 D) 110 64 / 90 EKUK(15,45,21) ni toping. A) 210 B) 215 C) 115 D) 315 65 / 90 Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 240 B) 120 C) 300 D) 180 66 / 90 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 8 B) 9 C) 6 D) 7 67 / 90 Ayriluvchi 171, ayirma esa 86 ga teng bo‘lsa, kamayuvchini toping. A) 85 B) 257 C) 141 D) 254 68 / 90 Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 157 B) 163 C) 177 D) 161 69 / 90 Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 6 mln 600 ming B) 6 mln 400 ming C) 5 mln 400 ming D) 6 mln 500 ming 70 / 90 Hisoblang. A) 27/4 B) 8 C) 44/5 D) 60/8 71 / 90 Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) so‘zlashuv uslubi B) ommabop uslub C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub 72 / 90 Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) qozoq B) tatar C) Buyg‘ur D) qoraqalpoq 73 / 90 Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) Bsof fe’l B) harakat nomi C) ravishdosh D) sifatdosh 74 / 90 Qaysi javobda qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llanadigan bo‘g‘lovchilar keltirilgan? A) chunki, negaki, goh... goh, balki, mabodo B) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni C) ammo, lekin, agar, chunki, negaki D) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti 75 / 90 Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta 76 / 90 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -guncha, -la, -in, -il, -gan B) -in, -t, -ir, -ish, -il C) -gach, -t, -ir, -n, -i D) -gach, -guncha, -gani, -ib 77 / 90 til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 78 / 90 Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 4 ta 79 / 90 Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. B) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. D) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. 80 / 90 g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) shovqinlilik B) jaranglilik C) til orqalilik D) portlovchilik 81 / 90 Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 1750 B) 2700 C) 1500 D) 2000 82 / 90 G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) maqbara B) xonaqoh C) madrasa D) sardoba 83 / 90 O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1924-yil B) 1927-yil C) 1922-yil D) 1925-yil 84 / 90 Quyidagi qaysi alloma 1123-yilda Rishtonda tug‘ilgan? A) Burhonuddin al-Marg‘inoniy. B) Abu Mansur al-Moturidiy. C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Ahmad ibn Umar Xivaqiy. 85 / 90 Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Olimxon B) Shohmurod C) Nasrullo D) Haydar 86 / 90 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Inomjon Usmonxo‘jayev B) Rafiq Nishonov C) Rustam Saidov D) Sharof Rashidov 87 / 90 Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim? A) Benazir Bxutto B) Indra Gandi C) Yodgora Nasriddinova D) Sayyora Rashidova 88 / 90 Quyidagi qaysi tarixiy asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilgan? A) “Qadimgi sharq” asarida B) “Tarix” asarida C) “Geografiya” asarida D) “Tarixiy-yilnomalar” asarida 89 / 90 Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Xolchayon B) Dalvarzintepa C) Zartepa D) Qoratepa 90 / 90 MAN Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi qachon ishga tushirilgan? A) 2005-yil B) 2009-yil C) 2002-yil D) 2007-yil Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Blok testlar