Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №7 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №7 InfoMaster May 4, 2023 439 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №7 32-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Muhammad Shayhoniyxon Farg'onani egallagan yilda Bobur Mirzo hokimiyati o‘rnatilgan shahar hozirgi kunda qaysi Respublikaning poytaxti hisoblanadi? A) Turkmaniston B) Afg'oniston C) Ozarbayjon D) Pokiston 2 / 40 2. XVI asrning oxirida Eron hukmdori shoh Abbos Buxoro xonligiga bostirib kirib, qaysi shaharlarni egallaydi? A) Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirot shaharlarini B) Hisor, Termiz, Badaxshon, Balx shaharlarini C) Balx, Badaxshon, Hisor, Chog'aniyon shaharlarini D) Seyiston, Mozondaron, Balx, Sabzavor shaharlarini 3 / 40 3. Sayido Nasafiy to`g`risidagi no`to`g`ri hukmni toping A) Undan 220 dan ortiq hikmat meros qoldi B) Uni mashhur qilgan ,,Hayvonotnoma“ nomli majoziy munozara asari edi C) A ) U Nasaf (Qarssh) shahrida tug‘ilgan D) Zamondoshlari uni „Buxoro shoirlari taxtida sulton“ deb ulug‘laganlar 4 / 40 4. Astronom olimlarni aniqlang. A) 3,5,7,9 B) 2,4,6 C) 1,2,3,9 D) 2.4 5 / 40 5. Quyida berilgan amaldorlar va ularni turli ishlarga buyurgan hukmdorlarni mos ravishda belgilang A) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohimbiy B) Amir Shohmurod-Polvonquli qurchi; Amir Haydar-Ernazarbiy C) Amir Nasrullo- Ernazarbiy; Amir Haydar- Polvonquli qurchi D) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohim parvonachi 6 / 40 6. 1806-yilgi Buxoro-Xiva o`rtasidagi urushda Xiva qo`shinlari qayerda mag`lubiyatga uchradi ? A) Sirdaro bo`ylari B) Zarafshon daryosi bo`ylari C) Marv yaqinida D) Amudaryo qirg`oqlari 7 / 40 7. Xiva xonligining qo`ng`irotlardan bo`lgan qaysi hukmdori o`zini xon deb e`lon qildi va rasman davlatda qo`ng`irotlar hukmronligi o`rnatildi ? A) Avaza Muhammad -1790-yil B) Olloqulixon-1830-yil C) Muhammad Rahimxon I-1825-yil D) Eltuzarxon-1804-yil 8 / 40 8. Quyida berilganlardan qaysi ma`lumotlar yasovulboshiga tegishli ? 1)xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan 2)maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishiga javobgar bo`lgan 3)xonning qo`riqlanishiga javobgar 4)qo`shinga qo`mondonlik qilgan 5)qo`shinning holati uchun javobgar bo`lgan 6)turkman qabilalaridan tuzilgan qo`shinni boshqargan A) 2,3,4,5 B) 1,5,6 C) 1,2,3,5 D) 1,2,3,4,6 9 / 40 9. Munis Xorazmiyning 20 mingdan ortiq misradan iborat devoni nomini toping. A) “Oshiqlar tumori” B) “Oshiqlar yuragi” C) “Oshiqlar do'sti” D) “Oshiqlar olami” 10 / 40 10. Dishan qal’a kimning davrida bunyod etilgan? A) Muhammad Rahimxon B) Muhammad Aminxon C) Avaz Muhammad inoq D) Olloqulixon 11 / 40 11. Amir Nasrulloning Qo'qon xonligiga qilgan ikkinchi yurishi nima sababdan muvaffaqiyatsiz tugadi? A) Xiva xoni Olloqulixonning Buxoroga qilgan yurishi B) Qishning erta kelishi va amir qo'shiniarining yurishdan bosh tortishi C) Qo'qon xonligiga Musulmonqul boshchiligidagi qipchoqlarning yordamga kelishi D) Buxoroda amirga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon 12 / 40 12. Ma’lumki, Qo'qon xonlari mamlakatda barqarorlikni saqlash uchun o‘troq va ko‘chmanchi turli urug‘ va qabilalar o‘rtasida manfaatlar muvozanatini hisobga olishga majbur bo‘lishgan. Quyidagilardan qay birlari aynan mana shu jarayonni eng ko‘p darajada hisobga olishgan edi? 1) Umarxon; 2) Sheralixon; 3) Olimxon; 4) Norbo'tabiy; 5) Madalixon. A) 1, 5 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 3 13 / 40 13. Qaysi Qo'qon xoni shahar atrofini devor bilan o'ratgan? A) Abdulkarimbiy B) Erdona C) Abdurahimbiy D) Shohruxbiy 14 / 40 14. Qo'qon xonlaridan qay birining nomiga “Sohibqiron” unvoni qo'shib yozilgan? A) Xudoyorxon B) Umarxon C) С) Norbo'tabiy D) Olimxon 15 / 40 15. XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyoda eng katta davlatni aniqlang. A) Buxoro amirligi B) Afg'oniston C) Qo'qon xonligi D) Xiva xonligi 16 / 40 16. O’rta Osiyo xonliklarini ilk bor tuzilgan muntazam qo‘shinlari miqdori bilan muvofiqlashtiring. 1)Buxoro amirligi; 2) Xiva xonligi; 3) Qo'qon xonligi. a)800 ta piycda, 250 ta otliq; b) 10 ming; c) 2 ming. A) 1-a, 2-c, 3-b; B) 1-c, 2-a, 3-b; C) 1-a, 2-b, 3-c; D) 1-b, 2-c, 3-a; 17 / 40 17. Umarxon tomonidan ishg‘ol etilgan Turkiston shahri qaysi mamlakatga qaramligini e’tirof etgan edi? A) Rossiya B) Kichik juz C) Buxoro D) Xitoy 18 / 40 18. Mahalliy hokimlar zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan? 1)Soliqlar miqdorini tasdiqlash; 2)Qo‘shinga qo'mondonlik qilish; 3)Moliya ishlarini boshqarrsh; 4)Amaldorlarni, soliq tushumini kuzatib boruvchi nazoratchilarni tayinlash; A) ) barchasi B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3 19 / 40 19. Quyidagi okruglardan qay biri eng muhim o'rin tutib, xon u yerga o'z qarindoshlarini yoki eng ishonchli kishilarini hokim etib tayinlagan? A) Qo'qon B) Andijon C) Toshkent D) Marg'ilon 20 / 40 20. Qo'qon xonligida mehtar lavoziminidagi shaxs... A) ijroiya va harbiy ishiar uchun javob bergan mingboshining o'rinbosari edi B) soliq ishlari uchun javobgar bo'lgan qo'shbegining o'rinbosari edi C) moliya ishlari uchun mas’ul bo'lgan devonbegining o'rinbosari edi D) mahalliy hokimliklar uchun javob bergan okrug raisining o'rinbosaro edi 21 / 40 21. Qo'qon xonlaridan qay birining davrida Usmonlilar davlatidan sifatli tayyorlangan miltiq(vintovka) olib keltirilgan? A) Olimxon B) Xudoyorxon C) Umarxon D) Madalixon 22 / 40 22. Qo'qon xonligi qo'shini harbiy harakatlarni boshlashdan oldin qanday qismlarga bo'lingan? A) ilg'or, burong'or, juvong'or, markaz B) navkariya, qoracherik, qilquyruq, qoraqozon C) sipoh, sarboz, to'pchi, maxsus bo'lim D) ilg'or, maymana, maysara, markaz 23 / 40 23. Qaysi Qo'qon xoni davrida Rossiya bilan savdo yo'li ochilgan? A) Amir Umarxon B) Norbo'tabiy C) Olimxon D) Xudoyorxon 24 / 40 24. Qo‘qon xonligining qaysi xon hukmronligidagi davri ichki va tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishilgan davr bo'lgan? A) Abdurahimbiy B) Umarxon C) Norbo'tabiy D) Erdonabiy 25 / 40 25. Qo'qon xonligida shogirdpeshalar deb kimlarni aytishgan? A) Harbiy xizmatga layoqati yetmagan kishilarni B) Qozi askar va qozi rais nomidan ish ko'ruvchi harbiy sudlovning kichik mansabdorlari C) O'z saviyalariga yarasha, to'plagan tajribalariga tayangan holda askarlarga ta’lim beruvchi maxsus harbiy ta’lim olmagan kishilarni D) Maktab va madrasalarda ta’lim beruvchi o'rtacha bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan kishilarni 26 / 40 26. Qo'qon xonligidagi siyosiy shaxslardan qay biri “Diniy ta’iim menga o'zimni tanitdi” degan jumlani aytgan? A) Aliquli B) Madalixon C) Normuhammad D) Musulmonqul 27 / 40 27. Qaysi davrga kelib Qo‘qon xonligidagi askarlar soni 30 ming kishiga yetadi? A) XIX asrning o'rtalarida B) Madalixon davrida C) XIX asrning 30-40-yillarida D) XVIII asming so'nggi choragi 28 / 40 28. Qo'qon xonligi va Rossiya imperiyasi hududlarini ajratib turuvchi geografik hududni belgilang. A) Talas daryosi B) Oqmola shahri C) Raim istehkomi D) Bedpakdala cho'li 29 / 40 29. “ ... shahri qal’asi ikkita himoya devori bilan o'ralgan. Uning ichida yana devor bilan o'ralgan bir nechta binolar ham qurilgan. Binoiarda askarlarning otlari, qurol- yarog'lari, zaxirasi saqlangan. Ayni vaqtda askarlarning yashashi uchun ham xonalar bo'lgan...” Ushbu faktlar qaysi shahar haqida bormoqda? A) Marg'ilon B) Qo'qon C) Toshkent D) Xiva 30 / 40 30. Bobur Mirzoning ming urug‘idan uylangan farzandi o‘g‘il farzand ko‘rib, unga qanday ism qo'yiladi? A) Oltinbeshik B) Abdurahim C) Davlatyor D) Tangriyor 31 / 40 31. Qo'qon xonligiga qaysi qabila tomonidan asos solingan? A) kenagas B) mang'it C) ming D) qatag'on 32 / 40 32. Xonlikda qo'shin muftiysi tomonidan berilgan fatvo ijrosini ta’minlanishini nazorat qilgan amaldor qanday atalgan? A) muhtasib B) qozi askar C) qozi rais D) qozi muftiy 33 / 40 33. Muhammad Alixon qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1810-1822-yillar B) 1822-1841-yillar C) 1850-1863-yillar D) 1842-1850-yillar 34 / 40 34. Qo‘qon xonligida mavjud bo'lgan qilquyruq, qoraqozon kabi atamalar nimani anglatgan? A) nomuntazam qo'shin turlari B) qo'ylaming turlari C) saroyning maxsus lavozimlari D) urug' nomlari 35 / 40 35. Qo‘qon xoni Norbo'tabiy xonlikda siyosiy barqarorlikka erishgach, o‘z vafoti oldidan katta o‘g‘li Muhammad Aminbekni... ga, o'rtancha o‘g‘li Olimbekni esa ... ga hokim etib tayinlagan. A) Marg'ilon; To'raqo'rg'on B) To'raqo'rg'on; Marg'ilon C) Chust; Marg'ilon D) Farg'ona; Marg'ilon 36 / 40 36. Sirdaryo o'rta oqimining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i (Qurama mavzesi) hududlari qaysi xon davrida qo‘shib olingan? A) Olimxon B) Sulton Mahmudxon C) Abdukarimbiy D) Umarxon 37 / 40 37. Olimxon davrida zarb etilgan kumush tanga pul qanday nomlangan? A) dirham B) tanga C) dinor D) fals 38 / 40 38. XIX asrda xonlik qo'shinidagi tartib-qoidalar berilgan variantni aniqlang. 1)Askarlik ro‘yxatiga olingan kishi o'z xohishiga ko‘ra undan chiqib keta olmagan; 2)Askarlik xizmatida bo'lganlar mansab darajasiga qarab oylik olishgan; 3)Muntazam qo'shinga olish meros tarzida bo'lib, ota vafot etsa yoki harbiy xizmatga noloyiq bo'lib qolsa, o'rniga o‘g‘li chaqirilgan; 4)Tinchlik vaqtlarida har kuni askarlarning 1/10 qismiga oila a’zolari bilan ko'rishib kelishga ruxsat etilgan; 5)Oiladan yolg'iz erkak bo'lsa ham xizmatga chaqirilgan; 6)Qaysi hududning qancha askar yuborishi hukumat tomonidan avvaldan belgilab qo'yilgan; A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 2, 3, 4, 6 39 / 40 39. Xonlikdagi 500 tadan 1000 tagacha askardan iborat qo'shin qanday nomlangan? A) tug‘ B) hazora C) bayroq D) tabl 40 / 40 40. Buxoro amirligidan farqli ularoq, Qoqon xonligida ... lavozim egalarining nufuzi nihoyatda yuqori bo'lgan. A) diniy B) harbiy C) mahalliy D) devon Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz