10-sinf Tarix olimpiada №3 Sentabr 28, 2022Sentabr 28, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Tarix olimpiada №3 ga fikr bildirilmagan. 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyidagi inshootlardan qaysi birining bo‘yi balandroq? A) Trayan ustuni B) Ulug‘bek rasadxonasi C) Ajinatepa buddasi haykali D) Sfinks haykali 2 / 25 2. O`zbekiston SSRda “Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi …… tasdiqlangan. A) 1929-yil iyulda B) 1925-yil noyabrda C) 1925-yil fevralda D) 1925-yil dekabrda 3 / 25 3. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi “Nizom loyihasi” bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha. a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, b, 2-c, d B) 1-a, c, 2-d, e C) 1-a, d, 2-b, e D) 1-a, c, 2-b, d 4 / 25 4. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 B) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 C) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 D) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 5 / 25 5. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1920-yil yozi va kuzida B) 1918-yil bahorining oxiri va yozida C) 1919-yil qishining oxiri va bahorida D) 1919-yil yozining oxiri va kuzida 6 / 25 6. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar). A) knyaz Vatslav - Piastlar sulolasi - xristian dini B) qirol Filipp IV – “Yuz yillik urush” - Tyudorlar sulolasining tugashi C) imperator Yustinian I - ostgotlar - Ravenna D) qirol Karl Martell - Puate janggi - Muqaddas Rim imperiyasi 7 / 25 7. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 8 / 25 8. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Mo‘ynoq va Nukus volostida B) Biybozor va Nukus volostida C) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida D) Chimboy va Biybozor volostida 9 / 25 9. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan B) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan C) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan D) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan 10 / 25 10. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Parij va London B) Venetsiya va Anqara C) Antverpen va Venetsiya D) Lissabon va Seviliya 11 / 25 11. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) uchinchi bosqichi B) to‘rtinchi bosqichi C) ikkinchi bosqichi D) birinchi bosqichi 12 / 25 12. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 4, 5 13 / 25 13. Noto‘g‘ri javobni toping. A) Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. B) Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, toqqa chekinadi. C) Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi D) Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. 14 / 25 14. Kimning esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A) N. Muravyov B) N. Ignatyev C) Blankennagel D) F. Beneveni 15 / 25 15. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 3, 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 2 D) 3, 2, 1 16 / 25 16. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) soliq B) iqtisodiyot C) sud D) moliya 17 / 25 17. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini B) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini C) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini D) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini 18 / 25 18. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi B) Sharqiy Turkiston va Yettisuv C) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non D) Buxoro va Xiva xonligi 19 / 25 19. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; B) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; C) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; D) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; 20 / 25 20. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Yirik pomeshchiklarga soliq solish B) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi C) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi D) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi 21 / 25 21. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Ryurik B) Oleg C) Vladimir D) Yaroslav 22 / 25 22. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 23 / 25 23. Quyidagilardan asr boshida yuz bergan voqeani aniqlang. A) Yevropa savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi B) okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi C) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar D) Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetdi 24 / 25 24. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) respublika tuzumi o‘rnatish B) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish C) ishchilarga saylov huquqi berish D) imperiyani qayta tiklash 25 / 25 25. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi? A) Liviya B) Efiopiya C) Eritreya D) Somali 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix olimpiada