11-sinf Kimyo olimpiada №1

0

11-sinf Kimyo olimpiada №1

2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. 5 g noma’lum metall xlorid kislota eritmasi bilan ta’sirlashganida 2 litr (n.sh.da) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang.

2 / 25

2. Kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini aniqlash uchun undan 10,0 ml alikvota olindi va suv bilan 250,0 ml hajmgacha suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmadan 10,0 ml alikvota olinib, unga 2 M 10 ml H2SO4 va 0,200 M 10,0 ml FeSO4 qo‘shildi. Biroz vaqt o‘tgach aralashma 0,020 M KMnO4 eritmasi bilan titrlandi. Titrlash uchun 5,0 ml titrant sarflangan bo‘lsa, dastlabki kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini (M) aniqlang.

3 / 25

3. Etil spirti kislotali sharoitda qizdirilganida A uglevodorod hosil bo‘ldi. A ning polimerlanishidan B polimer hosil qilindi. Polimerlanish natijasida molekulalar soni 1000 marta kamaygan bo‘lsa, B ning polimerlanish darajasini hisoblang.

4 / 25

4. O‘ng tomondagi rasmlarda CH3CH2F → CH2=CH2 + HF reaksiya uchun tegishli ma’lumotlar keltirilgan: R – tegishli yadrolar orasidagi masofa, ∆R – yadrolar orasidagi masofaningboshlang‘ichga qaraganda qanchaga o‘zgarishini bildiradi. RHF, RCM va RCC masofalar vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini (A, B, C, D) aniqlang.

 

5 / 25

5. 25°C da 100 g suvda 0,17 mg AgCl erishi ma’lum bo‘lsa, erish reaksiyasining (AgCl ↔ Ag+ + Cl-) muvozanat konstantasini hisoblang. Tuz qo‘shilganida suvning hajmi o‘zgarmaydi deb qarang.

6 / 25

6. Quyida keltirilgan (1) va (2) reaksiyalarning muvozanat konstantalari qiymatlaridan (x va y) foydalanib, (3) reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymatini (z) keltirib chiqaring.

7 / 25

7. 2-metilbuten-2 molekulasi HBr bilan ta’sirlashganda eng ko‘p qanday mahsulot hosil bo‘ladi?

8 / 25

8. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang.

9 / 25

9. 19,2 g kalsiy karbididan qancha hajm (ml) benzol (ρ = 0,876 g/ml) olish mumkin? Har bir bosqichning reaksiya unumi 50%.

10 / 25

10. Quyidagi moddalardan qaysilari natriy bilan ta’sirlashib gaz ajrata oladi: 1) etilen 2) etanol 3) sirka aldegidi 4) fenol 5) sirka kislotasi?

11 / 25

11. Bor modeliga ko‘ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko‘ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 2-orbitaga (n= 2) o‘tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi?

12 / 25

12. 2Al3+ + 3CO32- + 3H2O → 2Al(OH)3 + 3CO2 Ushbu jarayon qaysi moddalar ishtirokida sodir bo‘ladi?

13 / 25

13. 1,43 ml (ρ = 0,81 g/ml) noma’lum aldegid kumush(I) oksidining ammiakdagi eritmasi bilan oksidlanganida 4,32 g kumush hosil bo‘lgan bo‘sa, noma’lum aldegidni aniqlang.

14 / 25

14. Etilatsetat (CH3COOC2H5) belgilangan kislorod tutuvchi suv (H218O) bilan gidrolizlansa, qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi?

15 / 25

15. Oltingugurt kislotalarining qaysi birida massa bo‘yicha 1,03% - H, 32,99% - S mavjud bo‘ladi?

16 / 25

16. Butenning izomerlaridan biriga kislotali sharoitda suv biriktirilganida oksidlovchilar bilan ta’sirlashmaydigan spirt hosil bo‘ladi. Uglevodorodni aniqlang.

17 / 25

17. AlCl3 suyuqlanmasi 6,4 A tok kuchi bilan 30 minut davomida elektroliz qilinganida katodda hosil bo‘ladigan metallning massasini (g) aniqlang.

18 / 25

18. Havodagi azotning sanoatda o‘zlashtirilishi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshadi: N2 → NH3 → NO → NO2 → HNO3 → NH4NO3. Sxemadan ayon bo‘lyabdiki, ammoniy nitrat tarkibidagi ham ammoniy kationi, ham nitrat anioni havo tarkibidagi azotdan hosil bo‘lmoqda. 1 tonna ammoniy nitrat sintez qilish uchun qancha m3 (n.sh.da) havoni qayta ishlash kerak? (Havodagi azotning hajmiy ulushini 80% deb qarang)

19 / 25

19. HClO-HClO2-HClO3-HClO4 kislotalar qatorida kislotaning kuchi (1) va oksidlovchilik qobiliyati (2) qanday o‘zgaradi?(a) ortadi; (b) kamayadi; (c) o‘zgarmaydi

20 / 25

20. Kaliy xromat va kaliy dixromat tuzlari aralashmasida xromning massa ulushi 30,0% bo‘lsa, undagi xromat/dixromat mol nisbatini aniqlang.

21 / 25

21. PZR (Polimerazali Zanjir Reaksiyasi) (COVID-19 pandemiyasida barchaga tanilib ulgurgan!) usulida DNK molekulasidan juda ko‘p marotaba nusxa olinadi. 1-siklda 1 ta DNK dan 1 ta nusxa, 2-siklda 2 ta DNK: har biridan 1 tadan, jami 2 ta nusxa, 3-siklda 4 ta DNK dan jami 4 ta nusxa olinsa, DNK molekulalari soni 100 tadan oshishi uchun nechanchi siklni bajarish kerak?

22 / 25

22. Ra-226 izotopi α-yemirilishga uchraydi. Agar 1,13 g radiy-226 izotopi shunday parchalansa, qancha hajm (n.sh.da) gaz hosil bo‘ladi?

23 / 25

23. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J)

235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol

24 / 25

24. Qaysi qatorda Cu+ ionining elektron konfiguratsiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? ⁴⁵⁷⁸ ¹

25 / 25

25. 2N2O = 2N2 + O2 reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalanadi: r = k[N2O]2. Azot(I) oksidining yarmi parchalanishga ulgursa, uning parchalanish tezligi dastlabkisiga nisbatan qanday o‘zgaradi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0