Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 InfoMaster Aprel 20, 2022 345 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 1 / 30 Narsa otlarining tuzilishi haqida berilgan hukmlarning qaysi biri noto`g`ri? A) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra qo`shma bo`lishi mumkin. B) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra sodda tub yoki yasama bo`lishi mumkin. C) Barcha hukmlar to`g`ri D) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra juft yoki takroriy bo`lishi mumkin. 2 / 30 Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? A) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. B) U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan. C) U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. D) Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. 3 / 30 Qaysi qatorda ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi qo`shimchalar berilgan. A) -man, -san, -dir B) -cha, -lar, -man C) -ga, -da, -dan D) -dir, -day, -dek 4 / 30 Otamday rozi bo`l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o`ksik qizginam. Bag`ringda ming yillik toshlar to`sig`in, Yorib chiqayotgan bir ildizingman! She`riy parchada fonetik o`zgarishga uchragan nechta yasama so`z ishtirok etgan? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 5 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2 D) 1 6 / 30 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 7 B) 8 C) 5 D) 6 7 / 30 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. B) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. C) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. D) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. 8 / 30 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. B) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. C) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. D) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. 9 / 30 Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping. 1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan. 2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan. 3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta. 4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan. A) 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 10 / 30 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) sinekdoxa B) metafora C) vazifadoshlik D) metonimiya 11 / 30 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Layli va Majnun” B) “Hayrat-ul abror” C) “Saddi Iskandariy” D) “Farhod va Shirin” 12 / 30 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4 13 / 30 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. B) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. C) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. D) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. 14 / 30 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) payt B) on C) fursat D) lahza 15 / 30 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “O`tkan kunlar” B) “Mehrobdan chayon” C) “Kecha va kunduz” D) “Navoiy” 16 / 30 “Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li? A) Qovushtixonning B) Odilxonning C) Jig`alixonning D) Shohdorxonning 17 / 30 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! B) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. C) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. D) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. 18 / 30 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) ergashgan qo’shma gap B) egasi yashiringan sodda yoyiq gap C) sodda yoyiq gap D) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap 19 / 30 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l 20 / 30 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. B) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. C) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. D) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. 21 / 30 Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi? A) ro`za B) gumroh C) aqida D) ro`ziy 22 / 30 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Urushning so’nggi qurboni B) Muzqaymoq C) Bemor D) Shum bola 23 / 30 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4 24 / 30 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. B) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. C) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. D) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. 25 / 30 Qaysi qatorda otlashgan so’zning asosi omonimlik xususiyatiga ega emas? A) O’ylamay qilganing boshingga keltirar tashvish. B) Yerni chopgan bilar, terni mehnat qilgan. C) Qush uyasida ko’rganini qiladi. D) Ko’p bilgan kam gapirar 26 / 30 Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asarida oshqaboq xamakka o’xshatilgan qahramon. A) Nazirbek B) Shokir qora C) Shohaziz D) Mo’minshoh 27 / 30 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) B) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? C) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) D) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) 28 / 30 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 2 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta 29 / 30 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. B) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. C) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. D) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. 30 / 30 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. B) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. C) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. D) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1