Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 10-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 257 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. {N2 + 3H2 = 2NH3 + Q} reaksiyaning muvozanatini o‘ngga siljitish uchun bosim (1) va temperaturani (2) qanday o`zgartirish (a – oshirish, b - kamaytirish) kerak? To‘g‘ri moslikni tanlang. A) 1-b, 2-b B) 1-a, 2-a C) 1-a, 2-b D) 1-b, 2-a 2 / 25 2. Elektron yuqoriroq orbitadan pastrog‘iga tushsa, energiya kvanti … Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) chiqariladi B) elektronga aylanadi C) yutilmaydi ham, chiqarilmaydi ham D) yutiladi 3 / 25 3. 0°C dagi muz 0°C dagi suyuq suv bilan muvozanatda turgan paytda bosimni oshirsak, nima sodir bo‘ladi? A) muz suyuq suvga aylanadi B) hech narsa o‘zgarmaydi C) bu holatda bosimni oshirishning imkoni yo‘q D) suyuq suv muzga aylanadi 4 / 25 4. 1,42 g P4O10 suvda eritilganida kislotali eritma hosil bo‘ldi. Uni to‘liq neytrallash uchun 1,0 M NaOH eritmasidan 20,0 ml sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan fosfor saqlovchi kislotaning kimyoviy formulasini aniqlang. A) O₂ B) NH₄N₃ C) HPO₃ D) FeCl₃ 5 / 25 5. Yadro reaktorlarida uran-235 yoqilg‘isi neytronlar ta’sirida parchalanadi: 235U + n = 141Ba + X + 3n. Ushbu yadro parchalanishida hosil bo‘ladigan X izotop tarkibidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 92 B) 20 C) 56 D) 36 6 / 25 6. O‘lchamlari 4,0 m x 3,0 m x 2,5 m, temperaturasi 20°C bo‘lgan xonada 0,5 litr (ρ = 1,6 g/ml) noma’lum X (M = 80 g/mol) suyuqlik qoldirib ketilgan. Agar 20°C da X suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi 5 mm Hg bo‘lsa (suyuqlik ushbu temperaturada hosil qilishi mumkin bo‘lgan bug‘larning eng katta bosimi), muvozanat qaror topganda idishda qancha hajm X suyuqlik qoladi? A) 410,5 ml B) X ning hammasi bug‘lanib ketadi C) 455,3 ml D) 89,5 ml 7 / 25 7. Quyidagi keltirilgan kvant sonlarining qaysi kombinatsiyasi bitta elektronga tegishli bo‘la olmaydi? A) n = 3, l = 1, m +1 B) n = 2, l = 1, m = 0 C) n = 1, l = 0, m = -1 D) n = 4, l = 2, m = -1 8 / 25 8. Ozon qatlamining yemirilishida quyidagi reaksiyalar ishtirok etishi mumkin: O3 = O + O2 O3 + NO = O2 + NO2 O3 + O = 2O2 O3 + NO2 = 2O2 + NO Keltirilgan reaksiya tenglamalarini tahlil qilib, ozon qatlamining yemirilishini katalizlovchi moddalarni aniqlang. A) O₂ va NO B) O₂ C) O-atomlari D) NO 9 / 25 9. Tarkibida massa bo‘yicha 6,67% vodorod saqlovchi binar tuz qizdirilsa, portlab ketadi va hech qanday qattiq qoldiq qolmaydi. Tuzning kimyoviy formulasini aniqlang. A) NH₄N₃ B) O₂ C) NO D) FeCl₃ 10 / 25 10. Quyida ba’zi reaksiyalarning issiqlik effektlari keltirilgan: C(grafit) + ½O2 = CO + 110,5 kJ/mol C(grafit) + O2 = CO2 + 393,5 kJ/mol Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, {CO + ½O2 = CO2} reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang. A) 172,5 kJ/mol B) 141,5 kJ/mol C) 283,0 kJ/mol D) 504,0 kJ/mol 11 / 25 11. 21% KOH eritmasini hosil qilish uchun 47 g K2O ni 7,9% KOH eritmasining qanday massasida (g) eritish kerak? A) 352 g B) 452 g C) 335 g D) 362 g 12 / 25 12. {A + B ↔ C + D} reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topganida muvozanat konstantasi (K) quyidagicha aniqlansa: ?uni to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezlik konstantalari orqali ifodalashga urinib ko‘ring. A) I B) III C) II D) IV 13 / 25 13. NO3-+ xH+ + ye- = NH4+ + zH2O yarim-reaksiyadagi x,y,z koeffisientlarni aniqlang. (Barcha koeffisientlar to‘g‘ri bo‘lgan taqdirdagina javob inobatga olinadi) A) x = 10, y = 8, z = 3 B) x = 10, y = 8, z = 8 C) x = 5, y = 8, z = 10 D) x = 8, y = 10, z = 9 14 / 25 14. 18,5 g so‘ndirilgan ohak olish uchun necha g ohaktosh kerak bo‘ladi? A) 14 B) 13.7 C) 33 D) 25 15 / 25 15. Vodorod – 1H, 2H, 3H, jami 3 ta, xlor esa 35Cl va 37Cl, jami 2 ta izotopdan iborat ekanligini inobatga olib, izotop tarkibi bilan farq qiladigan jami necha xil HCl molekulalarini hosil qilish mumkinligini ayting. A) 7 B) 6 C) 4 D) 5 16 / 25 16. Propan va butandan iborat 5,6 dm³ (n.sh.da) aralashma to‘iq yonishi natijasida 654 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Propan va butanning yonish issiqligi mos ravishda 2 220 va 2 877 kJ/mol bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushini (%) hisoblang. A) 15.1 B) 84.9 C) 39.7 D) 60.3 17 / 25 17. Mis sulfatning 90°C dagi to`yingan 200 g eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho`kmaga tushadigan CuSO4∙5H2O ning massasini hisoblang. S (90°C) = 40, S (30°C) = 20. (S – 100 g suvda necha g tuz erishi mumkinligini ko‘rsatadi) A) 40 g B) 50 g C) 30 g D) 20 g 18 / 25 18. 4,2% 100 g natriy gidrokarbonat eritmasi qilzdirildi. Reaksiya to‘liq yakunlanganidan keyin eritmadagi tuzning massa ulushi necha foiz bo‘ladi? Tajribada suvni bug‘lanmaydi deb qarang. A) 5.68% B) 2.68% C) 4.68% D) 3.68% 19 / 25 19. Lorandit (ZAsSx) va Vrbait (Z4Hg33SbxAs8S20) minerallarida Z elementning og‘ir izotopi uchraydi va ularda ushbu izotopning massa ulushi mos ravishda 60,0% va 28,6%. Agar Z element izotopining atom massasi uning yadro zaryadidan 2,580 marta katta bo‘lsa, Z elementni aniqlang. A) Tl B) NO C) O₂ D) NO 20 / 25 20. FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda titrlash uchun 0,1 N K2Cr2O7 eritmasidan 5,7 ml sarflandi. Xuddi shuncha FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda noma’lum konsentratsiyali KMnO4 eritmasi bilan titrlash uchun esa permanganat eritmasidan 6,1 ml sarflangan bo‘lsa, KMnO4 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang. A) 0,019 M B) 0,467 M C) 0,004 M D) 0,093 M 21 / 25 21. Muz (1), osh tuzi (2), kremniy (3) va bronza (4) qattiq agregat holatdagi moddalar sanaladi. Ularning aynan shu agregat holatda saqlanishini ta’minlaydigan kimyoviy bog‘lanish turlarini aniqlang. (a) – kovalent bog‘lanish; (b) – ion bog‘lanish; (c) – metall bog‘lanish; (d) – vodorod bog‘lanish A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 22 / 25 22. Gaz fazasida kechadigan X2 + 2Y2 → 2XY2 reaksiyaning tezligi reaksion idishdagi bosim 6 marta oshirilganda qanday o`zgaradi? A) 36 marta ortadi B) o‘zgarmaydi C) 6 marta ortadi D) 216 marta ortadi 23 / 25 23. Agar mis(II) sulfat eritmasi misli elektrodlar bilan elektroliz qilinsa, katodda mis to‘planadi. Anodda qanday jarayon amalga oshishini tushuntiring. A) mis(II) oksidi hosil bo‘ladi B) elektrod tarkibidagi mis eritmaga Cu2+ ionlari ko‘rinishida o‘tadi C) kislorod ajralib chiqadi D) mis(II) gidroksidi hosil bo‘ladi 24 / 25 24. 0,050 M 10,0 ml sulfat kislota eritmasi 0,025 M NaOH bilan fenolftalein ishtirokida titrlanyapti. Sarflangan titrantning hajmi 35,0 ml ga yetganida eritmaning rangi qanday bo‘ladi? A) rangsiz B) olovrang C) sariq D) binafsha 25 / 25 25. Suvda amalga oshuvchi H2O ↔ H+ + OH- reaksiyaning muvozanat konstantasi (Kw) 25°C da 1,0∙10-14 ga, 100°C da esa 5,5∙10-13 ga teng. Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib, reaksiyaning issiqlik effekti (1) va 100°C dagi neytral suvning pH ko‘rsatkichini (2) aniqlang. (a) – ekzotermik; (b) – endotermik; (c) – 7,0; (d) – 6,1 A) 1-a, 2-c B) 1-a, 2-d C) 1-b, 2-c D) 1-b, 2-d 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz