11-sinf Tarix olimpiada №2 Sentabr 28, 2022Sentabr 28, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Tarix olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 1 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 “Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat bo‘lib aynan ikkinchi qismida nimalar bayon etilgan? A) Jahongirning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pand nasihatlaridan iborat B) Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi C) Feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish D) Amir Temurning yetti yoshi (1342-yil) dan to vafotiga (1405-yil, 18-fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati 2 / 24 Malik ush- shuaro” unvoniga sazovor bo’lgan shoir o’zining she’rlarida nimalarni ayovsiz fosh etgan? A) Subhonqulixonning xalqni og’ir soliqlarga duchor etganligini B) Jamiyatdagi jabr-zulm,mehnatkashlarning og’ir ahvolini C) Yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini D) Qirg’in – barot urushlarni 3 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri B) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri C) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri D) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri 4 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) yengil avtomabil eksporti B) yalpi ichki mahsulot hajmi C) chetga kapital chiqarish D) neft mahsulotlari importi 5 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi B) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi C) Mamlakatning markazlashuvi D) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi 6 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) xorazmlik jangchilar B) sak va baqtriya suvoriylari C) so‘g‘d va massaget suvoriylari D) sak va massaget piyodalari 7 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj B) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish C) yangi tabaqalar shakllanishi D) mehnat taqsimoti 8 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. B) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. C) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. D) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. 9 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi B) Islom dining qabul qilinishi C) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi D) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti 10 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Argentina B) Meksika C) Braziliya D) Peru 11 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Ukraina B) Belorussiya C) Estoniya D) Moldaviya 12 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Vizantiya va turklar bilan B) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan C) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan D) Arablar va yahudiylar bilan 13 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 14 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; B) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; C) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; D) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; 15 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 B) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 C) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 D) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 16 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin B) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non C) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh D) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non 17 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi B) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi C) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi D) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi 18 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish B) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish C) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish D) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish 19 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 20 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Ravzat us-safo” B) “Habib us-siyar” C) “Al-Komil fit-tarix” D) “Tarixi jahonkusho” 21 / 24 XIX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatda yagona fuqarolik ham bo‘lmagan? A) Germaniya B) Fransiya C) Angliya D) Shvetsiya 22 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy B) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni C) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib D) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma 23 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Basra B) Marog‘a C) Garni D) Arzinjon 24 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1919-yil 27-mart B) 1918-yil 20-noyabr C) 1918-yil 22-noyabr D) 1918-yil 25-iyun 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix olimpiada