Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №8 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №8 InfoMaster Aprel 7, 2023 116 Ko'rishlar 667 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №8 36-40-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Yunoniston B) Xitoy C) Germaniya D) Fransiya 2 / 30 2. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato ekanligini aniqlang. A) Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. B) eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida bunyod etilgan. C) Misr iyerogliflari yozilgan bitiktosh topilgan Rozett shaharchasi Qohira shahridan uncha uzoqda joylashmagan. D) Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar kohinlarga qarab aniqlaganlar. 3 / 30 3. Doro I hukmronligining birinchi yili... A) Marg'iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo'zg'oloni ko'tarildi. B) Misrda Ahamoniylarga qarshi yirik qo'zg’olon bo'lib o'tgan. C) Saklar ustiga yurish boshlangan. D) Sug'diyonada yirik qo'zg'olon boshlangan. 4 / 30 4. Hindistonda ilm-fan, xususan, qaysi sohalarida yuksak darajaga erishadi? A) tarix va geografiya B) astronomiya va matematika C) tibbiyot va tarix D) geografiya va astronomiya 5 / 30 5. Drakont qonunlarini arzimagan darajada buzganlik uchun qanday jazo berilgan? A) jarima B) oʻlim C) qullikka mahkum qilingan D) oila a’zolari asirlikka berilgan 6 / 30 6. «Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas», «Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir», - kabi mashhur hikmatlar muallifini aniqlang. A) Demokrit B) Diogen C) Geraklit D) Suqrot 7 / 30 7. Xorazm hududida joylashgan qadimiy shaharlarni va ularga oid ma’lumotlarni to'g'ri muvofiqlashtiring. 1) Qo'yqirilgan qal’a; 2) Tuproqqal’a; 3)Oybo'yirqal’a; 4) Qal’aliqir; a)O'rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilgan; b)Mahalliy hukmdorning qarorgohi bo'lgan ulkan qal’a bunyod etilgan; c)Aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan; d)Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlarva qushlar tasviri bilan bezatilgan. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 8 / 30 8. Qadimgi Rim armiyasida necha yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olardi? A) 30 yosh B) 20 yosh C) 17 yosh D) 19 yosh 9 / 30 9. Buyuk Ipak yo'li orqali O'rta Osiyo xalqlari .... A) dunyo madaniyatining ilg'or yangiliklaridan bahramand bo'lolmadilar B) qator istilolarga uchrab, jahon madaniy taraqqiyotidan orqada qolib ketdilar C) G'arb va Sharqning faqat iqtisodiy yutuqlari bilan tanishdilar. D) G'arb va Sharqning iqtisodiy va madaniy yutuqlari bilan tanishdilar 10 / 30 10. Etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashaganlar? A) shimoli-gʻarbiy B) shimoli-sharqiy C) gʻarbiy D) shimoliy 11 / 30 11. Quyidagi yunon xudolari bilan Rim xudolarini taqqoslang.1)Poseydon 2) Gefest 3) Artemida 4) Ares a)Vulkan b) Neptun c) Mars d) Diana A) 1-b 2-d 3-a 4-c B) 1-c 2-b 3-d 4-a C) 1-b 2-a 3-d 4-c D) 1-b 2-a 3-c 4-d 12 / 30 12. Qadimgi Rim qonunchiligiga oid asosiy xususiyatni aniqlang. A) qonunlar imperatorning cheksiz hokimiyatini ta’minlar edi B) qonunlar plebeylar va patritsiylar tomonidan yaratilgan C) qonunlar og’zaki bo’lgan D) qonunlar mohiyatini diniy tushunchalar tashkil etardi 13 / 30 13. Qadimgi Rimda qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks-sadoga va hokazolarga qarab fol ochish bilan shug’ullangan kohinlar? A) Vestalkalar B) Avgurlar C) Buyuk pontifik D) Pontifiklar 14 / 30 14. Ipak yo'li orqali O'rta Osiyoning turli hududlaridan Xitoyga qanday mahsulotlar chiqarilganligini aniqlang.1) Su'g'diyonadan; 2) Baqtriyadan; 3)Farg'onadan; 4) Badaxshondan; a)jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar; b) tuyalar; c) la’l; d) zotli otlar. A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 15 / 30 15. Buyuk Ipak Yo’li qaysi asrlarda mavjud bo’lgan? A) mill.avv. II asr- milodiy XVI asr B) mill.avv. IV asr- milodiy X asr C) milodiy I-VIII asrlar D) mill.avv. III asr- milodiy VII asr 16 / 30 16. Quyidagilardan atamalar va ularning ma’nosi mos kelgan javobni aniqlang. 1)villa 2) akveduk 3) freska 4) mozaika 5) forum a)xom suvoqqa ishlangan rasmlar b)osma suv quvurlari c)shahar markazi d)shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar e)shohona boʻlgan uy-joylar A) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c B) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b, 5-c C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e D) 1-e, 2-b, 3-a, 4-d, 5-c 17 / 30 17. Zama shahri yaqinidagi jangda g'alaba qozongan sarkardani aniqlang. A) Ssipion B) Gannibal C) Mark Krass D) Yuliy Sezar 18 / 30 18. Mil. avv. 509-yilda kim mamlakatga saylab qoʻyilgan hukmdorni oʻldirib, hokimiyatni egallab oldi? A) Oktavian Avgust B) Mark Krass C) Trayan D) Magʻrur Tarkviniy 19 / 30 19. Quyidagilardan qay biri Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar sanalgan? A) qullar B) qurbonlik uchun ho’kizlar, qo’ylar yoki echkilar C) oq-harir liboslar D) g’alla 20 / 30 20. Oʻnta patrisiydan iborat hay’at qonunlar yozma majmuasini tuzishni oxiriga yetkaza olmagach, plebeylardan iborat Rim qoʻshinlari isyon koʻtaradilar. Ular Rim atrofidagi qaysi togʻga ketib qoladilar? A) Muqaddas B) Golgof C) Alp D) Vezuviy 21 / 30 21. Afrikaning shimoliy sohillarida joylashgan Karfagen shahar davlati qaysi xalqlar koloniyasi hisoblanadi? A) finikiyaliklar B) yunonlar C) etrusklar D) italiklar 22 / 30 22. Qaysi xudo Rim davlatining homiysi deb hisoblangan? A) Neptun B) Morfey C) Mars D) Yupiter 23 / 30 23. Aka-uka Romul va Remni Ona boʻridan soʻng kim topib oladi va tarbiyalaydi? A) dehqon B) choʻpon C) bogʻbon D) savdogar 24 / 30 24. Buyuk Ipak yo'lining yo'nalishini to'g'ri ketma-ketlikda ko'rsating. A) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, 0‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya, O'rtayer dengizi sohillari B) Sariq dengiz sohili, O'rta Osiyo, Eron, Sharqiy Turkiston, Mesopotamiya, O'rtayer dengizi sohillari C) Sariq dengiz sohili, O'rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron, Mesopotamiya, O'rtayer dengizi sohillari D) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Mesopotamiya, Eron, O'rtayer dengizi sohillari 25 / 30 25. Qadimda savdo yo'llari orqali Hindistondan O'rta Osiyoga asosan qanday mahsulotlar olib kelingan? A) shisha buyumlar va qimmatbaho toshlar B) tuya va jun mahsulotlari C) turli ziravorlar, shoyi matolar D) ip-gazlama matolar va paxta chigiti 26 / 30 26. Qadimgi Rimda diniy marosimlar oʻtkazilishini kimlar nazorat qilishgan? A) vestalkalar B) patrisiylar C) avgurlar D) pontifiklar 27 / 30 27. Karfagen sarkardasi Gannibalni nima uchun rimliklarni mag’lubiyatga uchratganidan so’ng aholi qo’llab quvvatlamadi? A) muvaffaqiyatlardan g’ururlangan askarlar uy-uyiga tarqagan edi; B) oddiy xalq jangda yuraverib toliqib bo’lgan edi; C) yollanma qo’shinlarning mamlakatni talon-taroj qilib tashlaganligi; D) bundan buyon Karfagen g’alaba qila olmas edi; 28 / 30 28. Puna urushlari natijasida Sitsiliyadagi yo’qotishlar uchun Karfagen quldorlari qaysi hududni bosib oldilar? A) Sardiniya B) Ispaniya C) Krit D) Kichik Osiyo 29 / 30 29. Xitoyda qaysi sulola hukmronligi davridan beda ekini ekila boshlangan bo'lib, keyinchalik u butun Shimoliy Xitoy bo'ylab keng tarqalgan? A) Xan sulolasi B) Shan sulolasi C) Sin sulolasi D) Chjou sulolasi 30 / 30 30. Qachondan boshlab Rim davlati respublika deb yuritiladigan boʻldi? A) Mil. avv. VI asr boshidan B) Mil. avv. V asr boshlaridan C) Mil. avv. VI asr oxiridan D) Mil. avv. VI asr oʻrtalaridan Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz