Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №10 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №10 InfoMaster Iyul 15, 2022 15 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №10 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Jismning harakat qonuni x=5+10t-t² (m) ko’rinishga ega. Jism tezligi nolga teng bo’lguncha qancha yo’l bosib o’tadi?(m) A) 15 B) 32 C) 30 D) 25 2 / 40 2. Avtomobil egrilik radiusi 40 m bo’lgan botiq ko’prikdan qanday tezlikda o’tsa, uning yuklanishi 3 ga teng bo’ladi? (m/s) A) 20 B) 22.6 C) 5.2 D) 28.3 3 / 40 3. Jism yuqoriga vertical yo‘nalishda 360 km/soat tezlik bilan otildi. Jism qanday balandlikka ko‘tarilganda uning tezligi ikki marta kamayadi (m) ?g = 10 m/s². A) 375 B) 120 C) 240 D) 160 4 / 40 4. Massasi 0,18 g va moddasining zichligi 1800 kg/m³ bo’lgan musbat zaryadlangan sharcha zichligi 900 kg/m³ bo’lgan suyuq dielektrikda muallaq holatda turibdi. Dielelektrikdagi bir jinsli elektr maydonning kuchlanganligi 45 kV/m bo’lib, yuqoriga vertikal yo’nalgan. Sharchaning zaryadini (nC) toping. A) 15 B) 10 C) 25 D) 20 5 / 40 5. Ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan bo’lgan quvurning birinchi qismida suyuqlik tezligi v₁=12 m/s, ikkinchi qismida v₂=16m/s ga teng. Shu qismlardagi gidrostatik bosimlarni taqqoslang. A) P₁>p₂ B) Aniqlab bo’lmaydi C) P₁<p₂ D) P₁=p₂ 6 / 40 6. Yuzalari 30 sm² va 330 sm² bo’lgan gidravlik press kuchdan necha marta yutuq beradi ? Ishqalanish yo’q. A) 11 B) 9 C) 12 D) 7 7 / 40 7. Grafikdan foydalanib jismning umumiy bosib o’tgan yo’lini toping .(m) A) 73 B) 102 C) 97 D) 86 8 / 40 8. Quyida jismning Ox o‘qidagi harakatining tezlik grafigi berilgan. Jismning dastlabki 8 sekund davomidagi yo‘li S ni (m) va ko‘chishi L ni (m) aniqlang. A) S=35, L=15 B) S=15, L=35 C) S=30, L=20 D) S=25, L=10 9 / 40 9. Ideal gaz TV3=const qonun bo‘yicha hajmi 2 marta ortsa, bosim qanday o‘zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) 16 marta kamayadi C) 8 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi 10 / 40 10. Sig`imi 6·10⁻⁹ F bo`lgan kondensatorga 20 nC elektr zaryadi berildi. Agar unga sig`imi 18·10⁻⁹ F bo`lgan zaryadsiz kondensator parallel ulansa birinchi kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday o`zgaradi? A) 4 marta kamayadi B) 2,5 marta kamayadi C) 5 marta kamayadi D) 3 marta kamayadi 11 / 40 11. Bir jinsli valning uchidan 40 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi B) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi C) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi D) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 12 / 40 12. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori orasidagi burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)? A) 4.2 B) 420 C) 2.1 D) 42 13 / 40 13. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,25 kN tortish kuchi, 600 N ishqalanish kuchi va havoning 450 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? A) 450 N B) 1050 N C) 200 N D) 600 N 14 / 40 14. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s. A) 6•10⁶ B) 3•10⁶ C) 0,2•10⁶ D) 2•10⁶ 15 / 40 15. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s. A) 8,2• 10⁻⁷m B) 0,41• 10⁻⁷ m C) 0,82• 10⁻⁷ m D) 4,1 • 10⁻⁷ m 16 / 40 16. 4 litr suvni 15°C dan qaynaguncha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (MJ) berilgan? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va qaynash temperaturasi (normal sharoitda) mos ravishda 4200 J/(mol·K) va 100°C . A) 1,43 B) 2,59 C) 8,47 D) 4,52 17 / 40 17. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2 A) 2.3 m B) 5 m C) 25 sm D) 2,5 m 18 / 40 18. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang. A) 0,5 s B) 0,125 s C) 0,2 s D) 0,1 s 19 / 40 19. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2 A) 51 N B) 7,8 N C) 51,6 N D) 8,4 N 20 / 40 20. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qanday kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2 A) 1 mN B) 2 mN C) 4 mN D) 8 mN 21 / 40 21. Ikki zarracha bir-biriga tomon Yerga nisbatan v, = 0,50 с va v2 = 0,80 с tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi zarracha bilan bog'langan sanoq sistemasida birinchi zarrachaning υ2 tezligi qancha? c=3·108 m/s. A) ≈ 0,39 c B) ≈ 0,93 c C) ≈ 0,76 c D) ≈ 0,89 c 22 / 40 22. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo‘nalishda uchib kirgan neytronning trayektoriyasi qanday chiziq? A) vintsimon B) To’g’ri chiziq C) giperbola D) Parabola 23 / 40 23. Suv kapillar naychada 0,028 m ga ko`tarildi. Naychaning diametrini (mm) aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini 0,07 N/m deb oling. A) 0,7 B) 2 C) 0,2 D) 1 24 / 40 24. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N). A) 10²⁰ B) 4,0•10²⁰ C) 2,0•10²³ D) 2,0•10²⁰ 25 / 40 25. Magnit maydon induksiyasi 50 mTl bo’lgan g'altakning magnit maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 N/A2 A) 88.4 B) 22.1 C) 44.2 D) 11.05 26 / 40 26. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima? A) EYK B) Induktivlik C) Magnit oqimi D) Magnit induksiyasi 27 / 40 27. Kamondan o`q 24 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo`lishini aniqlang. A) 14,4 B) 3,8 C) 3,6 D) 7,2 28 / 40 28. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi? A) 5 B) 4 C) 3 D) 9 29 / 40 29. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning (n+2)chi sekunddagi ko`chishi (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi? g=10 m/s² A) 15 ga B) 13 ga C) 10 ga D) 20 ga 30 / 40 30. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 10 B) 27,3 C) 30 D) 17,3 31 / 40 31. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 400 B) 4 C) 40 D) 4000 32 / 40 32. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 34,0 B) 33,5 C) 34,3 D) 35 33 / 40 33. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W). A) 13,5 B) 1,35 C) 27 D) 6,75 34 / 40 34. Ersted tajribasida nimani aniqlagan? A) Tokli o’tkazgichning boshqa bir tokli o’tkazgichga ta’siri B) Tokli o’tkazgichning odamga ta’siri C) Tokli o’tkazgichning magnitga ta’siri D) Tokli o’tkazgichning magnit strelkasiga ta’siri 35 / 40 35. Suv muzlaganda massasi o'zgaradimi? A) kamayadi B) suvning massasiga bog'liq C) ortadi D) o'zgarmaydi . 36 / 40 36. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin? A) 180Ω, 20Ω, 90Ω B) 180Ω, 20Ω, 90Ω C) 180Ω, 20Ω, 90Ω, 30Ω, 40Ω, 60Ω, 120Ω D) 8,4 N 37 / 40 37. Metro vagoni ketma-ket ulangan 10 ta chiroq bilan yoritiladi. Agar vagonni 8 ta о’shanday chiroq bilan yoritiladigan qilinsa, elektr energiya sarfi o'zgaradimi? A) o'zgarmaydi B) ortadi. C) lampochkalarning quvvatiga bog'liq. . D) kamayadi 38 / 40 38. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang. A) 10 B) 15 C) 5 D) 1 39 / 40 39. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng. A) 207 B) 636 C) 836 D) 308 40 / 40 40. Bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Sterjenning bir uchiga F kuch bilan ta’sir etib, uni ko'tarish kerak. F kuchni sterjenning mg og'irlik kuchi bilan taqqoslang. A) F=mg B) F=mg/2 C) F>mg D) F<mg 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15