9-sinf Biologiya olimpiada №3

0

9-sinf Biologiya olimpiada №3

2022-yil 13-oktabr:

2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 25

1. Odam yuragining chap bo‘lmachasi diastola holatida bo‘lgan vaqtda …

1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi

2 / 25

2. Quyida keltirilgan organizmlar nechta turkumga tegishli ekanligini aniqlang.

1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi

3 / 25

3. Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning bitta mikrosporasidagi xromosomalar sonini ko`rsating?

4 / 25

4. Qaysi javobda kalxat (a) va tasqara (b) uchun xos belgilar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) dumi ayri; 2) o‘lkamizdagi qushlarning eng yirigi;3) boshidagi patlari siyrak; 4) qanotlari keng va uzun;5) Markaziy Afrikada qishlaydi; 6) daraxt shoxiga in quradi;7) oqish patlari panjasimon yoziladi; 8) havoda balanduchadi; 9) yerda beso‘naqay qadam tashlaydi; 10) o‘laksalarbilan oziqlanadi; 11) sayhonlikda o‘laksa izlaydi;12) tirnoqlari kuchsiz

5 / 25

5. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari.

6 / 25

6. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon

7 / 25

7. Oksitrops qaysi oilaga (a), kanop qaysi turkumga (b), fillofora qaysi bo‘limga (c), cherkez qaysi sinfga (mansubligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

8 / 25

8. Lansetnik (va zog‘ora baliq (b)ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayirish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat; 2) eshitish organi ichki quloqdan iborat; 3) nerv sistemasi tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat; 4) yuragi ikki kamerali; 5) muskullari ikki yon tomonda tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan; 6) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi ko‘krak qafasini hosil qiladi

9 / 25

9. Zuhrasochning sporofiti uchun xos bo‘lgan (va xos bo‘lmagan (javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo‘rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o‘simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o‘simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega.

10 / 25

10. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang.

11 / 25

11. Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan?

12 / 25

12. Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar

13 / 25

13. Quyidagilardan ayrim jinsli (va germafrodit (hayvonlarni aniqlang. 1) jigar qurti; 2) lansetnik; 3) mol kanasi; 4) tridakna; 5) bo‘rtma nematodasi; 6) qizil chuvalchang

14 / 25

14. Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz

15 / 25

15. O‘simlikxo‘r umurtqali (a), yirtqich umurtqasiz (hayvonlarni aniqlang. 1) arxar; 2) tillako‘z; 3) kolorado qong‘izi; 4) jayron; 5) miqqiy; 6) falanga; 7) zubr; 8) chirildoq; 9) biy; 10) qaldirg‘och

16 / 25

16. II qon guruhiga ega rezus musbat, sog‘lom qizning katta qon aylanish doirasi arteriyalaridagi qon plazmasida qanday moddalar bo‘ladi?

17 / 25

17. Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

18 / 25

18. Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan?

19 / 25

19. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi.

20 / 25

20. Gulqo‘rg‘oni oddiy (I) va murakkab (II) bo‘lgan o‘simliklarni murakkab (va oddiy (to‘pgullari bo‘yicha ajrating. 1) bug‘doy; 2) piyoz; 3) makkajo‘xorining changchi guli; 4) tok; 5) sholi; 6) qashqarbeda; 7) jag‘-jag‘; 8) gilos; 9) makkajo‘xorining urug‘chi guli; 10) sebarga

21 / 25

21. Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar turlari (sistematik birlik nomi) keltirilgan javobni aniqlang.

22 / 25

22. Dengiz ekosistemasida uchraydigan suvo‘tlari keltirilgan javobni aniqlang.

23 / 25

23. Ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo‘lgan ayrim jinsli (va germafrodit (organizmlarni aniqlang. 1) oq planariya: 2) baqachanoq; 3) bitiniya: 4) tilyapiya; 5) krevetka; 6) yomg‘ir chuvalchangi; 7) treska; 8) askarida; 9) suv shillig‘i; 10) qizil chuvalchang.

24 / 25

24. Quyidagilardan baliqlarning qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) yuragi uch kamerali; 2) yuragi ikki kamerali; 3) bitta qon aylanish dorasiga ega; 4) ikkita qon aylanish dorasiga ega; 5) jabra orqali nafas oladi; 6) postembrional davrda terisi va o‘pka orqali nafas oladi

25 / 25

25. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Yashil bronza qo‘ng‘izi xonqizi qo‘ng‘izi kabi ... .1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) yirtqich hayot kechiradi; 3) o‘simlik qismlari bilan oziqlanadi; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0