On tili va adabiyot attestatsiya №11 Iyul 12, 2022Iyul 12, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan On tili va adabiyot attestatsiya №11 ga fikr bildirilmagan. 0% 1 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №11 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 3, 4, 5, 8 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8 C) 2, 6, 8 D) 1, 7 2 / 40 2. -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) sifatdosh B) sof fe’l C) ravishdosh D) harakat nomi 3 / 40 3. Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan? A) tushum B) qaratqich C) chiqish D) o`rin-payt 4 / 40 4. Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bag`rida olib yotgandi. Bo`rixon do`mboqqina bola bo`lgandi. Uni yomon ko`zdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u ko`zmunchoqlar taqib qo`yardi. (“Qora ko`z majnun”) Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan? A) 8 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 5 / 40 5. Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) U mumtoz qo’shiqlarni zavq bilan kuylardi. B) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. C) Xatni olib, ko’k qalam bilan ostiga chizgan satrlarni o’qidi. D) U do’stining gaplarini diqqat bilan eshitdi. 6 / 40 6. Berilgan hikmatli so`zlardan qaysi biri fikrlar zanjiridan uzilib qolgan? A) Tabiat kimga aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo‘l uradi. (Yusuf Xos Hojib) B) Aql tarozisida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. (Abu Ali ibn Sino) C) Har bir kishining fe’li va xulq-atvori o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga intilishida namoyon bo‘ladi. (Gyote) D) Insonning eng sharafli va buyuk darajasi uning aqlidir. (Abdurauf Fitrat) 7 / 40 7. Ostingda o’ynaydi chin tulpor oting, Rustamga o’xshaydi shon-u shvakating, Qayerda, mehmonjon, sening elating, Ajdaho nishonim, qaydin bo’larsan? “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonidan olingan ushbu parchada bu gapni kim aytgan? A) Go’ro’g’li Rayhon arabga B) Xoljuvon Go’ro’g’liga C) Bibi Hilol Ravshanga D) Zaydinoy Go’ro’g’liga 8 / 40 8. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so`zlar soni ikkita? A) Yaxshilik qilsang, oxirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. B) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasta tozalab qo`yadi. C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo`r tugunni yechib yuborgan edi. D) O`rtadagi xontahtada kechadan qolgan kabop va meva- cheva bor edi. 9 / 40 9. Jadvalda berilgan qaysi she`riy san`at(lar)ning ma`nosi notog`ri berilgan? A) 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 2, 3, 4 10 / 40 10. 1) hojib (eshik og‘asi), 2) payg‘om (xabar), 3) degrez (cho‘yandan qozon quyuvchi), 4) yorg‘ichoq (donni maydalash uchun ishlatilgan tosh asbob) 5) bog‘ot (bog‘lar, bog‘li joylar), 6) gisu (soch). Yuqorida keltirilganlardan qaysilari tarixiy so’z hisoblanadi? A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 5, 6 11 / 40 11. Qaysi qatorda sinonim so’zlar xato berilgan? A) nasim-yel B) et-go’sht C) dastur-reja D) xor-zor 12 / 40 12. Bu qadar past bino deb o’ylamagan edim. Gapda qo’llangan sifat turkumiga mansub so’z haqidagi to’g’ri mulohazani belgilang. A) asliy, sodda tub sifat, oddiy darajada B) nisbiy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada C) asliy, soda tub sifat, ozaytirma darajada D) nisbiy, sodda yasama, oddiy daraja 13 / 40 13. Qaysi asar inson hayotida muhim o`rin tutadigan aql, ilm -ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, va muomala madaniyati, din etiqod davlatni idora qilish xalqlar va elatlarning ahil do`stona munosabatda bo`lishlari haqida mulohaza yuritiladi? A) Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” B) Abay “Nasihatlar”i C) Sadiy Sheroziy “Bo`ston” D) Avaz O`tar “Saodat ul- iqbol” 14 / 40 14. Qish oqshomi derazamga urilar kumush. Ma`no ko’chish turini aniqlang. A) metonimiya B) vazifadoshlik C) sinekdoxa D) metafora 15 / 40 15. Men ketgan so’ng uydan chiqib o’tirma, Do’st yig’latib, dushmanimni kuldirma. Berilgan qo’shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili, ham belgisiz qo’llangan? A) chiqish B) qaratqich C) tushum D) chiqish va tushum 16 / 40 16. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qulllug;ini ado etishni o’zlariga sharaf deb bildilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying, toki unga boqqan kishilar yeti iqlimni olgan, yeti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin”. Iskandardek qudratli shohning mol-u mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u urfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir. Undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi. Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma`nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. A) Faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan narsa B) Koinot, olam, falak, osmon C) Egalik qilmagan, ixtiyoriga oolmagan, xo’jayinlik qilmagan. D) Obod, yashnagan, baxtiyor 17 / 40 17. O’sha kuni bu gapni eshitgan ukam toza asabiylashdi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub so’zlar nechta? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta 18 / 40 18. Hujjatli qissa yozgan adib haqida qaysi qatorda ma`lumot berilgan? A) Urush yillarida “Shodligim”, “Tabassum” nomli kitoblari nashr etilgan. B) Ilk asari “Studentlar” nomi bilan nashr etilgan C) Romani 24 tilga tarjima qilinib, Janni Rodari tahsiniga sazovor bo’lgan D) Mustaqillik yillarida “Adolat manzili” nomli romanini yozgan 19 / 40 19. Bu romanda insonning hayotdagi o`rni undan talab etiladigan fidoiylik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik, xususuiyatlari to`g`risida keng mushohada yuritiladi. Qaysi asar to`g`risida ? A) “Zulmat ichra nur” B) “Abadiyat qonuni” C) “Hellados” D) “O`zbekiston” qasidasi 20 / 40 20. Qaysi qatordagi barcha so’zlar to’g’ri yozilgan? A) hasharot, naqarot, talafot, imtixon B) tatbiq, tadqiq, krepdeshin, keldiku C) shukr, ozmuncha, biroz,ma`sul, yashang-e D) fojia, xohlamoq, tarozi, shukur 21 / 40 21. Quyidagi ruboiyda qo’llangan she`riy san`atni toping. Ko’z birla qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi, Yuz birla so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi. Eng birla menging yaxshi, saqog’ing yaxshi, Bir- bir ne deyin, boshdin ayog’ing yaxshi. A) tajnis B) tanosub C) talmeh D) irsoli masal 22 / 40 22. U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi? Ushbu gapdagi olmoshlar va ularning ma`no turini aniqlang. A) 4 ta: ko’rsatish, gumon, belgilash, bo’lishsizlik B) 4 ta: kishilik, so’roq, belgilash va bo’lishsizlik olmoshlari C) 3 ta: kishilik, gumon, bo’lishsizlik D) 4 ta: ko’rsatish va so’roq olmoshlari 23 / 40 23. Kimyogar ba`zi ismlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga, ma`lumotining kengligiga taajjublanganini yashirmadi. Ushbu gapda nechta ism turlangan? A) 6 ta B) 9 ta C) 7 ta D) 8 ta 24 / 40 24. “…jurnalist do`stim bor. Juda dilkash yigit. Faqat doim shoshib yuradi ” ushbu tarif “Dunyoning ishlari” qissasidan qaysi hikoyadan olingan? A) “Pistachi” B) “Havas” C) “Kaltakesakning dumi” D) “Oy quyoshdan nur oladi” 25 / 40 25. Quyida keltirilgan fe`llarning qaysilari majhul nisbatda? 1) cho’zildi; 2) qayrildi; 3) maqtandi; 4)qoqildi; 5) berildi; 6) gavdalandi; 7) tashlandi; 8) huvillagan. A) 2,5,6,7 B) 1,2,4,5,7 C) 1,5,7 D) 3,4,6.8 26 / 40 26. Qo’shimcha qo’shilishi bilan asosida tovush almashishi bo’ladigan so’zlar qatorini toping. A) past, terak B) qayir, qalb C) tara, sovi D) o’rin, gurs 27 / 40 27. “Yiqilgan polvon alamini kulib yengadi” Ushbu jumla qaysi asardan? A) “Dunyoning ishlari” B) “Yulduzli tunlar” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Kecha va Kunduz” 28 / 40 28. “Turon” nomli jamiyat ochgan va shu jamiyat qoshida shu nomli teatr tashkil qilgan shoir kim? A) Oybek B) Avloniy C) Hamza D) Mirmuhsin 29 / 40 29. T va d tovushlarining birlashtiruvchi belgilarini toping. 1) til oldi; 2) portlovchi; 3) jarangsiz; 4) sirg’aluvchi; 5) jarangli. A) 1,2,3 B) 2.3 C) 1.2 D) 1,3,4,5 30 / 40 30. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qulllug;ini ado etishni o’zlariga sharaf deb bildilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying, toki unga boqqan kishilar yeti iqlimni olgan, yeti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin”. Iskandardek qudratli shohning mol-u mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u urfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir. Undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi. Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar… A) Bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. B) Umrining so’ngida bu dunyoning o’tkinchi , bevafo ekanligini anglab yetibdi. C) O’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi. D) Umrining so’ngida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. 31 / 40 31. Qaysi gapda yasalish asosi yasama sifat bo’lgan ot ishtirok etgan? A) U qisiq ko’zlari bilan dengiz ufqiga boqar ekan, shodligini yashirolmay toqatsizlanayotgan bolaning holatini ham sezib turardi. B) Garchi bu ishga o’ta sezgirlik bilan yondashgan bo’lsa ham, natijasidan biroz cho’chib turardi. C) Bo’ron tinimsiz guvullab turganida yonginadagi arava tagidan o’tib, Zavrak bilan Zulfiqor emaklab kirib kelishdi. D) Eshkakchilar ham ajblanib, bola ko’rsatgan tomonga qarashdi. 32 / 40 32. “Buvim mening bolaligimni turli ertak va qo`shiqlar bilan bezagan. U meni turli davralarga, to`y hashamlarga o`zi bilan birga olib borardi ” Ushbu xotiralar qaysi adib hayotidan? A) Abdulla Avloniy B) Chingiz Aytmatov C) Hamid Olimjon D) Xudoyberdi To’xtaboyev 33 / 40 33. Yasalish asosi yasama so’z bo’lgan faoliyat- jarayon otini belgilang. A) ustachilik B) terimchi C) ko’rik D) ezmalik 34 / 40 34. Yig’loqi bolani kaltaklab o’zgartrib bo’lar ekanmi? Berilgan gapda so’z yasovchilar qaysi turkumdagi so’zlarga qo’shilgan? A) fe`l, ot, sifat, olmosh B) olmosh, ot, fe`l C) fe`l, ot, sifat D) fe`l, ot 35 / 40 35. Har ikkala qismi ham yasama so’zdan iborat juft sifatlarni toping. 1) ilmiy-ommabop; 2) aqlli-hushli; 3) uyma-uy; 4) meva-chevali; 5) qishin-yozin. A) 1,2,5 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 1.2 36 / 40 36. Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik uchraydi? A) Posbon uxlagach, Mirzo Ulug’bekni Ko’ksaroy tagidagi lahmdan olib chiqmoqchi edi B) Toshbaqa guldan-gulga qo’nib yurgan kapalakka g’ashi keldi. C) Esi past odamning dimog’I baland bo’ladi. D) O’choqdagi lahja cho’g’ hali sovimagan. 37 / 40 37. Qaysi javobda tushum kelishigining ikki o’rinda belgili qo’llanishi uchraydi? A) Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, Bilmakka oni g’ayrat eting, foida kondir. B) Quyosh yuzing ko’rib yerga yiqildi, Adoqing tufroqini surma qildi. C) Jonim chiqadir dard ila, jononima ayting, Men xasta gado holini sultonima ayting. D) Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sanga, Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldim sanga. 38 / 40 38. Qaysi gapda o’z paronimi bilan turli turkumga mansub bo’la oladigan so’z qatnashgan? A) Shoh bolasida yurt va sipoh, darvesh bolasiga masjid-u xonaqoh kerak. B) Zaruriy muolajalar qilingandan keyin bemorning sog’ligi xiyla yaxshilandi. C) Xira ko’zlar bilan suratga boqdi, U hamon o’shanday, so’zlamas hamon. D) Xalq ganjin yulmoqqa cho’zilgan qo’lga Biz alvon guldasta tutibmiz faqat. 39 / 40 39. Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo`lma -qo`l bo`lib ketardi. Romanlarini o`qish uchun navbat kutib turganlarning sanog`iga yetib bo`lmasdi. Chunki adib inson ruhining sirli va nozik jihatlarini chuqur ta`sirli va haqqoniy aks ettirardi. Ushbu tarif kim haqida ? A) Ernest Seton Tompson B) Abdulla Qodiriy C) Abdulla Qahhor D) Xudoyberdi To`xtaboyev 40 / 40 40. Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo’lmagan qo’shimcha ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang. A) uyqusirab B) sinfimdan C) chidamli D) atama 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya