Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 10-sinf Kimyo olimpiada №3 Kimyo olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Kimyo olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 301 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Kimyo olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. {N2 + 3H2 = 2NH3 + Q} reaksiyaning muvozanatini o‘ngga siljitish uchun bosim (1) va temperaturani (2) qanday o`zgartirish (a – oshirish, b - kamaytirish) kerak? To‘g‘ri moslikni tanlang. A) 1-a, 2-b B) 1-b, 2-a C) 1-b, 2-b D) 1-a, 2-a 2 / 25 2. 1,42 g P4O10 suvda eritilganida kislotali eritma hosil bo‘ldi. Uni to‘liq neytrallash uchun 1,0 M NaOH eritmasidan 20,0 ml sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan fosfor saqlovchi kislotaning kimyoviy formulasini aniqlang. A) FeCl₃ B) NH₄N₃ C) O₂ D) HPO₃ 3 / 25 3. Katodda 3,36 g kadmiy ajralib chiqishi uchun kadmiy sulfat eritmasidan 0,402 А kuchga ega bo’lgan tok qancha vaqtda o’tishi kerakligini aniqlang. A) 4 B) 2 C) 5 D) 3 4 / 25 4. 22,4 gr xromli temirtosh uglerod bilan qaytarilganda hosil bo’lgan aralashmani eritish uchun necha ml 7,3 % (ρ= 1,2 g/ ml ) li xlorid kislota eritmasi zarur. A) 300 B) 250 C) 180 D) 275 5 / 25 5. HCOOH→ CO₂ + H₂ reаksiyaning 140◦C dаgi tezlik kоnstаntаsi 5,75 ∙10⁻⁴ gа, 185◦C dа esа 9,2 ∙10⁻³ gа teng. Reаksiyaning hаrоrаt kоeffisientini tоping. A) γ = 1,8433 B) γ = 1,5333 C) γ = 2,5333 D) γ = 2,8433 6 / 25 6. Cl- elektron konfiguratsiyasi keltirilgan qatorni toping. A) B B) A C) D D) C 7 / 25 7. 45˚C da suvning ion ko`paytmasi 4,0×10-14 ga teng. Shu temperaturada toza suvning pH qiymatini aniqlang. A) 7.0 B) 6.7 C) 7.3 D) 13.4 8 / 25 8. Qaysi elementning 1,00 gr na`munasi eng ko`p molekulani o`zida saqlaydi? A) Oltingugurt, S₈ B) Ozon, O₃ C) Oq fosfor, P₄ D) Bakminsterfulleren, C₆₀ 9 / 25 9. CaCO3 + Q (issiqlik) ⇆ CO2+CaO reaksiyada sistema muvozanatini o’ng tomonga siljitish uchun quyidagilardan qaysilarini amalga oshirish kerak? 1) haroratni ko’tarish; 2) bosimni oshirish; 3) haroratni pasaytirish; 4) CO2 konsentratsiyasini kamaytirish; A) 2,3 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,4 10 / 25 10. Pastda keltirilgan atomlarni atom radiusi kamayib borishi taribida joylashtiring. Pb, P, Cl, F, Si A) Pb > Cl > P > Si > F B) Pb > Si > P > F > Cl C) Cl > F > Pb > Si > P D) Pb > Si > P > Cl > F 11 / 25 11. Tartib raqami 19 bo`lgan element atomlarida nechta elektron pog`ona bor? A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta 12 / 25 12. Tarkibida 10% qo`shimchalari bo`lgan 50 g ohaktoshdan necha g karbonat angidrid olish mumkin? A) 19.8 B) 10 C) 5 D) 5.6 13 / 25 13. HCN 0,010 M li eritmasining dissotsiyalanish darajasi qancha? (К = 6,2 × 10-10 kislotalik konstantasi) A) 2,5% B) 0,0025% C) 0,25% D) 0,025% 14 / 25 14. C3H8O formulaga nechta izomer to`g`ri keladi? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 15 / 25 15. Naproksenda qancha uglerod atomi sp-, sp2- va sp3- gibridlanishda hamda molekulada qancha π-bog` mavjud? A) sp = 0, sp² = 11, sp³ = 3, π = 5 B) sp = 0, sp² = 10, sp³ = 4, π = 5 C) sp = 1, sp² = 9, sp³ = 4, π = 5 D) sp = 0, sp² = 11, sp³ = 3, π = 6 16 / 25 16. Na[V(CO)₆] kompleksida vanadiyning oksidlanish darajasi qanday? A) +3 B) +5 C) +6 D) -1 17 / 25 17. O`zgarmas harorat va hajmli germetik konteyner ichiga 3:1 mol nisbatda mos ravishda vodorod va azot joylandi, tegishli katalizator ishtirokida ammiak gazi hosil bo`ldi. Muvozanat qaror topganidan so`ng vodorod parsial bosimi kvadratining ammiak parsial bosimiga nisbati 0.2 ga teng bo`lsa, N2(g) + 3H2(g) → 2NH3(g) reaksiyasining muvozanat kanstantasi Kp ni hisoblang. A) 65 B) 75 C) 85 D) 55 18 / 25 18. Tarkibida 75% sof malaxit bo`lgan 200 g mineraldan qancha g mis (II) oksid ajratib olish (Cu(OH)2·CuCO3 = 2CuO + CO2 + H2O) mumkin? Reaksiya unumi – 0.9. A) 87.57 B) 144.15 C) 97.3 D) 108.11 19 / 25 19. Qaysi kvant sonlar kombinatsiyasini real atomga qo`llash mumkin? Kvant sonlarning kelish ketma – ketligi – [bosh kvant son (n), orbital kvant son (l), magnit kvant son (ml), spin kvant son (ms)]. A) [ 3, 0, 0, -1/2 ] B) [ 1, 0, +1/2, +1/2 ] C) [ 3, 2, 1, 1 ] D) [ 2, 2, 1, +1/2 ] 20 / 25 20. Tabiiy mis 63 va 65 izotoplardan iborat bo`lib, uning atom massasi 63.54 ga teng. Har bir izotopning tabiatdagi molyar ulushini mos ravishda aniqlang. A) 73 % va 37 % B) 73 % va 27 % C) 83 % va 27 % D) 78 % va 27 % 21 / 25 21. NaxSOx+2 tarkibli tuzning 1 g ida 4.24·1021 ta oltingugurt atomi bo`lsa, x ni aniqlang. A) 1 B) 2 C) 4 D) 3 22 / 25 22. I₃- da markaziy atom I gibridlanishini aniqlang. A) sp² B) d²sp C) sp³ D) dsp³ 23 / 25 23. 0,1 M li 1 ml ikki valentli metal saqlagan eritmaning rangi och pushti bo`lib, unga 1 ml konsentirlangan HCl kislota eritmasi qo`shilsa, eritma rangi yorqin-ko`k rangga o`zgaradi. Metall ionini aniqlang. A) Ca²⁺ B) Co²⁺ C) Cu²⁺ D) Mn²⁺ 24 / 25 24. Reaksiyaning tog`ri reaksiya tezlik konstantasi 2,3×106 s-1 ga, muvozanat konstantasi 4,0 × 108 ga teng. Teskari reaksiya tezlik konstantasi nechaga teng? A) 1,7×10² s⁻¹ B) 1,l × 10⁻¹⁵ s⁻¹ C) 9,2×10¹⁴ s⁻¹ D) 5,8 ×10⁻³ s⁻¹ 25 / 25 25. Quyidagi ikki atomli molekulalardan qaysi biri eng yuqori bog` energiyasiga ega. A) N₂ B) H₂ C) CO D) O₂ 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 9-10-11 sinflar Kimyo olimpiada №6