Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 296 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Noma’lum tuz eritmasiga NaOH eritmasi qo‘shilganida havodan yengil, o‘tkir hidli gaz ajralishi kuzatildi. Eritmada esa faqat NaCl qolganligi ma’lum bo‘lsa, noma’lum tuzning kimyoviy formulasini keltiring. A) H2O B) Ar C) H2 D) NH4Cl 2 / 25 2. 226Ra izotopining yarim-yemirilish davri 1600 yil. Bu 1600 yil o‘tgach izotopning yarmi parchalanib, qolgan yarmi esa o‘zgarishsiz qolganini bildiradi. Shu muddat ichida 226Ra izotopining parchalanish tezligi qanday o‘zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi C) tezlik o‘zgarmaydi D) reaksiya yakunlanib, tezlik 0 ga teng bo‘ladi 3 / 25 3. Gipotetik reaksiyaning tezligi temperatura 20°C dan 50°C gacha ko‘tarilganida 8 marta oshsa, 50°C dagi tezlikni yana 4 martaga oshirish uchun temperaturani necha °C gacha ko‘tarish kerak? A) 60°C B) 70°C C) 80°C D) 90°C 4 / 25 4. Oltingugurt bug‘larining metanga nisbatan zichligi 16 bo‘lsa, bug‘ molekulalarining formulasini aniqlang. A) S₈ B) S₄ C) S₆ D) S₂ 5 / 25 5. BCl2 molekulasida B atomlari sp² gibridlangan bo‘lib, B-Cl bog‘ining uzunligi x ga teng. BCl3 molekulasida Cl atomlari orasidagi masofa 0,303 nm bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang. A) 1,175 nm B) 0,275 nm C) 0,185 nm D) 0,175 nm 6 / 25 6. 1s22s22p63s23p6 elektron konfiguratsiya qaysi zarrachaga tegishli? A) S2⁻ B) Ti³⁺ C) Ne D) Cl⁺ 7 / 25 7. Agar tabiatda xlorning 35 va 37 izotoplari mavjud bo‘lsa, Cl2 tarkibli gaz molekulalarining necha foizi 35Cl-35Cl izotop tarkibga ega bo‘ladi? Ar(Cl) = 35,5. A) 75,00% B) 6,25% C) 56,25% D) 25,00% 8 / 25 8. Mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan 0,5% 80 ml lidokain eritmasini tayyorlash uchun 10% 2,0 ml lidokain ampullasidan nechta kerak bo‘ladi? Har ikkala eritmaning ham zichligini 1,0 g/ml deb qarang. A) 1 B) 4 C) 3 D) 2 9 / 25 9. 98% sulfat kislota hosil qilish uchun 32% 20,0 kg oleumga qancha 60% sulfat kislota qo‘shish kerak? A) 4,84 kg B) 7,84 kg C) 6,84 kg D) 5,84 kg 10 / 25 10. 20 pg vodorod ftorid molekulalarini bittalab sanab chiqish uchun necha yil talab etiladi? Sanoq tezligi har sekundda 1 ta molekula. 1 pg = 10-12 g. A) 320 B) 458 ming C) 23 ming D) 19 ming 11 / 25 11. Moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarra bu - … A) atom B) yadro C) klaster D) molekula 12 / 25 12. 2SO2 + O2 = 2SO3 reaksiya uchun vanadiy(V) oksidi geterogen katalizator hisoblanadi. Katalizator ishtirokidagi reaksiyalar 2 bosqichda amalga oshadi: 1-bosqich: .... 2-bosqich: 4VO2 + O2 = 2V2O5 Katalizatorga xos umumiy xususiyatlardan kelib chiqib 1-bosqich reaksiya tenglamasini keltiring. A) II B) III C) IV D) I 13 / 25 13. 3 mol A modda 3 mol B modda bilan aralashtirildi. Natijada A + B ↔ C + D muvozanat o‘rnatildi. Agar K = 4 va reaksion aralashma hajmi 1 litr bo‘lsa, muvozanat qaror topganidan keyingi reaksiya unumini (%) aniqlang. A) 68.70% B) 86.70% C) 96.70% D) 66.70% 14 / 25 14. Asosiy holatda valent elektronlari uchun kvant sonlari: n = 3, l = 0 (m = 0); 1 (m = -1; 0; +1) bo‘lgan elementlarni aniqlang (shu talabga mos keluvchi barcha elementlarni ko‘rsating). A) P, S, Cl, Ar B) P, H2O, Cl, Ar C) P, S, Cl, H2 D) P, H2, Cl, Ar 15 / 25 15. 10 m³ hajmli idishda 2 atm bosim 25°C temperaturada 22,9 kg qutbsiz gaz qamalgan bo‘lsa, ushbu gazning kimyoviy formulasini keltiring. A) Cl B) N2 C) H2O D) H2 16 / 25 16. Ozon va kislorod aralashmasining o‘rtacha molyar massasi 40 g/mol bo‘lsa, undagi ozonning hajmiy ulushini aniqlang. A) 50% B) 60% C) 80% D) 70% 17 / 25 17. 50 g ohaktosh parchalanganda 32,4 g qattiq qoldiq qolgan bo‘lsa, parchalanmay qolgan ohaktoshning massasini aniqlang. A) 10,0 g B) 0,0 g C) 22,4 g D) 20,0 g 18 / 25 18. C + O2 = CO2. Ushbu reaksiya issiqlik effektiga ko‘ra qanday reaksiya hisoblanadi? A) Endotermik B) Gipotermik C) Gipertermik D) Ekzotermik 19 / 25 19. 0,1 M 10,0 ml Na2CO3 eritmasiga metilzarg‘aldog‘i qo‘shildi va sariq rangli eritma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan eritmaga 0,1 M 10,0 ml HCl eritmasi qo‘shilsa, eritma rangi qanday bo‘ladi? A) binafsha B) sariq C) olovrang D) qizil 20 / 25 20. Sulfat kislotali muhitda kaliy yodidga 5% 500 ml (ρ = 1,0 g/ml) KMnO4 ta’sir ettirib qancha yod olish mumkin? A) 150 g B) 100 g C) 200 g D) 50 g 21 / 25 21. Agar N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiya uchun muvozanat konstantasining qiymati x ga teng bo‘lsa, ⅓N2 + H2 = ⅔NH3 reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymati qanday bo‘ladi? A) IV B) III C) II D) I 22 / 25 22. Avogadro doimiysining o‘lchov birligi qanday? A) 1/mol B) o‘lchov birligiga ega emas C) g/mol D) mol 23 / 25 23. Gipotetik X suyuqlik (M = 39,2 g/mol) n.sh.da bug‘langanida hajmi 1000 marta oshishi uchun qanday zichlikka (g/ml) ega bo‘lishi kerak? A) 1,25 B) 1,00 C) 1,5 D) 1,75 24 / 25 24. Suv (a), etil spirti (b) va sulfat kislota (c) berilgan. Ularni qaynash temperaturasi oshib borish tartibida joylashtiring. A) a-c-b B) b-a-c C) c-b-a D) a-b-c 25 / 25 25. Quyidagi jadvalda Y elementning ionlanish energiyasi qiymatlari keltirilgan. Jadvaldan foydalanib, Y elementning valentligini aniqlang. A) 5 B) 3 C) 4 D) 2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz