Fizika attestatsiya №12

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №12

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Tosh tik yuqoriga V0 =30 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining 4/5 qismiga teng bo’ladi?

2 / 40

2. Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)?

3 / 40

3. Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

4 / 40

4. 20 kg massali jism ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lgan gorizontal tekislikda tinch turibdi. Unga 22 N kuch ta’sir qila boshladi. Jismga ta’sir qilayotgan ishqalanish kuchini toping.

5 / 40

5. Yig’uvchi linzaning bosh optic o’qiga nisbatan 30° burchak ostida yorug’lik tushmoqda. Agar nur linzadan o’tgach bosh optic o’qdan 20cm masofada unga parallel tarqalsa, linzaning focus masofasini aniqlang (m).

6 / 40

6. 28,8 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan 1000 kg massali avtomobil motor o’chirilgach yana 50 m yo’l yurib to’xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi qanday (N)?

7 / 40

7. 20 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 5 s da to‘xtadi. Avtomobilning tormozlanish yo‘lini aniqlang (m).

8 / 40

8. Teng yarmi yerga ko‘milgan diametri 1 m bo‘lgan 5 kg massali shar berilgan. Uni yer sirtidan balandligi 3 m bo‘lgan stol ustiga chiqarish uchun og‘irlik kuchiga qarshi qancha ish (J) bajarish kerak? g=10 m/s²

9 / 40

9. Ipga osilgan musbat zaryadlangan sharcha vertikaldan 45o ga og‘ib turib qoldi. Agar musbat zaryadli sharcha massasi 160 mg bo‘lsa, sharchalar zaryad miqdori qancha (nC)?  d=3cm

10 / 40

10. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2

11 / 40

11. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 10A bolsa, katoddan 1000 s da nechta elektron chiqadi? e = 1,6·10-19 C.

12 / 40

12. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m  massali yuk vertikal bo`ylab a  tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k  bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi?

13 / 40

13. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada?

14 / 40

14. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating.

15 / 40

15. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

16 / 40

16. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

17 / 40

17.
 

Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

18 / 40

18. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

19 / 40

19. Kislorod atomining ionizatsiya energiyasi 14 eV. Bu atom uchun fotoeffektning qizil chegarasi (nm) topilsin. h=6,63·10-34 J s, 1 eV= 1,6·10-19 J.

20 / 40

20. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping.

21 / 40

21. O‘lchamlari 4 ·6 m2 bo‘lgan tomga normal atmosfera bosimida havo qanday kuch (kN) bilan bosishini hisoblang? Normal sharoitda atmosfera bosimi 101308 Pa deb hisoblansin.

22 / 40

22. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg.

23 / 40

23. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan  iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday?

24 / 40

24. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang.

25 / 40

25. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi.

26 / 40

26. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir?

27 / 40

27. Harakatsiz turgan jismning zichligi 840 kg/m3 ga teng. Jism inersial sanoq sistemasiga nisbatan 0,4 c tezlik bilan harakatlansa, bu sanoq sistemasida jismning zichligi qanday qiymatga (g/sm3 ) ega bo`ladi?

28 / 40

28. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi?

29 / 40

29. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

30 / 40

30. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday?

31 / 40

31. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

32 / 40

32. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi?

33 / 40

33. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m).

34 / 40

34. Og‘irlik deb ...

35 / 40

35. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N).

36 / 40

36. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi?

37 / 40

37. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng?

38 / 40

38. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish  vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2.

39 / 40

39. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi?

40 / 40

40. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω).

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

99 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0