Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 10 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang. 1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter. A) 1, 4, 2, 3 B) 4, 1, 2, 3 C) 1, 4, 3, 2 D) 4, 1, 3, 2 2 / 25 2. O`rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining kelgan yillari bilan muvofiqlashtiring. 1.A.Byorns 2.I.Volf 3.A.Murkroft 4.J.Abbot a)1843 b)1844 c)1832 d)1825 A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 3 / 25 3. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) respublika tuzumi o‘rnatish B) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish C) ishchilarga saylov huquqi berish D) imperiyani qayta tiklash 4 / 25 4. Noto‘g‘ri javobni toping. A) Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. B) Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi C) Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, toqqa chekinadi. D) Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. 5 / 25 5. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) moliya B) iqtisodiyot C) soliq D) sud 6 / 25 6. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar). A) imperator Yustinian I - ostgotlar - Ravenna B) qirol Filipp IV – “Yuz yillik urush” - Tyudorlar sulolasining tugashi C) knyaz Vatslav - Piastlar sulolasi - xristian dini D) qirol Karl Martell - Puate janggi - Muqaddas Rim imperiyasi 7 / 25 7. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang. 1) Inglizlarning Markaziy Osiyoga A.Byorns boshchiligida yuborgan elchilari Buxoroga kirib keldi; 2) Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi; 3) Inqilob natijasida Iyul monarxiyasi quladi, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4) Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra yirik sanoat markazlariga 144 ta o‘rin ajratib berildi; 5) Urugvay to‘la mustaqillikka erishdi; 6) Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon qilindi. A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 3, 5, 6 8 / 25 8. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 5 9 / 25 9. Lotin Amerikasiga AQSH kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang. A) XIX asr boshlari B) XX asr boshlari C) XIX asr oxiri D) XIX asr o‘rtalari 10 / 25 10. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Ryurik B) Vladimir C) Oleg D) Yaroslav 11 / 25 11. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Biybozor va Nukus volostida B) Mo‘ynoq va Nukus volostida C) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida D) Chimboy va Biybozor volostida 12 / 25 12. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 13 / 25 13. Quyidagilardan asr boshida yuz bergan voqeani aniqlang. A) Yevropa savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi B) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar C) Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetdi D) okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi 14 / 25 14. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan B) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan C) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan D) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan 15 / 25 15. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini B) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini C) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini D) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini 16 / 25 16. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) birinchi bosqichi B) to‘rtinchi bosqichi C) uchinchi bosqichi D) ikkinchi bosqichi 17 / 25 17. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Antverpen va Venetsiya B) Lissabon va Seviliya C) Venetsiya va Anqara D) Parij va London 18 / 25 18. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1919-yil qishining oxiri va bahorida B) 1920-yil yozi va kuzida C) 1918-yil bahorining oxiri va yozida D) 1919-yil yozining oxiri va kuzida 19 / 25 19. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Sharqiy Turkiston va Yettisuv B) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi C) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non D) Buxoro va Xiva xonligi 20 / 25 20. Kimning esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A) Blankennagel B) F. Beneveni C) N. Muravyov D) N. Ignatyev 21 / 25 21. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 1, 2, 3 22 / 25 22. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi B) Yirik pomeshchiklarga soliq solish C) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi D) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi 23 / 25 23. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi “Nizom loyihasi” bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha. a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, c, 2-b, d B) 1-a, c, 2-d, e C) 1-a, d, 2-b, e D) 1-a, b, 2-c, d 24 / 25 24. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 3, 2, 1 B) 1, 2, 3 C) 3, 1, 2 D) 1, 3, 2 25 / 25 25. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; B) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; C) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; D) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz