7-sinf Jahon tarix №3

4

7-sinf Jahon tarix №3

15-21-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Qayerlik ma’rifatparvar olimlar insoniyat tarixini «qadimgi tarix», «o‘rta tarix» va «yangi tarix»larga bo‘lib o‘rganishni taklif etishgan?

2 / 40

2. Qaysi hukmdor davridan boshlab franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashib yagona xalqqa aylana boshlashgan edi?

3 / 40

3. Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini qo‘shib olagan paytda sodir bo’lgan voqeani toping.

4 / 40

4. Dastlab vujudga kelgan Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga Germaniya hududidan tashqari yana qaysi hudud ham kirgan?

5 / 40

5. Karolinglar davrida qirol tomonidan grafliklarga berilgan qaysi mansab ularning hokimyatini kuchaytirgan edi?

6 / 40

6. Xitoy tarixiga oid quydagi ma’lumotlardan biri asrga oid bo’lmagan javobni aniqlang.

7 / 40

7. O`rta asrlar Yevropasida dastlab o`quvchilar – triviumda qaysi sohalarni egallashi kerak edi? 1.grammatika 2.matematika 3.ritorika 4.musiqa 5.dilektika 6.astronomiya 7.arifmetika 8.geometriya

8 / 40

8. O`rta asrlarda o`z davlatida maorif tizimiga katta hissa qo`shgan davlat rahbarlarini aniqlang.

9 / 40

9. Arab xalifalari va ular davrida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Usmon 2.Ali 3.Umar 4.Abu Bakr a)Muhammad(s.a.v.)vafotidan keyin xalifalikka saylanadi; b)hukmronligini o‘z raqiblari bilan to‘xtovsiz urushlarda o'tkazadi; c)arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab,Amudaryo sohillariga chiqadi; d)arablar Falastin,Suriya,Misr va Liviyani istilo qilganlar;

10 / 40

10. Quyidagi qaysi xalifa davrida Arabiston yarim oroli aholisi islomni to’liq qabul qildi?

11 / 40

11. IX-X asrlardayoq yuksala boshlagan Yevropa shaharlarni aniqlang. 1)London 2)Venetsiya 3)Parij 4)Genuya 5)Brugge 6)Florensiya 7)Marsel 8)London 9)Sevilya 10)Tuluza

12 / 40

12. Yevropada sexlarning tabaqalanishi qaysi yirik shaharlarda boshlanadi? 1) Florensiya 2) Bazel 3) Perudja 4) Bristol 5) London 6) Siena 7) Parij

13 / 40

13. Dastlabki banklar qachon va qaysi davlatning yirik shaharlarida paydo bo‘lgan.

14 / 40

14. O`rta asr shaharlari xo`jaligini asosini tashkil etgan sohani aniqlang.

15 / 40

15. O’rta asrlarda shaharlarda bozorlar qurilishiga ehtiyoj tug‘dirgan omilni aniqlang.

16 / 40

16. Xristianlik dinining tarqalishi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1)Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qiladi 2)german qabilalari orasida tarqala boshlaydi 3)Kiyev Rusi va Bolgariya Vizantiyadan xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qiladi 4)Yevropada … dan boshlab tarqalgan. a)X asr oxiri b) V asr oxiri c) IV asr

17 / 40

17. Rim papasi Innokentiy III qaysi davlat hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi.

18 / 40

18. Yevropada Rohiblar ibodatdan bo'sh vaqtlarida nima bilan shug'ullangan?

19 / 40

19. Fransiyaning qator shaharlarida qaysi davrda senyorlarga qarshi kurash bo‘lib o‘tgan?

20 / 40

20. O‘rtа аsrlarda qaysi davlatning yirik shaharlаridа ahоli sоpоl quvurlаr оrqаli tоzа suv bilаn ta’minlаngаn, shaharni ахlаt vа chiqindilаrdаn tоzаlаsh, o‘t o‘chirish ishlаri yo‘lgа qo‘yilgаn?

21 / 40

21. Quydagi salib yurishlari qaysi voqealardan so’ng boshlangan? 1)uchinchi 2) birinchi 3) to’rtinchi 4) ikkinchi a)musulmon hukmdorlari Sharq va Janub tomondan salibchilarni siqib kelishi; b) Misr sultoni salibchilardan Quddusni tortib olishi; c) ritsarlarga vassallik qasamyodi qabul qilingani ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi lozimligi; d) ukasi tomonidan taxtdan tushirilib, ko‘ziga mil tortilgan Isaak II Angalga toj-u taxtni qaytarish;

22 / 40

22. Hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantirgan omilni aniqlang.

23 / 40

23. 8. Yevropada o’rta asr shaharlari qanday yerlarda tashkil topgan. 1)dushman hujumidan himoyalanishga qulay 2)aholi gavjum yerlarda 3) hunarmandlar o‘zlari yasagan 3)buyumlarni sota olish imkoniyati bo‘lgan joylarda 4) hunarmandchilik va savdo rivojlangan 5) xavfsizlik

24 / 40

24. Qaysi davlatlarda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig‘ib bergan. 1) Dehli sultonligi 2) Xitoy 3) Yaponiya 4) Hindiston 5) Eron 6) Arab xalifaligi

25 / 40

25. Diniy-ritsarlarning ordenlari va ularga oid ma’lumotlarni aniqlang. 1)gospitalyerlar 2) nemis ordeni 3) tampliyerlar ordeni a)Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan; b)Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so‘ng orden dastlab Rodos oroliga,bir necha asr o‘tib Maltaga ko‘chib joylashadi; c) Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan;

26 / 40

26. Lotinlar tomonidan Vizantiya hududlarini to`liq egallana olmaganligining sababi nima edi?

27 / 40

27. O`rta asrlarning rivojlangan davrida Yevropada savdoni rivojlantirish uchun dastlabki tosh yo`llarni yotqizish to`g`risidagi farmon dastlab qaysi davlatda boshlangan edi?

28 / 40

28. Yaponiyaning oʻrta asr shaharlarini qayerda qurilganligiga koʻra toʻgʻri tartibda joylashtiring? 1)Nagoya. 2) Xeyyan va Nara. 3) Sapai va Xyogo. 4) Otsu a)dengiz sohilida. b) budda ibodatxonalari yaqinida. c) qalʼa yaqinida. d) chorrahada va karvon yoʻli boʻylab.

29 / 40

29. Chet ellik savdogarlar quydagi shaharlarni qanday buyumlari yuqori baholaganlar. 1)Marv 2) Samarqand 3) G’ijduvon a)kulolchilik buyumlari b) gazlamalari va kiyimlari c) qog‘ozi va gazlamalari

30 / 40

30. Dastlab vujudga kelgan O`rta asr shaharlari feodal tomonidan qanday imtiyoz bilan taqdirlangan?

31 / 40

31. Konstantinopol shahriga asos solingan(a), va u ilk marotaba dushman o’ljasiga aylangan(b) yillar to’g’ri berilgan javobni toping.

32 / 40

32. Qaysi orden a'zolari xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan?

33 / 40

33. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Shimoliy savdo yo’li qaysi shaharlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilgan. 1) Parij 2) London 3) Bryugge 4) Bristol 5) Lyubech 6) Lyubek 7) Florensiya 8) Novgorod

34 / 40

34. O`rta asrlarda qaysi davlatda xalfa sexi- ziyofat uyushtirib, so`ng ustalikka ruxsat olgan?

35 / 40

35. Yirik markazlashgan qaysi davlatlarning paydo bo‘lishi savdoni yuqori daromad manbaiga aylantiradi. 1) Turk xoqonligi 2) Dehli sultonligi 3) Tan imperiyasi 4) Muqaddas Rim imperiyasi 5) Arab xalifaligi

36 / 40

36. XI asr oxiriga kelib Kichik Osiyo hududlarini to`liq bo`ysundirishga muvaffaq bo`lgan xalqlar?

37 / 40

37. Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik ajralib chiqqan yili ….

38 / 40

38. Raqamlar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni to’g’ri tartibda joylashtiring. 1) 200 ming 2) 0,5 mln 3) 1 mln 4) 20 ming 5) 1 mlndan ko’proq 6) 10 ming 7) 80-100 ming 8) 600-700 9) 100 minglab a) salibchi ritsarlar … qo’shin bilan Konstantinopolni egallashga muvofiq bo’lgan; b) salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida … musulmonni o‘ldiradilar; c) XVI asrda Pekinda … aholi bo‘lgan; d) xitoyliklar … odam sig‘adigan yirik kemalar-jonkalarni qurishgan; e) davlat soliqlaridan ozod etilgan yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan… qaram dehqonlar mehnat qilgan; f) Isfaxon, Sheroz shaharlarida … kishi yashagan; g) salib yurishlari paytida Konstantinopolni … aholisi bo‘lgan; h) Nankinda … aholi bo‘lgan; i) salib yurishlarida qatnashgan … kishilar halok bo‘lgan; j) Parij, Konstantinopol, Milan, Florensiya, Kordova, Seviliyada aholi yashagan;

39 / 40

39. Shahar kambag`allari qo`zg`olonlari bo`lib o`tgan yerlar berilgan javobni toping. 1) Florensiya 2) Milan 3) Perudja 4) Seviliya 5) Kyoln 6) Siena 7) Parij

40 / 40

40. Quydagi ma’lumotlarni qaysi shaharlarga oid ekanligini aniqlang. 1)Samarqand 2) Kioto 3) Buxoro 4) Xeyyan a)Sharq dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib,islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan; b) 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘lgan; c) O‘rta asr shoirlari va faylasuflari «sayqali ro‘yi zamin» - yer yuzining sayqali,husni,deb ta’riflaganlar; d) ko‘p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib qolgan;

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0