Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 6-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 6-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 652 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 11 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Quyidagilardan qaysi biri noto`g`ri? A) Geraklit- hamma narsa oqadi B) Suqrot- o`z-o`zingni anglagin va bilgin C) Arximed- “Evrika” D) Demokrit-hamma narsa atomlardan tashkil topgan 2 / 25 Arxeologik va yozma manbalar mil.avv. VI-IV asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganliklaridan dalolat beradi? A) kulolchilik,dehqonchilik, badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik B) zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik C) dehqonchilik, chorvachilik, me`morchilik, ganchkorlik D) badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kavushdo`zlik 3 / 25 To`g`ri fikrni aniqlang. A) Baqtra, Maroqanda, Marg`iyona Antioxiysi va Termiz Salavkiylar davlatining yirik shaharlari hisoblangan B) Mil. avv. II asr oxirlarida Yunon-Baqtriya eng katta sarhadlarga ega bo`lib, bu davrda Hindistonning bir qismi ham davlat tarkibiga qo`shib olingan C) Kanishka davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib olingan D) Shoh yo`li mil.avv. VI-IV asrlarda Qora dengiz bo`yidagi Efes shahrini qadimgi Fors davlati poytaxtlari – Suza va Persepol bilan bog`lab turgan 4 / 25 Dovon poytaxti Ershini egallab olgan Xitoy qo`shinlari nima sababdan shaharni tashlab chiqib ketadi? A) ”Samoviy otlar”ni qo`lga kiritgach bu yerda qolish zarur emas edi B) Qish kirib qolganligi sababli C) Aholining tovon to`lashi evaziga D) Aholining bosqinchilarga o`tkazgan tazyiqi tufayli 5 / 25 Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlangan tarixiy davrda ……. A) O`rta Osiyoning janubiy tumanlarida ziroatchilik xo`jaligiga o`tilgan B) O`rta Osiyoda ilk shahr alomatlariga ega bo`lgan manzilgoh vujudga kelgan C) spool idishlar hayvonlar, qushlar va o`simlik naqshlari bilan bezatila boshlangan D) toshga ishlov berishning yangi usullari:silliqlash, sirlash, arralash, teshikchalar parmalash qo`llanila boshlangan 6 / 25 Afinada xalq boshqaruvi bekor qilingan qonunlar amalga kirgan davr? A) VI asrning 2-yarmi B) VII asr oxiri C) VI asr o`rtalari D) VII asrning 1-yarmi 7 / 25 Makedoniylik Aleksandr Sug`d qo`g`olonidan so`ng qishlash uchun ketgan shahar qaysi ahamoniy hukmdor tomonidan bosib olingan? A) Doro I B) Kambiz II C) Kserks D) Kir II 8 / 25 Noto`g`ri fikrni aniqlang. A) Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi tarmoqlari ibtidoiy ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga kelgan B) Kushonlar davriga oid Eski Termiz, Dalvarzintepa va Ayritomda muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan, aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqalgan C) Qadimgi misrliklar, hindlar va shumerlarda quyosh kalendarlari, shumerlarda yil davomiyligi 354 kun qilib belgilangan oy taqvimi bo`lgan D) Sargon I Shumer va Akkadni birlashtirgan mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo`la boshlagan 9 / 25 Qaysi voqea sak va massagetlar ahamoniylar tarkibidan ajralib chiqqan asrda yuz bergan? A) O`rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan B) Rimda davlat boshqaruvining respublika shakli o`rnatildi C) Yunonistonda jamoat inshootlari toshdan barpo etila boshlandi D) Xeroneya yaqinidagi jangda yunonlar tor-mor etilgan 10 / 25 Afinada qachon davlat boshqaruvida demokratiyaga o`tildi? A) mil.avv. VI asr boshlari B) mil.avv. VI asr oxiri C) mil.avv. V asr oxiri D) mil.avv. VI asr o`rtalari 11 / 25 Qaysi hukmdor davrida Kushonda yangi-yangi shaharlar qurilgan? A) Kanishka B) Kudzula Kadfiz C) Vima Kadfiz D) Yevtidem 12 / 25 Qaysi inshoot ham maqbara, ham ibodatxona vazifasini bajargan? A) Piza minorasi B) Artemida maqbarasi C) Galikarnas maqbarasi D) Misr ehromlari 13 / 25 Yangi davlat yoki yangi sulola asoschilarini toping. 1.Kudzula Kadfiz 2.Kanishka 3.Lyu Ban 4.U Di 5.Diodot 6.Demetriy 7.Salavkiy 8.Antiox 9.Kir II 10.Sin Shixuandi 11.Doro I 12.Solon 13.Trayan 14.Sargon I 15.Chandragupta 16.Ashoka A) 1,4,5,7,9,10,12,14,16 B) 1,3,5,7,9,10,14,15 C) 2,4,5,7,9,10,11,13,14,15 D) 1,3,5,7,9,10,14,15,16 14 / 25 Salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qurilgan Marg`iyona Antioxiysi hozirgi kunda qaysi davlat hududdida joylashgan? A) Tojikiston B) Afg`oniston C) Turkmaniston D) Eron 15 / 25 Quyidagi berilganlar orasidan xato javobni toping. A) Xitoyga ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o`z davlatini tashkil qila boshladi B) G.Shliman 1870-yilda Turkiyaning Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi C) XVII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi tez-tez ro`y beruvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutdi D) Elamda jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri yaratilgan 16 / 25 Olimp tog`ida ilk marotaba muqaddas olov yondirilgan vaqtda qanday voqea sodir bo`ldi? A) troya jangi bo`lgan B) yunon yil hisobi boshlandi C) Yunonistonda teatr paydo bo`lgan D) yunonlarda sport vujudga keldi 17 / 25 Quyidagi hukmdorlarning qaysilari Hindistoning bir qismini bosib olishga muvaffaq bo`lgan? A) Diodot va Kanishka B) Demetriy va Diodot C) Demetriy va Kanishka D) Aleksandr M. va Demetriy 18 / 25 Quyidagi voqealarni xronologik to`g`ri tartibda joylashtiring. 1.Oktavian va Antoniy flotlari o`rtasida jang bo`lib o`tishi 2.Sarkarda Mark Krass tomonidan Spartak qo`shinlarining tor-mor keltirilishi 3.Rim imperiyasi kuch-qudratining qayta tiklanishi 4.Kushon podsholigida Kanishkaning hukmronligi boshlanishi 5.Xitoyda U Di hukmronligining yakunlashishi A) 3,4,2,1,5 B) 2,5,1,4,3 C) 5,2,3,1,4 D) 5,2,1,4,3 19 / 25 Asosan qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) tuz qazib olish va oltin konlari B) kumush konlari va teri mahsulotlari C) kumush konlari va tuz qazib olish D) dengiz savdosi va kulolchilik 20 / 25 Qaysi mulohazada xatolik mavjud? A) Dajla daryosi bo`yi Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo`li qurib bitkazilgach, jahondagi ko`pgina davlatlar bilan savdo va madaniy aloqalar jonlangan B) Platon dunyoda ezgulik qonunlari mavjudligi, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakliligini isbotlagan C) Brut shimoliy Yunonistonda qo`shin to`plab, Rimga jiddiy xavf slogan D) Gannibal, Brut, Mark Antoniy va Kleopatralar dushman qo`liga asir tushishni xohlamay, o`z joniga qasd qilgan 21 / 25 Solon islohotlari natijasida jamiyatda qanday o`zgarishlar sodir bo`lmagan? A) barcha afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati yuzaga keldi B) dehqonlar qarzlari qisqartirildi C) qarz uchun qul qilish bekor qilindi D) Xalq majlisi faoliyati tiklandi 22 / 25 Ismi “astron” so`zidan kelib chiqqan shaxs bir davlatda munajjimga tenglashtirilgan. Ushbu davlatdagi palestralarda o`qitilgan fanlarning homiysi bo`lgan xudo? A) Zevs B) Poseydon C) Afina D) Apollon 23 / 25 Doro I hukmronligining nechanchi yili Marafon jangi bo`lib o`tdi? A) 15 B) 36 C) 28 D) 32 24 / 25 Kir II ning massaget qabilalaridan mag`lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o`tib Doro III qo`shinlari makedonlar tomonidan tor-mor qilindi? A) 190 yil B) 860 yil C) 857 yil D) 200 yil 25 / 25 Yunon-fors urushlarida Plateya yaqinidagi jangdan 50 yil o`tib ……. A) Kambiz Misrni bosib oldi B) Perikl Afina strategi lavozimiga saylandi C) Perikl vafot etdi D) yunon-fors urushlari tugadi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6