8-sinf Jahon tarixi №1 Iyun 7, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 8-sinf Jahon tarixi №1 ga fikr bildirilmagan. 3 1234567891011121314151617181920212223242526272829 8-sinf Jahon tarixi №1 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 1-variant 1 / 29 1. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida agrar jamiyatning yemirilishi, yangi sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni qancha davom etgan? A) qariyb to'rt asr B) qariyb ikki asr C) qariyb uch asr D) qariyb besh asr 2 / 29 2. XVI-XVII asrlarda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar yashagan yillari bilan to‘g‘ri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. 1) Nikolay Kopernik; 2) Jordano Bruno; 3) Galileo Galiley; a) 1548-1600-yillar; b) 1473-1543-yillar; c) 1564-1642-yillar; d) 1475-1564-yillar. A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-d C) 1-d, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-b, 3-c 3 / 29 3. Jamiyatda kishilar tabaqalarga bo‘linib yashashi va qadimdan saqlanib kelayotgan an’anaviy urf-odatlar, diniy tasavvurlar qaysi sivilizatsiyaning xarakterli tomonlari hisoblanadi? A) Industrial svilizatsiya B) Ibtidoiy jamoa tuzumi C) Agrar svilizatsiya D) Quldorlik jamiyati 4 / 29 4. Insoniyat tarixida qaysi davr an'anaviy jamiyat deb ataladi? A) Neolit davridan XVIII asrning 60-yillarigacha B) Neolit davridan XV asr oxirigacha C) XVI boshlaridan XVIII asr 60-yillarigacha D) V asr oxiridan XV asr oxirigacha 5 / 29 5. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dengiz savdo yo‘llari qayerga ko‘chgan? A) Atlantika okeaniga B) Tinch okeaniga C) Hind okeaniga D) O’rtayer dengiziga 6 / 29 6. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr nima deb ataladi? A) Kapitalistik jamiyat B) Industrial svilizatsiya C) Postindustrial svilizatsiya D) An'anaviy jamiyat 7 / 29 7. Zamonaviy ko'rinishdagi ilk bank paydo bo'lgan asrda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Kitoblarni tayyorlashda qog'ozdan keng foydalanish boshlandi. B) Londonda birinchi yopiq bozor qurib bitkazildi. C) Fransiyada toifaviy monarxiya shakllana boshladi. D) Angliyada qaram dehqonlar to'lov evaziga ozodlikka erishadi 8 / 29 8. XV asrda portugaliyaliklar tomonidan kash etilgan orollarni aniqlang. 1) Kanar; 2) Antil; 3) Madeyra; 4) Azor; 5) Solomon; 6) Melaneziya; 7) Bagama; A) 1, 3, 4 B) 5, 6, 7 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 6 9 / 29 9. XV asr oxirida Afrika janubini aylanib o'tib Hind okeanigacha yetib borgan ekspeditsiya rahbarini aniqlang. A) Bartolomeu Diash B) Genrix Dengizchi C) Frensis Dreyk D) Fernando Magellan 10 / 29 10. Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochgan dengizchi nomini toping. A) Vasko da Gama B) Fernando Magellan C) Amerigo Vispuchchi D) Xristofor Kolumb 11 / 29 11. 14 da fan va texnika sohalaridagi juda ulkan yutuqlar sanoat inqilobiga olib keldi. A) XVII asr oxiri -XVIII asr B) XVIII asr oxiri-XIX asr C) XIX asr oxiri-XX asr D) XVIII asrning 60-yillari 12 / 29 12. Arab dengichisi Ahmad ibn Majid yoramida Hindistongacha yetib borgan ekspeditsiya rahbarini aniqlang. A) Bartalameu Diash B) Vaska da Gama C) Villem Yanszon D) Fernando Magellan 13 / 29 13. Yevropada ... Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi. A) demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyoqarashning shakllanishi B) rivojlangan shahar madaniyati, Antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish C) industrial svilizatsiyaning jadal rivojlanishi D) sex ishlab chiqarishi o'rnini manufakturalar egallashi 14 / 29 14. Quyidagi rasmda tasvirlangan o’sha davr tarixchisi tomonidan "u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib insoniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...", deb yozib qoldirilgan asarni aniqlang. A) Rafael Santining "Sikstin Madonnasi" asari B) Mikelanjelo Buonarrotining "David"asari C) Rembrandtning "Adashgan o'g'ilning qaytishi" asari D) Leonarda da Vinchining "Jokonda" asari 15 / 29 15. Agrar sivilizatsiyadan sanoat ishlab chiqarishi va industrial sivilizatsiyaga o‘tish uchun asos yaratgan omilni aniqlang. A) Buyuk fransuz burjua inqilobi B) Angliya burjua inqilobi C) Sanoat inqilobi D) Buyuk geografik kashfiyotlar 16 / 29 16. Rasmda tasvirlangan olimning kashfiyotlari to'g'ri berilgan javobni toping. 1)mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi; 2)olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi; 3)butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi; 4)Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi 5)ko‘zguli teleskopni kashf qildi; 6)yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi; A) 1, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 4, 5, 6 D) 2, 4, 6 17 / 29 17. Dastlab Italiyada Gumanizm g'oyasi paydo bo'lgan paytda yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)Germaniyadagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashadilar; 2)Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi; 3)turklarning Bolqondagi dastlabki bosqinlari yuz bergan; 4)Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati parchalanib ketadi. 5)Oltin O'rdada siyosiy nizolar davri boshlangan; 6)Mustaqil Songai davlati tuzilgan; 7)Usmonli turklarda asirga olingan sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tashkil etila boshlangan; A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6, 7 D) 2, 3, 4, 5 18 / 29 18. Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat bu… A) Industrial jamiyat B) Feodal jamiyat C) Sinfiy jamiyat D) Kapitalistil jamiyat 19 / 29 19. XVI asrda Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi bo’lgan Antverpen shahri hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan? A) 13 B) 4 C) 3 D) 12 20 / 29 20. Quyidagi qaysi davlatda 1524-yilda Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo‘zg‘oloni boshlangan davlat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 2 B) 12 C) 11 D) 16 21 / 29 21. Yangi tarix davrining birinchi bosqichi qaysi davrni o'z ichiga oladi? A) An'anaviy jamiyat yakunlanganidan Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo'lgan davrni B) Buyuk geografik kashfiyotlardan Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo'lgan davrni C) Buyuk geografik kashfiyotlardan Birinchi jahon urishining yakunigacha bo'lgan davrni D) Birinchi jahon urushi yakunlanganidan Ikkinchi jahon urushi tugashigacha bo'lgan davrni 22 / 29 22. Yangi davr boshlarida yuz bergan narx-navo inqilobiga sabab bo'lgan omilni aniqlang. A) Yevropaga Amerikadan g'alla va kumushning oqib kelishi B) Yevropadan Amerikaga arzon ishchi kuchining oqib kelishi C) Yevropada ikki dalali almashlab ekishdan uch dalali almashlab ekishga o'tilishi D) XV asrdan Sharq mamlakatlari mahsulotlarining Yevropaga keltirilishining cheklanishi 23 / 29 23. Okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella qachon yaratilgan? A) XV asr oxirida B) XV asr boshlarida C) XVI asr boshlarida D) XIV asr oxirida 24 / 29 24. X. Kolumb ekspeditsiyasi 1492-yil 12-oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador orolini kashf etgan. Bu orol xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan A) 10 B) 11 C) 9 D) 12 25 / 29 25. Ingliz Muhandisi Stefenson tomonidan parovoz ixtiro qilingan yilni aniqlang. A) 1784-yil B) 1814-yil C) 1775-yil D) 1714-yil 26 / 29 26. Mashxur gollandiyalik rassom Remrandt tavallud topgan yilda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi – Jeymstaun tashkil qilindi. B) Xivada Arab Muhammadxonning o'g'illari Habash va Elbars Sultonlar isyon ko'tardi. C) Avstraliya Gollandiya mulki deb e'lon qilindi. D) Polsha Moskvani bosib oldi. 27 / 29 27. Rasmda tasvirlangan, geliosentrik nazariyaga asos solgan olimni aniqlang. A) Nikolay Kopernik B) Galileo Galiley C) Isaak Nyuton D) Jordano Bruno 28 / 29 28. Elektrdan foydalanishning asoslarini yaratgan italiyalik olimni aniqlang. A) M.Faradey B) G.Devi C) A.Volta D) A.Amper 29 / 29 29. 6. Qachondan boshlab Yevropaning savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chgan? A) XV asr ikkinchi yarmidan B) XVII asr birinchi yarmidan C) XVI asr birinchi yarmidan D) XVI asr ikkinchi yarmidan Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi