Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 69 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. “Temur tuzuklari”ga ko‘ra, Amir Temur vazirlarda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan? A) Asillik, toza nasllilik, aql-farosatlilik, sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishlik, sabr chidamlilik va tinchliksevarlik B) Aqlli, farosatli, raiyat ahvolidan xabardor bo‘lishi C) Sabr matonatlilik, chidamlilik, aqil farosatlilik, aholi orasida e’tiborga sazovor bo‘lgan shaxslar D) Xalqni sevuvchi, ardoqlovchi, xushmomila bo‘lishi 2 / 30 2. Sun sulolasi davrida Xitoyning … viloyatlarida hunarmand-to`quvchilar shoyi gazlamalarning o`nlab xillarini tayyorlaganlar. A) shimoliy B) g`arbiy C) janubiy D) sharqiy 3 / 30 3. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi? A) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi B) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi C) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi D) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi 4 / 30 4. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) imperiyani qayta tiklash B) ishchilarga saylov huquqi berish C) respublika tuzumini o‘rnatish D) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish 5 / 30 5. Turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisini toping. A) Yusuf Xos Hojib B) Abu Rayhon Beruniy C) Ahmad Yugnakiy D) Mahmud Qoshg‘ariy 6 / 30 6. 1409-yil bahorida Amir Xudoydot qayerda sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi? A) Qohira yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida B) Bag‘dod yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida C) Damashq yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida D) Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida 7 / 30 7. Qo‘qon xonligi va Rossiya savdo yo‘li qaysi hukmdor davrida ochilgan? A) Norbo‘tabiy B) Erdona C) Olimxon D) Abdulkarimbiy 8 / 30 8. “Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk alloma edi.” degan fikrlar kimga tegishli? A) Qozizoda Rumiy B) Bo‘riboy Ahmedov C) Maqsud Shayxzoda D) Volter 9 / 30 9. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 5, 6, 7 B) 1, 3, 7 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4 10 / 30 10. Angl-saks qirolliklaridagi qaysi sabab daniyalik istilochilarni qaytarish imkonini bermagan? A) ichki nizolar B) tashqi qo‘shinning inqirozi C) o‘zaro boshboshdoqlik D) qo‘shinning kuchsizligi 11 / 30 11. Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo‘yishgan? A) Plateya shahri yaqinida B) Gelespont bo‘g‘ozida C) Fermopil darasida D) Attika sohilida 12 / 30 12. Rim legionlari Yevropaga keta boshlagach kelt qabila boshliqlari nimalarga e’tibor bera boshladi? A) pul ishlab chiqarishga B) hamkorlikka C) o‘zaro urushlarga D) o‘zaro aloqalarga 13 / 30 13. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida ... A) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi B) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi C) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi D) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi 14 / 30 14. O‘rta asarlarda qaysi shahar charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Eloq B) Shosh C) Samarqand D) Buxoro 15 / 30 15. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy ilhomchisi deb bilgan Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Ahmad Ma’sudiy B) Abdulla Sabroniy C) Nasr Samarqandiy D) Sayid ibn Javhariy 16 / 30 16. XIX asr boshlarida Samarqand baland devor bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharga nechta darvozadan kirilgan? A) 10 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 12 ta 17 / 30 17. Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingunicha qaysi davlat tarkibida bo‘lgan? A) Fransiya B) Angliya C) Turkiya D) Avstriya 18 / 30 18. Quyidagi qaysi fan ilk o‘rta asrlarda Yevropa maktablarida o‘rgatilgan “yetti erkin san’at”ning kvadrium bosqichida o‘qitilmagan? A) astronomiya B) grammatika C) musiqa D) arifmetika 19 / 30 19. Xitoy imperatorlari saroyida qachon olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilgan? A) X asr B) XI asr C) VII asr D) VIII asr 20 / 30 20. VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” to‘plami kimlarga tegishli? A) franklarga B) slavyanlarga C) germanlarga D) vizantiyaliklarga 21 / 30 21. Tohiriylar davlati tugatilgan yilda qaysi alloma dunyoga kelgan? A) Abu Nasr Farobiy B) Al-Xorazmiy C) Abu Rayhon Beruniy D) Ahmad Farg‘oniy 22 / 30 22. Temza daryosi ustiga qurilgan Tauer ko‘prigining muhandisini toping. A) J. Tomas B) J. Uatt C) P. Marten D) G. Jons 23 / 30 23. Yaponiya qo‘shini Koreyaga qachon bostirib kirgan? A) 1592-yil B) 1637-yil C) 1627-yil D) 1593-yil 24 / 30 24. Temuriylar davrida qaysi shaharda 36 ta madrasa faoliyat yuritgan? A) Hirot B) Toshkent C) Samarqand D) Buxoro 25 / 30 25. Dastlabki muzeylar qayerlarda tashkil etilgan? A) ibodatxonalarda B) qirol qasrlarida C) zodagonlar uylarida D) bozorlarda 26 / 30 26. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) Qarshi shahrida B) Buxoro shahrida C) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan D) Samarqand shahrida 27 / 30 27. Qo‘qon xonligida “yovar” qanday harbiy mansab bo‘lgan? A) amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i B) artilleriya qo‘mondoni C) 500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni D) bunday harbiy mansab bo‘lmagan 28 / 30 28. Qadimda qaysi xalq xudolar odamlar orasida yashaydilar deb hisoblashgan? A) hindlar B) yunonlar C) misrliklar D) rimliklar 29 / 30 29. 12. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 30 / 30 30. “Yosh Italiya” jamiyatiga kim rahbarlik qilgan? A) J. Garribaldi B) J. Madzini C) V. Emmanuel D) K. Kavur 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz