Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №11 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №11 InfoMaster Avgust 1, 2022 266 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №11 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan? A) 1-2 B) 0-3 C) 0-1 D) 2-3 2 / 40 2. Jism R radiusili aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Aylananing 1/3 qismini o’tganda, yo’l va ko’chish moduli nimaga teng bo’ladi? A) 2 B) 1 C) 4 D) 3 3 / 40 3. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan “Neksiya” avtomobili 25 s davomida tezligini 36 km/soat dan 72 km/soatga oshirdi. “Neksiya” avtomobilining tezlanishini toping (m/s²). A) 36 B) 25 C) 10 D) 0.4 4 / 40 4. Ikki jism bir nuqtadan bir vaqtda biri yuqoriga , ikkinchisi pastga otildi. Ikkovi ham vertikaldan 60° burchak ostida 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, 2 s dan so’ng ular orasidagi masofa necha metr bo’ladi? A) 60 B) 40 C) 80 D) 50 5 / 40 5. Jism biror balandlikdan erkin tashlanganda oxirgi ikki sekundda 160m yo’l yurdi. Jism tashlangan balandlikni toping (m). A) 451,25 B) 85 C) 405 D) 361,25 6 / 40 6. Tebranish konturida induktivligi 1,2 mGenri bo’lgan g’altak va sig’imi 12 pF bo’lgan kondensatordan tashkil topgan. Bu konturda rezonans uyg’otadigan elektromagnit to’lqin uzunligini toping? (m) A) 585 B) 226 C) 457 D) 628 7 / 40 7. Aerostatdagi barometr 610 mm.sim.ust. ga teng bo’lgan bosimni ko‘rsatdi. U qanday balandlikda bo’lgan? A) 1,2 km B) 2,1 km C) 1,8 km D) 1,5 km 8 / 40 8. Teng yarmi yerga ko‘milgan diametri 1 m bo‘lgan 5 kg massali shar berilgan. Uni yer sirtidan balandligi 3 m bo‘lgan stol ustiga chiqarish uchun og‘irlik kuchiga qarshi qancha ish (J) bajarish kerak? g=10 m/s² A) 145 B) 105 C) 165 D) 175 9 / 40 9. Vodorod atomidagi elektron 7-sathdan 3-sathga o‘tganda E energiyali foton nurlaydi. Elektron 7-sathdan 2-sathga o‘tganda qanday energiyali foton nurlaydi? A) E/32 B) 9E/16 C) E D) 81E/32 10 / 40 10. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s. A) 2•10⁶ B) 3•10⁶ C) 6•10⁶ D) 0,2•10⁶ 11 / 40 11. Katodga 3 s davomida kelgan ionlaming umumiy zaryadi 9 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 1,5 B) 1 C) 3 D) 6 12 / 40 12. 100 km yo’lda 10 kg benzin sarflaydigan avtomobil divigateli yonilg’i bakining sig’imi 60 litr bo’lsa, avtomobil bakidagi yonilg’i bilan qancha yo’l bosadi? ρbenzin=710 kg/m3 A) 710 km B) 213 km C) 600 km D) 426 km 13 / 40 13. Massasi 2000 t bo‘lgan poyezd to‘g'ri chiziqli harakatlanayotib, tezligini 36 dan 72 km/soatga oshirdi. Impulsning o‘zgarishini toping. A) 2•10⁷ kg•m/s B) 4•10³ kg•m/s C) 2•10⁹ kg•m/s D) 10⁷ kg•m/s 14 / 40 14. Radiolampada elektronning katod yaqinidagi tezligi 0 ga, anod yaqinidagi tezligi 0,2 Mm/s ga teng. Elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo`lsa, elektronlar qanday tezlanish (m/s ) bilan harakat qiladi? A) 2 10 darajasi 10 B) 2 10 darajasi 12 C) 2 10 darajasi 15 D) 2 10 darajasi 13 15 / 40 15. Elektron atomni ionlashi uchun kamida qanday tezlikka (Mm/s) ega bo`lishi kerak? Atomning ionizatsiya energiyasi 0,392 •10-17 J. Elektron massasi 9,1• 10-31 kg. A) 3,22 B) 3,37 C) 2,94 D) 29,4 16 / 40 16. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,5 kN tortish kuchi, 500 N ishqalanish kuchi va havoning 200 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? A) 800 N B) 450 N C) 1050 N D) 200 N 17 / 40 17. Nomlari quyida zikr etilgan asboblarning qaysilari oq yorug’likni tarkibiy qismlarga (spektrga) ajratish uchun xizmat qiladi: 1) yassi ko'zgu; 2) yig'uvchi yupqa linza; 3) difraksion panjara; 4) shaffof uch yoqli prizma? A) faqat 4 B) 3 ,4 C) faqat 3 D) 1,2 18 / 40 18. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng. A) X=0,07 cos(12πt+π/2) B) X = 0,07•sin(6πt+π/2) C) X=0,7 cos(6πt+π/2) D) X=7cos(6πt+π/2) 19 / 40 19. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax •√L/C B) Imax=Umax /√LC C) Imax=Umax • √LC D) Imax=Umax • √C/L 20 / 40 20. Radioaktiv yadroning yarim yemirilish davri 3 sutkaga teng bo`lsa, 6 sutkadan so`ng yemirilmay qolgan yadrolar necha foizni tashkil etadi ? A) 50 B) 12,5 C) 41 D) 25 21 / 40 21. Oq yorug’lik bilan qizil, sariq, yashil, ko‘k rangdagi shishalarning qaysi biri yoritilganda, o’tgan nur fotonining impulsi eng kichik bo’ladi? A) qizil B) Ko’k C) Yashil D) Sariq 22 / 40 22. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 30 B) 10 C) 17,3 D) 27,3 23 / 40 23. Chang’ichi tepalikka ko’tarilayotib 3 km ga teng yo’lni o’rtacha 5,4 km/soat tezlik bilan bosib o’tadi. U pastga tushayotib 10 m/s tezlikda 1 km yo’l o’tadi. Chang’ichining butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping. A) 1 m/s B) 2 m/s C) 0,5 m/s D) 4 m/s 24 / 40 24. Moddiy nuqta tezligining vaqtga bog'lanishi υ=5+4t (m/s) ko'rinishga ega. Vaqtning birinchi sekundida bosib o'tilgan yo'lni (m) aniqlang. A) 9 B) 5 C) 7 D) 4,5 25 / 40 25. Jismga 11 s davomida 22 N kuch ta'sir etmoqda. Jism impulsining o`zgarishi (kg m/s) topilsin. A) 242 B) 330 C) 33 D) 206 26 / 40 26. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 34,3 B) 33,5 C) 37 D) 35 27 / 40 27. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2. A) 2.3 m B) 25 sm C) 2,5 m D) 5 m 28 / 40 28. Gaz 27° С dan 57° С gacha isitilgan. Agar bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, gaz hajmi necha protsent ortgan? A) 25 B) 15 C) 110 D) 10 29 / 40 29. Massasi 1,6 kg yuk osilgan ip gorizontal yo‘nalishda 12 N kuch ta’sirida yangi vaziyatga keltirildi. Ipning taranglik kuchini toping A) 16 N B) 20 N C) 24 N D) 4 N 30 / 40 30. 1,2 kg massali jism aylana bo’ylab 5 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Jism 90° ga burilganda uning impulsi qanday o’zgaradi (kg·m/s)? A) 7,5 B) 6,25 C) 8,5 D) 4,3 31 / 40 31. Bir jinsli valning uchidan 20 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi B) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi C) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi D) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 32 / 40 32. Bikrliklari 0,5 va 1 kN/m bo'lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar kuch ta ’sirida 1-prujina 2 sm uzaygan bo’lsa, 2-prujina necha sm uzaygan? A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 33 / 40 33. Elektr zaryadlari о‘tkazgichning qayerida to‘planadi? A) Markazida B) O’tkazgichdan tashqarida C) Faqat sirtida D) Faqat ichida 34 / 40 34. Normal sharoitda vodorod zichligi 0,09 kg/m³ ekanligi o‘lchandi. Shu sharoitda kripton (M=84 g/mol) zichligi (kg/m³ ) qanday bo`ladi? A) 7,56 B) 0,94 C) 1,89 D) 3,78 35 / 40 35. To`lqin uzunligi 700 nm bo`lgan yorug`lik vakuumdan muhitga o`tganda uning tezligi 20% ga kamaygan bo`lsa, yorug`likning shu muhitdagi to`lqin uzunligini (nm) aniqlang. A) 600 B) 560 C) 140 D) 350 36 / 40 36. Agar 1000kg massali kubning qirrasi uch marta orttirilsa, uning massasi (t) qancha bo'ladi? A) 27 B) 40 C) 4000 D) 400 37 / 40 37. Uy temperaturasidagi termistordan o`tayotgan tokning kuchi 4 mA edi. Termistor isitilganda tokning kuchi 0,01 A bo`lgan. Isitilmagan termistor qarshiligi isitilgan termistornikidan necha marta katta? A) 3,0 B) 3,5 C) 2,5 D) 2,0 38 / 40 38. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 10A bolsa, katoddan 1000 s da nechta elektron chiqadi? e = 1,6·10-19 C. A) 1,6•10²³ B) 5•10²² C) 1,25•10³³ D) 6,25•10²² 39 / 40 39. Magnit maydon induksiyasi 50 mTl bo’lgan g'altakning magnit maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 H/m A) 22,1 B) 44,2 C) 11,05 D) 88,4 40 / 40 40. Qarshiligi 15Ω bo‘lgan reostat tayyorlash uchun ko‘ndalang kesimi 1,25 mm² bo‘lgan nikelin simdan necha kilogramm olish kerak? (Nikelin simning zichligi 8,8 g/sm³ , solishtirma qarshiligi 0,4Ω•mm²/m ). A) 0,5 B) 0,1 C) 0,2 D) 0,4 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15