9-sinf Tarix olimpiada №3 Sentabr 28, 2022Sentabr 28, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Tarix olimpiada №3 ga fikr bildirilmagan. 9 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar? A) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng B) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng C) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng D) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng 2 / 25 2. Ilk budda tasvirlari Yaponiyaga yetib borishida qaysi davlat muhim rol o`ynagan? A) Koguryo B) Silla C) Pekche D) Mali 3 / 25 3. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Shimoliy Fransiyada B) Shimoliy Vizantiyada C) Janubiy Vizantiyada D) Janubiy Fransiyada 4 / 25 4. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan? A) uzoq davom etgan qonli urushlardan keyin B) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan C) koloniyalarning birlashtirilishi natijasida D) koloniyalarning o‘zlashtirilishi natijasida 5 / 25 5. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) lyuksemburglar B) frankoniyaliklar C) shtaufenlar D) saksoniyaliklar 6 / 25 6. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. A) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari; B) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi; C) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi. D) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi; 7 / 25 7. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi? A) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi B) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi C) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi D) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi 8 / 25 8. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. B) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. C) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. D) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. 9 / 25 9. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? A) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan B) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan C) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan D) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan 10 / 25 10. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi? A) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng B) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng C) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng D) “Cho‘li Jaloliy” da bo‘lgan jangdan so‘ng 11 / 25 11. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. B) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. C) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. D) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. 12 / 25 12. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) rus, arab, tojik B) fransuz, ingliz, nemis C) turk, arab, fors D) yapon, xitoy, koreys 13 / 25 13. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang? A) sharqiy va g‘arbiy Afrika B) g‘arbiy va shimoiy Afrika C) shimoliy va sharqiy Afrika D) janubiy va sharqiy Afrika 14 / 25 14. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? A) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab- quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi B) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi C) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi D) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi 15 / 25 15. Qadimgi hindlarning diniy e’tiqodiga oid quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud? A) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, yer yuzida qurg‘oqchilik tugadi B) Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo‘lgan C) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog‘liq bo‘lmasligi bilan farqlanadi D) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar 16 / 25 16. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Turkiya, Eron, Misr B) Tabariston, Damashq, Misr C) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston D) Ko‘niya, Jazira, Eron 17 / 25 17. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? A) Yunonlar va Arab xalifaligi B) Rim va Vizantiya C) Vizantiya va Arab xalifaligi D) O‘rta Osiyo va Hindiston 18 / 25 18. Florensiyada shahar hokimlari to‘plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, qaysi sohalarni yuksaltirganlar? A) savdo-sotiq, me’morchilik B) haykaltaroshlik va rassomchilik C) haykaltaroshlik va savdo-sotiq D) binokorlik va haykaltaroshlik 19 / 25 19. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar kirgan? A) Xorazm va Margʻiyona B) Margʻiyona va Soʻgʻdiyona C) Xorazm va Parfiya D) Soʻgʻd va Xorazm 20 / 25 20. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi? 1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga; 2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga; 3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga; 4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga; 5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga; A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4 21 / 25 21. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar? 1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom; 2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish; 3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi; 4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish; 5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik; 6) mustahkam qal’a va saroylar qurish. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 6 22 / 25 22. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Amir Temur hikmatlari” B) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” C) “Buyuk Temur tarixi” D) “Temur tuzuklari” 23 / 25 23. XIX asrning so‘nggi choragida AQSh iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab nima? A) latifundiyalarning bekor qilinishi B) AQShning dunyo imperiyasiga aylanishi C) XVIII asrdagi barqaror iqtisodiy o‘sish D) dunyoning turli burchaklarida ulkan mustamlakalarning qo‘lga kiritilishi 24 / 25 24. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi B) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari C) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida D) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi 25 / 25 25. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Kebekxon B) Munke C) Abulxayrxon D) Tug‘luq Temur 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix olimpiada