7-sinf Tarix olimpiada №1 Aprel 29, 2022Aprel 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 7-sinf Tarix olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 1 12345678910111213141516171819202122232425 7-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Ilk o’rta asrlarda ……. xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg’ona orqali sharqiy Turkistonga kirib Xitoy hududlarigacha yetib boradi? A) Sug’d tili B) Xitoy tili C) Arab tili D) Turk tili 2 / 25 ”Mening bilishimcha urushlar ichida bunday urushni hali hech kim ko’rmagan.” Geradot qaysi jang haqida yozgan? A) Kir II va To’maris o’rtasidagi jang haqida B) Doro I va Shiroq o’rtasidagi jang haqida C) A.Makedonskiy va Spetamen o’rtasidagi jang haqida D) Arablar va Muqanna o’rtasidagi jang haqida 3 / 25 O’zlashtiruvchi xo’jalikka nimalar kiradi? A) Termachilik va dehqonchilik B) Termachilik va ovchilik C) Denqonchilik va chorvachilik D) Chorvachilik va ovchilk 4 / 25 Tarixning maxsus fanlar va ularning vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 1. Arxeologiya 3. Etnografiya 2. Antropologiya 4. Lingvistlar a.Moddiy-ashyoviy manbalar asosida tarixni o’rganuvchi fan b. Qadimgi tillarni o’rganuvchi fan c. Xalqlarning udumlari, xo’jalik va madaniyat an’analarini o’rganuvchi fan d. Qadimgi odamlarning qiyofasini o’rganuvchi fan A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 5 / 25 Issiqko’l janubi,Qoshg’ar yag’molari,shimoli-sharqda chigil,sharqda o’g’uz qabilalarini birlashtirgan ulkan hudud dastlab qanday atalgan? A) Xoqoniya B) Qarluqlar o’lkasi C) Qorluqlar davlati D) Xoniya 6 / 25 Somoniylar davlatida hujjatlar va elchilik aloqalari bilan qaysi devon shug’ullangan? A) Amid ul-mulk B) Ariz C) Mustavfiy D) Sohibi-shurat 7 / 25 O’rta asrlar tarixining birinchi davriga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang 1.Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi 2. Natural xo’jalkining inqirozi 3.Yangi feodal jamiyatga o’tish 4. Feodallar va qaram dehqonlar toifalarining shakillanishi 5. Yirik feodal davlatlarining paydo bo’lishi A) 2,3,4 B) 2,4,5 C) 1,2,3 D) 3,4,5 8 / 25 O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida qaysi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi? A) Ali Qushchi,Beruniy B) M.Saidjonov,Y.G’ulomov C) Mirzo Ulug’bek,Beruniy D) V.Bartold,Vyatkin 9 / 25 VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligida … A) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi B) Muqanna qo‘zg‘oloni ko‘tarildi C) abbosiylar hukmronligi barham topdi D) hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi 10 / 25 Kserks qo’shinlari qaysi bo’g’ozga kelib,podsho buyrug’i bilan bir kilometrdan uzun ko’prik qurildi? A) Gellespont bo’g’ozi B) Gibraltar bo’g’ozi C) Salamin bo’g’ozi D) Balabak bo’g’ozi 11 / 25 Arab xalifaligining bir qismi bo’lgan Ispaniyaga qarshi Buyuk Karl qachon yurushni amalga oshirgan? A) 773-yilda B) 778-yilda C) 772-yilda D) 780-yilda 12 / 25 Ilk o‘rta asrlarda Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi sodir bo‘lgan qanday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi? A) dehqonlarning kadivarlarni ekspluatatsiya shaklida ishlatishi B) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi C) ekin maydonlarining barchasi qishloq oqsoqollari hamda urug‘ va qabila boshliqlari qo‘lida to‘planishi D) ko‘chmanchi chorvador xion qabilasining hujumi 13 / 25 Kim zamondoshlari tomonidan “Jahon hayrati”deb nom olgan? A) Fridrix II B) Rudolf Gabsburg C) Grigoriy IX D) Fridrix I Barbarossa 14 / 25 Finikiyaliklarning dastlabki koloniyalari qayerlarda tashkil etilgan? A) Apenin yarim oroli va Afrika sohillarida B) Krit oroli va Apenin ya o sohilida C) Krit oroli va Shimoliy Afrika sohilida D) Krit oroli va Kichik Osiyo sohilida. 15 / 25 Tutmos II ning Falastin va Suriyani bosib olish uchun uyushtirgan hujumlari qachon boshlangan? A) Mil.av 1650-yil B) Mil.av 1600-yil C) Mil.av 1500-yil. D) Mil.av 1450-yil 16 / 25 Xiyoniylarning Sug‘dga bostirib kirishidan 48 yil oldin …1) zaiflashgan Qang‘ davlatidan Xorazm davlati ajralib chiqdi; 2) xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chirdi 3) Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi; 4) Katdagi Al-Fir qasrida yangi saroy qurildi; 5) Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb ettira boshladilar; 6) Sosoniylar hukmdori Pero‘z eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi. A) 2, 4, 5 B) 1, 4, 6 C) 3, 4, 5 D) 5, 6 17 / 25 Birlashgan Millatlar Tashkiloti qachon tuzilgan? A) 1950-yil 30-oktabr B) 1948-yil 9-may C) 1945-yil 24-oktabr D) 1941-yil 22iyun 18 / 25 Orol dengizi bo’ylarida Sirdaryoning quyi oqimida saklarning qaysi guruhi yashagan? A) Saka-xaumovarka B) Saka-tiay-taradarayya C) Saka- tigra- hauda D) Massagetlar 19 / 25 Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar B) kadivar — erkin ziroatchi C) dehqon — qishloq hokimi D) chokar — dehqon qo‘riqchisi 20 / 25 VI asrda Vizantiyaning yirik savdo hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. 1.Konstantinopol 2.Aleksandriya 3.Antioxiya 4.Edessa 5.Quddus 6.Afina A) 3,4,5,6 B) 1,4,5,6 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4 21 / 25 Xalifa Umar davrida islom davlati tarkibiga kiritilgan davlatlarni aniqlang? 1.Falastin 2.Misr 3. Liviya 4.Suriya 5.Kavkaz 6.Eronning bir qismi 7.Xuroson 8.Kichik Osiyo A) 2,3,4,5,6 B) 1,2,6,7,8 C) 1,2,3,4.6 D) 3,4,5,6,7 22 / 25 Quyidagi Germaniya shaharlardan qaysi biri movut,surp,metal buyumlar,qurol-aslaha yasashda yetakchi bo’lgan? 1.Kyoln 2.Ulm 3.Vorms 4.Augsburg 5.Nyurenberg 6.Frankfurt A) 4,5,6 B) 2,4,5 C) 1,2,6 D) 1,3,6 23 / 25 Favqulodda vaziyatlar ro’y berganda tayinlanuvchi yakkaboshchi hukmdor nima deyiladi? A) Strateg B) Diktator C) Dinastiya D) Konsul 24 / 25 Shaharning mustahkam labirintli darvoza og‘zi istehkomi darvozaxonasi bo‘lgan… Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g‘arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo‘lgan uch minorali hukmdor qasri qad ko‘targan. Yuqoridagi ta’rif qaysi shahar xarobasiga tegishli? A) Bolaliktepa B) Yunosobod Oqtepasi C) Turoqqal’a D) Jonbosqal’a 25 / 25 O’rta asr shaharlaridan qaysilari monastirlar atrofida paydo bo’lgan? A) Sveybryukken,Bryugge,Sen-Gallen B) Myunster,sen-Gallen,Sen-Dene C) Padeborn,Bremen,Strastburg D) Strastburg,Gamburg, Austburg 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix olimpiada