Fizika attestatsiya №12

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №12

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Moddiy nuqta tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni υ=4t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 5-sekundda o‘tgan yo‘li qanday (m)?

2 / 40

2. Uch yer radyusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi.Yer sirtidagiga nisbatan qanday bo’ladi?

3 / 40

3. Jism 125 m balandlikdan 30 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. U yerga qancha vaqtdan (s) so`ng tushadi? Havoning qarshiligini hisobga olmang. g=10 m/s².

4 / 40

4. Zichligi suv zichligidan 3 marta kata massasi esa 27 kg bo’lgan jismni suvda harakatsiz ushlab turush uchun qanday kuch kerak. (N)

5 / 40

5. Jism yo’lning 1/3 qismini 20m/s, qolgan qismini 30m/s tezlikda bosib o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezligini aniqlang (m/s).

6 / 40

6. 72 km/h tezlik bilan harakatlanganda 40 kN qarshilik kuchini yengadigan avtobus divigatelining quvvatini (kW) toping?

7 / 40

7. 10 kg massali jism ishqalanish koeffitsiyinti 0,24 bo’lgan gorizantal tekislikda tinch turibdi. Unga 32N kuch ta’sir qila boshladi. Jismga ta’sir qilayotgan ishqalanish kuchini toping.

8 / 40

8. Geliy gaziga izoxorik tarzda 90 J issiqlik miqdori berildi, so‘ngra gaz izobarik sovitilganida 150 J issiqlik miqdori ajralib chiqdi. Gazning ichki energiyasi necha J o‘zgardi?

9 / 40

9. Magnit induksiya chiziqlari tik pastga yo‘nalgan. Bu maydonga perpendikulyar yo‘nalishda elektron uchib kirdi. Uning trayektoriyasi qanday?

10 / 40

10. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qan­day kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2

11 / 40

11. Uy temperaturasidagi termistordan o`tayotgan tokning kuchi 4 mA edi. Termistor isitilganda tokning kuchi 0,01 A bo`lgan. Isitilmagan termistor qarshiligi isitilgan termistornikidan necha marta katta?

12 / 40

12. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

13 / 40

13. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday?

14 / 40

14. Og‘irlik deb ...

15 / 40

15. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi?

16 / 40

16. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg.

17 / 40

17. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

18 / 40

18. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

19 / 40

19. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir?

20 / 40

20. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

21 / 40

21. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

22 / 40

22.
 

Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

23 / 40

23. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi?

24 / 40

24. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

25 / 40

25. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

26 / 40

26. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi?

27 / 40

27. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m  massali yuk vertikal bo`ylab a  tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k  bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi?

28 / 40

28. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s.

29 / 40

29. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada?

30 / 40

30. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping.

31 / 40

31. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating.

32 / 40

32. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi?

33 / 40

33. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping.

34 / 40

34. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng?

35 / 40

35. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m).

36 / 40

36. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish  vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2.

37 / 40

37. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

38 / 40

38. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi?

39 / 40

39. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima?

40 / 40

40. Kislorod atomining ionizatsiya energiyasi 14 eV. Bu atom uchun fotoeffektning qizil chegarasi (nm) topilsin. h=6,63·10-34 J s, 1 eV= 1,6·10-19 J.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

99 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0