Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №1 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №1 InfoMaster Aprel 6, 2023 226 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 4, 5 2 / 30 2. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari B) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi C) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari 3 / 30 3. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Fransiya B) Germaniya C) Xitoy D) Yunoniston 4 / 30 4. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi B) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi C) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi D) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi 5 / 30 5. Mezolit davri oxirida... A) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. B) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. C) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. D) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. 6 / 30 6. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 5 7 / 30 7. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Kichik Osiyoda B) Sharqiy Yevropada C) O’rta Osiyoda D) Old Osiyoda 8 / 30 8. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi B) muzlik davrining poyoniga yetishi C) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi D) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi 9 / 30 9. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Mezolit davrida B) Bronza davrida C) Eneolit davrida D) Neolit davrida 10 / 30 10. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi B) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi C) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi D) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi 11 / 30 11. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 3, 4 B) 1, 5, 7 C) 4 D) 2, 3, 6 12 / 30 12. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) bronza davriga kelib B) neolit davrida C) so'nggi paleolit davrida D) mezolit davrida 13 / 30 13. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti B) Hindiston, Eron va Mesopotamiya C) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim D) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo 14 / 30 14. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi B) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi C) Buyuk muzlik davrining boshlanishi D) urug' jamoalarining vujudga kelishi 15 / 30 15. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Neolit B) Mezolit C) Eneolit D) Bronza 16 / 30 16. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 4, 5, 2, 3, 6, 1 B) 5, 4, 3, 2, 6, 1 C) 5, 4, 1, 2, 6, 3 D) 5, 3, 4, 2, 1, 6 17 / 30 17. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-c, 3-d B) 1-b, 2-d, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-d D) 1-a, 2-b, 3-c 18 / 30 18. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6 19 / 30 19. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Mezolit B) Bronza C) So‘nggi paleolit D) Neolit 20 / 30 20. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi B) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan C) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi D) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi 21 / 30 21. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Misrda B) Surxondaryoda C) Kavkazda D) Ispaniyada 22 / 30 22. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Misr va Kavkazortida B) Falastin va Hindistonda C) Kichik Osiyo va Eronda D) Mesopotamiya va Indoneziyada 23 / 30 23. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi B) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi C) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi D) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi 24 / 30 24. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan B) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan C) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi D) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan 25 / 30 25. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) Ilk paleolit B) So'nggi paleolit C) Mezolit D) O'rta paleolit 26 / 30 26. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 27 / 30 27. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) qoyatosh suratlari bilan B) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan C) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan D) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan 28 / 30 28. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) ilk paleolit B) so‘nggi paleolit C) o‘rta paleolit D) mezolit 29 / 30 29. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) Ibtidoiy jamoa tuzumi B) urug' C) qabila D) ibtidoiy to'da 30 / 30 30. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Obishir B) Qo'shilish C) Zarautsoy D) Machay Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz