Uy » Abituriyent » Blok testlar » Biologiya va Tarix yo’nalishi №1 Blok testlar Biologiya va Tarix yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 252 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Biologiya va Tarix yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Tarix (3.1 ball) ? Biologiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tuzilmalargamos keladi? 1)tarkibida adenin, riboza va ikkita fosfatkislota qoldig'i bo’ladi; 2) monosaxarid hisoblanadi; 3) osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydi; A) 1 - ATF; 2 - dezoksiriboza; 3 - albumin B) 1 - ADF; 2 - riboza; 3 - globulin C) 1 - ADF; 2 - saxaroza; 3 - nukleoprotein D) 1 - RNK; 2 - maltoza; 3 - xromoprotein 2 / 90 2. O`simlikda uchraydigan gomopilimer massa ulushiga teng miqdorda ko`p xujayrali organizmlarda uchraydigan modda xos xususiyat? A) faqat barg eti hujayralarida fotolizga uchraydi B) glukoza dissimilyatsiasini 3 chi bosqichida xosil bo`lmaydi C) vodorod bog`lar xosil qilmaydi D) moddaning yopishqoqligi 1ga teng 3 / 90 3. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang. A) Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi B) Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. C) Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi D) Ksilemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. 4 / 90 4. Hujayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar nimaga bog`liq? 1) oqsil 2) uglevod 3) nuklein kislota 4) lipid A) 1.4 B) 1,2,3,4 C) 1.2 D) 1,2,4 5 / 90 5. Silovsin (I), suqsun (II) yuragidan chiquvchi qon tomirlarini to'g'ri ko'rsating. 1) o'ng bo'lmacha; 2) chap bo'lmacha; 3) chap qorincha; 4) o'ng qorincha a)o'pka venasi; b)o'ngga yo'naluvchi aorta; c)buyrak arteriyasi; d)o'pka arteriyasi; e)pastki kovak vena; f)chapga yo'naluvchi aorta A) I-3-f, 4-d; II-3-f, 4-d B) I-3-b, 4-d; II-3-f, 4-b C) I-3-f, 4-d; II-3-b, 4-d D) I-1-e, 2-a; II-1-e, 2-a 6 / 90 6. Quyida berilgan organizmlarning bo'yin umurtqalar soni qanday o'zgaradi.? gekkon nutriya agama triton salamandra a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi A) 1-a; 2-b; 3-b; 4-c B) 1-b; 2-a; 3-b; 4-c C) 1-b; 2-a; 3-b; 4-a D) 1-b; 2-b; 3-b; 4-c 7 / 90 7. Zamburug’larni o’simliklarga (a) va hayvonlarga (b) o’xshashligi to’g’ri berilgan qatorni belgilang A) a-prokariot, b-eukariot B) a-harakatlanmaydi, b-avtotrof oziqlanadi C) a-harahkatlanmaydi, b-geterotrof oziqlanadi D) a-avtotrof oziqlanadi, b-eukariot 8 / 90 8. Bu vitamin biologik o‘ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. A) B1 B) PP C) B6 D) B 12 9 / 90 9. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan. A) asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) B) o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) C) o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) D) asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) 10 / 90 10. Izogametalar orqali ko’payadigan suvo’ti uchun to’g’ri ma’lumotlar keltirilgan qatorni aniqlang ? 1.xromatofori belbog’simon, 2.hujayrasi sharsimon, 3.uni akvariumda ham uchratish mumkin, 4.xromatofori spiralsimon, 5.zoospora hosil qiladi, 6.jinsiy ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi 7.tallomi shilimshiq bilan o’ralgan, 8.uni dengiz salati deb ataladi, 9.jinssiz ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi A) 4, 7, 9 B) 5, 6 C) 2, 8 D) 1, 3 11 / 90 11. Organizm yashashi uchun harorat, ozuqa kerak bo’ladigan guruh (a) va harorat, namlik, ozuqa (b) kerak bo’ladigan guruhlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ? A) a-sil tayoqchasi, b-achitqi zamburug’i B) a-quturish qo’zg’atuvchisi, b-tamaki mozaikasi C) a-achituvchi bakteriya, b-vabo qo’zg’atuvchisi D) a-qorakuya, b-bakteriofag 12 / 90 12. Quydagilardan nechtasini tarkibi faqat glukoza 1) maltoza 2) kraxmal 3) selluloza 4) klechatka A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 13 / 90 13. Nerv to‘qimasi qanday hujayralardan iborat. A) nefronlar, neyroglya, akson, dentrit B) aksonlar va dendriddan C) neyronlar va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyrogliya D) neyrogliya va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyronlar 14 / 90 14. Tirik organizmlarning yashashi uchun qulay muhitning vujudga kelishiga zamin yaratadigan jarayon? A) oqsil biosintezi B) xemosintez C) DNK reduplikatsiyasi D) fotosintez 15 / 90 15. Chala o`zgarish bilan rivojlanadigan hashoratlarni ularga xos bo`lgan xususiyatlari bilan juftlang. 1.qorin bo`limi ingichka va uzun 2. ko`zlari juda yirik, oddiy 3. ko`krak ikkinchi segmentida joylashgan qanotlari uzun va ensiz 4. qanotlari taxlanmaydi 5. tuxumlarini maxsus ko`zachaga qo`yadi 6. jamoa bo`lib yashaydi 7. boshida bir juft murakkab, uchta oddiy ko`zlari joylashgan a) to`g`riqanotlilar b) pardaqanotlilar c) termitlar d) ninachilar A) a-3,5 b-6,7 d-1,4 B) a-3,5 c-2 d-5 C) a-3,5,6 c-6 d-1,2,4 D) a-2,5 b-6,7 c-3,6 d-2,4 16 / 90 16. Energiya almashinuvi bosqichlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1)murakkab uglevodlarning parchalanishi; 2) glukozaning parchalanishi; 3) sut kislotaning CO2 va H2Ogacha parchalanishi; 4) ATF sintezi; 5) spirt va suvning hosil bo‘lishi a)tayyorgarlik bosqichi; b) ikkinchi bosqich; c) uchinchi bosqich. A) a - 1, 4; b - 2; c - 4, 5 B) a - 2; b - 1, 4; c - 3, 4 C) a - 1; b - 2, 4; c - 3, 4 D) a - 1, 2; b - 4; c - 3, 5 17 / 90 17. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. A) tiretoksikoz B) endemik buqoq C) kretinizm D) miksedema 18 / 90 18. Qarag'ay va qoraqat o'simliklariga xosumumiy xususiyatlarni aniqlang. A) urug'idan ko'payadi; chang donasiningvegetativ hujayrasidan chang nayi hosil qiladi B) urug'kurtakka ega; qo'sh urug'lanishdankeyin urug' hosil qiladi C) hayotiy shakli daraxt; spermiyningmarkaziy hujayra bilan qo'shilishidan endosperm rivojlanadi D) magnoliyasimon; poyasining o`tkazuvchito`qimalari uzun yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan 19 / 90 19. Sog’lom odamning epiteliy to’qimasihaqidagi to’g’ri fikrni aniqlang. A) arteriya qon tomir devorining sirtiniqoplab turadi B) alveolalar devorini hosil qiladi C) vena qon tomir devorining o'rta qavatinihosil qiladi D) periost pardani hosil qiladi 20 / 90 20. ATF ga xos xususiyatlarni nechtasi to`gri +1) tarkibida fosfor saqlaydi 2) tarkibida azot saqlamaydi +3) suv bilan munosabati oddiy spirtga nisbatan qarama qarshi +4) glikoliz reksiasida sintezlanadi 5) DNK polimeraza natijasida sintezlangan adeninda 2 ta H3PO4 ko`pligi bilan farq qiladi +6) tarkibida 120 kj energiya saqlaydi +7) barcha tirikorganizmlar uchun umumiy emas A) 3 B) 2 C) 4 D) 6 21 / 90 21. Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring. 1.naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar a)qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar A) 1- a,e,f; 2-b,d; 3- a,c B) 1-b,c; 2-a,b,d; 3-a,e,f; C) 1-a,c,e; 2-b,d; 3-a,e; D) 1-a,c; 2-b,d; 3-a,e,f; 22 / 90 22. Buyraklar tog’risidagi qaysi fikr noto’g’ri? 1-qorin bo’shlig’ining bel qismida, 2-qorin bo’shlig’ining diafragma ostida, 3- ikkala o’pkaning ortasida joylashgan, 4- IV-VI dumg`aza umurtqasi ro’parasida joylashgan, 5-birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan, 6-u loviya shakliga o’xshash bitta organ, 7-loviya shakliga o’xshash bir juft organ A) 1,5,6 B) 2,3,4,7 C) 1.5.7 D) 2.3.4.6 23 / 90 23. Hujayradan tashqarida ko’paya oladigan (b) va ko’paya olmaydigan (a) organizmlarni belgilang? A) a-bakteriofag, b-o’latni qo’g’atuvchisi B) a-sil tayoqchasi, b-tamaki mozaikasi C) a-quturish virusi, b-tamaki mozaikasi D) a-vabo kasalligini qo’zg’atuvchisi, b-bakteriofag 24 / 90 24. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi? A) hujayra qobig'idagi teshik B) sitoplazma C) yadro D) hujayralararo modda 25 / 90 25. Ko'zi yumuq bola tug'adigan sutemuzuvchilarda qaysi parazit organizm voyaga yetgan davrini o'taydi.? A) Jigar qurti B) Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi C) Qoramol tasmasimon chuvalchangi D) Exinokokk 26 / 90 26. Daryo qisqichbaqasining faqat tip uchun(a) va sinf uchun(b) xos bo`lgan xususiyatni aniqlang. 1.tashqi po`sti polisaxariddan iborat 2. ikki juft mo`ylovga ega 3. qon aylanishi ochiq, yuragi rivojlangan 4. yurish oyoqlari to`rt juft 5. jabralari orqali nafas oladi 6. qorin nerv zanjirga ega A) a-3,6 b-2,3 B) a-1,3 b-2,5 C) a-4,6 b-1,2 D) a-4,5 b-3,6 27 / 90 27. 630 ta nukleotiddan iborat DNKmolekulasida timin nukleotidlari 30% ni tashkil etsa, shu fragmentdagi jami vodorod bog'lar soni (A), DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog'lar soni (b) ni aniqlang. A) a - 624; b - 80 B) a - 756; b - 104 C) a - 624; b - 104 D) a - 588; b - 104 28 / 90 28. Quyidagi o’simliklardan yorug’likka harakatlana oladigan (a), xromatofori spiralsimon (b), xromotoforida yorug`likni sezuvchiorganoidi bor (c), zoospora hosil qiladigan (d), tanasi tasmasimon, rizoidli (e) bo’lganlarini belgilang? 1.xlamidamonada, 2. ulotriks, 3. lamnariya, 4. spirogira, 5. xlorella, 6. porfira A) a-1, b-2, s-3, d-6, e-4 B) a-1, b-4, s-6, d-2, e-3 C) a-1, b-4, s-1, d-2, e-3 D) a-3, b-2, s-6, d-2, e-1 29 / 90 29. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari nimalar orqali chiqarib yuboriladi. 1-ichak, 2-o'pka, 3- ter bezlari 4- yog‘ bezlari 5-buyrak A) 2.3 B) 5.3.2 C) 4.5 D) Barchasi 30 / 90 30. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik o'simliklarni belgilang. 1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan. A) 2,6,3 B) 1,2,3,4 C) 2,4,6,7 D) 2,4,7,1 31 / 90 31. Eskilik bilan yengilik, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi kurash mavzusi Amerikaning qaysi yozuvchilar asarlarida aks etgan? A) Uolt Uitmen, Mark Tven B) Uolt Uitmen, Genri Longfello C) Mark Tven, Jon Kopli D) Mark Tven, Genri Longfello 32 / 90 32. Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni belgilang? A) Quyosh xudosi Amon Ra firavnlarning bosh homiysi va ilohiga aylandi va eneolit davri nihoyasiga yetdi B) So’ngi Misr podsholigiga asos solindi va Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi C) Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishdi va neolit davri boshlandi D) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi yirik qudratli davlatga aylandi va Sargon I shumer va akkad shaharlarini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi 33 / 90 33. Yaponiyada hokimiyatni Mikado-imperator boshqara boshlagan asrda bo’lib o’tgan voqealarni toping. 1)Xitoyda ipakdan shoyi so’zana – panno to’qish ixtiro qilindi; 2)Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi; 3)asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar 4)mo’g’ullarning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi 5)nemis feodallari urush boshladi 6)Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi A) 1,2,3,4 B) 2,3,5,6 C) 1,3,4,6 D) 3,4,5,6 34 / 90 34. Simoneseki sulhiga ko’ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo’lga kiritgan edi? A) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini B) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini C) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini D) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini 35 / 90 35. “Tarbiyayi atfol” ni tashkil qilgan shaxslarni aniqlang. 1. Hoji Rafiy 2. A.Fitrat 3. Mirzo Abduvohid 4. Hamidxo’ja Mehriy 5. A.Avloniy 6. Usmonxo’ja 7. Muhammadxo’ja 8. Munavvar Qori9. Shakuriy A) 2,4,6,8,9 B) 1,3,4,6,7 C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,3,5,8,9 36 / 90 36. Qarz yoki kreditni to'lash shartlarini qayta ko'rib chiqish va o'zgartirish nima deyiladi? A) Integratsiya B) Kapital C) Subsidiya D) Restrukturizatsiya 37 / 90 37. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq unga oid ma’lumotdni aniqlang. A) O’z maktubida Buxoro Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ta’kidlagan; B) O’z maktunida Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qilgan; C) Xurosonning Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallaydi; D) Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan; 38 / 90 38. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o`z raqiblarini birin- ketin bo`ysundira bordi? A) yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasi B) “xon ” navkarlari deb atalgan muntazam qo`shin C) urug` oqsoqollari va ruhoniylar tabaqasi D) savdogarlar va ruhoniylar tabaqasi 39 / 90 39. Quyidagi olimlarni millatiaga qarab moslashtiring. 1. E.Rezerford 2.A.Bekkerel3. S.Arrenius 4. F.A.Lesh5. R.Virxov a) fransuzb) rus c) ingliz d) shved e) nemis A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-e, 5-b B) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-e, 5-c D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e 40 / 90 40. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlarining qaysi birining mustaqilligi muvufiq keladi? A) 2-3-5-6 B) 2-4-6-8 C) 1-3-5-7 D) 1-2-5-6 41 / 90 41. Milliy Markaz – Turkistono’lkamusulmonlarkengashitashkil etilgach, kimlar rais kotiblari bo’lishgan? A) Munavvarqori, Zaki Validiy B) Behbudiy, Munavvarqori C) Islom Shahmedov, Zaki Validiy D) Mustafo Cho’qay, Islom Shoahmedov 42 / 90 42. Quyidagilardan qabilalar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Lotinlar – Tibr daryosi bo’yida joylashgan daryo va botqoqlik lotinlarni qo’shni qabilalardan hujumlaridan himoya qilar edi; B) Lig’urlar – Italiyaning eng qadimgi qabilalaridan biri bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan; C) Etrusklar – Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan; D) Karfagenliklar – Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Yunon koloniyasi 43 / 90 43. Quyidagi javoblarni moslashtiring. 1)Rossiyaning Bolqon yarim orolidagi manfaatlarini mensimay Avstriya- Vengriyani Bolqon siyosatini qo’llab quvvatlagan davlat 2)XIX asr oxiri – XX asr boshida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta kamaygan davlat 3)XIX asr oxiriga kelib xorijiy davlatlar 3 mlrd dollar kapital kiritgan davlat 4)AQSH asoratli shartlar asosida qarz bergan davlatlardan bir A) 1-B. Britaniya, 2-Germaniya, 3-Germaniya, 4-Nikaragua B) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Kosta-Rika C) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Gonduras D) 1-Germaniya, 2-Fransiya, 3-AQSH, 4-Gvatemala 44 / 90 44. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan yildan keyin sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) «O‘zbekiston havo yo‘llari» zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. B) Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda C) Afrosiyob tezyurar poyezdining Toshkent–Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. D) Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi 45 / 90 45. Napaleon Bonapartni Fransiyada obro‘sini ko‘tarib yuborgan voqea nima edi? A) Yirik davlatlar bilan yaxshi aloqalar B) Italiyaga qilingan yurish va uning bo‘ysundirilishi C) Mirga qilgan urushi D) Qirol hokimiyatini Napaleonga berilishi 46 / 90 46. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan? A) fransuz va fors mutaxassislari B) rus va fransuz mutaxassislari C) rus va fors mutaxassislari D) rus va nemis mutaxassislari 47 / 90 47. Qaysi qatorda Fransiya qiroli Filipp IV hukmronligi bilan bog’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan? 1)Normandiya Angliyadan tortib olindi 2)Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi 3)cherkov yerlari soliqqa tortildi 4)General shtatlar chaqirildi A) 2,3,4 B) 3.4 C) 2.4 D) 1.4 48 / 90 48. Kimni davridaGermaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi? A) Gerxard Shryoder B) Angela Markel C) Gelmut Gol D) Konrad Adenaur 49 / 90 49. Jaloliddin Manguberdi bilan bog’liq quyidagi voqealarni yuz berish davriga ko’ra to’g’ri xronologik tartibda belgilang. 1)Gurjiston to’liq egallandi; 2)Isfahon yaqinida mo’g’ullarning Taynol no’yon boshliq qo’shinlarini maglub etadi; 3)U Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, Iroqqa yo‘l oladi; 4)Xalifa Nosirning 20 ming kishilik qo’shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor etildi; 5)Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi; 6)Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi; A) 5, 4, 3, 1, 2, 6 B) 5, 3, 4, 1, 2, 6 C) 5, 3, 4, 2, 1, 6 D) 5, 3, 4, 6, 2, 1 50 / 90 50. Quyidagi voqealarni ketma-ketlikda joylashtiring? 1.U.Cherchill Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so’zga chiqdi 2.O’zaro Iqtisdiy Yordam Kengashi tuzildi 3.J.Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko’rsatish g’oyasini ilgari surdi 4.NATO tashkil etildi A) 1,3,2,4 B) 1,2,3,4 C) 2,1,3,4 D) 3,1,2,4 51 / 90 51. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy okruglarini ularga mos hududlar bilan muvofiqlashtiring. 1)Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari 2)Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari 3)Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari 4)Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati a) Sharqiy harbiy okrug b) Markaziy harbiy okrug Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug c)Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 52 / 90 52. Rossiya istilosi natijasida egallangan hududlar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Erjar qishlog’i – Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan ushbu hududda podsho qo’shinlari Buxoro amirligi qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki jang bo’lib o’tgan B) Xo’jand – Qo’qon xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan ushbu shahar podsho qo’shinlari tomonidan 24-may kuni egallandi ; C) Jizzax – ushbu shaharni bosib olish uchun bo’lgan jangdaharikkala tomondan 2 mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi ; D) O’ratepa - F.Romanovskiy harbiy qo’shinlari ushbu shaharga yetib borgach, shahar uch kun o’qqa tutildi ; 53 / 90 53. Quyidagilardan qaysi birining xronologiyasi to’g’ri kelmaydi ? A) XIX asr – Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan « Manozir ul-kavokib » nomli astronomiyaga oid kitob yozgan B) 1857 – Ahmad Donish Amir Nasrullo elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo’ylab sayohat qilgan ; C) XV asr - Madrasalarda mavjud Olimlar yasovuli paydo bo’lgan ; D) 1819 – Munis Mirxondning « Ravzat us-safo » asarinitarjimaqilishni boshladi ; 54 / 90 54. Quyidagilarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)AQSH va Germaniya o’rtasida jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan ; 2)Yevropa shaharlari qurilishida o’zgarishlar yuz bera boshladi ; 3)Millatlararo korporatsiyalar soni 100 taga yetdi ; 4)Mustamlakachilik siyosati natijasida « egallanmagan yerlar »ni bosib olish yakunlandi ; A) 2-4-1-3 B) 2-3-4-1 C) 3-2-1-4 D) 3-4-2-1 55 / 90 55. O’rta asrlarda quyidagi qaysi shaharlarda nomlanishi bir xil bo’lgan inshootlar mavjud? 1. Istanbul. 2. Moskva. 3. Vladimir. 4. Kiyev. 5. Parij. 6. Sevilya A) 5, 6 B) 1, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 2 56 / 90 56. Ilmga bo’lgan chanqoqlik tufayli Buxoro, marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag’dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini diniy ilmlarini, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf- odatlarini chuqur o’rgangan alloma tavallud topgan yildan 205 yil muqaddam quyidagilardan kim tavallud topgan? A) “Kitob at-Tavhid” asari muallifi; B) “Hayotnoma” asarining muallifi; C) “Hidoya” asarining muallifi; D) “Al-jome as-Sahih” asari muallifi; 57 / 90 57. Quyidagi voqealardan bir yilda yuz berganlarini toping. 1)Eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 2)Pero’z eftallarga qarshi yurish qildi; 3)Sosoniyla va Kidariylar o’rtasida jang bo’lib o’tdi: 4)hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temirqalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar: A) 2.4 B) 1.4 C) 1.3 D) 3.4 58 / 90 58. Quyidagilardan nisbatan keyinroq sodir bo'lgan voqeani aniqlang. A) To'rtko'lda dehqon, batrak va qizil askar deputatlari Qoraqolpoq avtonom viloyati sovetlarining I tasis syezdi bo'lib o'tdi B) Qoraqolpog'iston Qozog'iston ASSR tarkibiga kiritildi C) Tojikiston ASSR o'rniga Tojikiston SSR tashkil topdi va u O'zbekiston SSR tarkibidan chiqdi D) Samarqandshahridabo'lib o'tgantasisqurultoyida O'zbekiston komsomoliga asos solindi 59 / 90 59. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflash B) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi C) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davr D) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi 60 / 90 60. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko’plab provinsiyalari,jumladan qaysi yirik shaharlar Gomindanchilar qo’liga o’tdi? A) Nanchan, Shanxay, Urumchi, Pekin B) Pekin, Urumchi, Uxan, Nankin C) Uxan, Shanxay, Nanchan, Nankin D) Pekin, Nankin, Uxan, Nanchan, 61 / 90 61. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) hammasining narxi bir xil B) 3 C) 1 D) 2 62 / 90 62. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 100 B) 110 C) 150 D) 120 63 / 90 63. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 5 B) 8 C) 6 D) 10 64 / 90 64. EKUK(15,45,21) ni toping. A) 210 B) 115 C) 315 D) 215 65 / 90 65. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 180 B) 300 C) 120 D) 240 66 / 90 66. 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 7 B) 6 C) 9 D) 8 67 / 90 67. Hisoblang. A) 0,3 B) 3 C) 2 D) 30 68 / 90 68. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 163 B) 177 C) 157 D) 161 69 / 90 69. Bog‘da 150 tup olma va 450 tup o‘rik meva daraxtlari mavjud. Olma daraxti jami bog‘dagi mevalarning necha foizini tashkil etadi? A) 40% B) 25% C) 60% D) 75% 70 / 90 70. Hisoblang. A) 44/5 B) 60/8 C) 27/4 D) 8 71 / 90 71. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) qozoq B) qoraqalpoq C) tatar D) Buyg‘ur 72 / 90 72. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) Bsof fe’l B) ravishdosh C) sifatdosh D) harakat nomi 73 / 90 73. Qaysi javobda qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llanadigan bo‘g‘lovchilar keltirilgan? A) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti B) ammo, lekin, agar, chunki, negaki C) chunki, negaki, goh... goh, balki, mabodo D) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni 74 / 90 74. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 75 / 90 75. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan? A) tushum, o‘rinpayt, bosh B) qaratqich, chiqish o‘rin payt C) chiqish, o‘rin-payt D) qaratqich, tushum, jo‘nalish, bosh 76 / 90 76. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -gach, -t, -ir, -n, -i B) -in, -t, -ir, -ish, -il C) -gach, -guncha, -gani, -ib D) -guncha, -la, -in, -il, -gan 77 / 90 77. til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 78 / 90 78. Muallim va ustozning qimmatli vaqtlarini qadrlab, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli? 1ot 2sifat 3fe’l A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 79 / 90 79. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -lik, -zor, -ar B) -li, -kash, -im C) -qi, -choq, -in D) -kash, -eh, -la 80 / 90 80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) shovqinlilik B) jaranglilik C) portlovchilik D) til orqalilik 81 / 90 81. Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 1750 B) 2700 C) 1500 D) 2000 82 / 90 82. G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) xonaqoh B) madrasa C) sardoba D) maqbara 83 / 90 83. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Shohmurod B) Nasrullo C) Olimxon D) Haydar 84 / 90 84. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni qachon tasdiqlandi? A) 2017-yil, 7-fevral B) 2017-yil, 24-iuyn C) 2016-yil, 11-fevral D) 2016- yiul,15-yanvar 85 / 90 85. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Sharof Rashidov B) Rafiq Nishonov C) Inomjon Usmonxo‘jayev D) Rustam Saidov 86 / 90 86. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” B) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” C) forscha, “daryoning quyi qismi” D) arabcha, “daryoning narigi tomoni” 87 / 90 87. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) Behbudiy B) A. Avloniy C) Hamza D) A. Samadov 88 / 90 88. Quyidagi qaysi tarixiy asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilgan? A) “Tarix” asarida B) “Tarixiy-yilnomalar” asarida C) “Qadimgi sharq” asarida D) “Geografiya” asarida 89 / 90 89. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) “Ustod” B) “Hojib” C) B“Naqib” D) “Xatib” 90 / 90 90. MAN Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi qachon ishga tushirilgan? A) 2002-yil B) 2009-yil C) 2005-yil D) 2007-yil Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1