Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 51 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) hol B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) ega 2 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Buzrug Ummid B) Shopur C) Sheruya Parviz D) Davron Xallos 3 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Uning gapiga kim ham quloq solardi. B) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. C) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. D) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. 4 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ergash gapdan oldin keladi B) ergash gapdan keyin keladi C) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin D) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi 5 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Hamal keldi // amal keldi. B) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. C) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. D) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. 6 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 2.4 B) 1,3,5. C) 1,2,4 D) 1,2,3,4,5. 7 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. B) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. C) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. D) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. 8 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. B) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi C) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi D) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi 9 / 25 Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan? A) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi B) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi C) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi D) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi 10 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) Ganjaviy B) A.Navoiy C) Bobur D) Ibn Sino 11 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. B) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. C) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. D) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. 12 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,4,5 13 / 25 “Yurtim,ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “jayrondek termulgan’ ta’rifi kimga beriladi? A) Fitrat B) Cho‘lpon C) U.Nosir D) A.Ikromov 14 / 25 Hol ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni qaniqlang. A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. C) Yutug’imiz shu darajada oshdiki, har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. D) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. 15 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Xo‘ja Ahror Valiy B) Bahouddin Naqshband C) Zangi Ota D) Abduxoliq G’ijduvoniy 16 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi B) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi D) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi 17 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. B) to‘ldiruvchi, kesim C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. 18 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. B) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. C) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. D) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. 19 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Qoraxat B) Na’matak C) O‘zbekiston D) Kuz yomg’iri 20 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 400 B) 100 dan ortiq C) 150 D) 200 21 / 25 “Odamga quvvat beradigan umid,boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir” “Ufq” asariga berilgan ushbu ta’rif muallifi kim? A) O‘Hoshimov B) A.Qahhor C) O.Sharafiddinov D) Oybek 22 / 25 Berilgan gaplarning qaysilarida kiritma mavjud? 1)Hoy,aylanay,o‘g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? 2)Voy- bo‘y deb yubordi-u .-Yerimiz muncha chiroyli! 3)Voy,sen-ey,-deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo‘ydi.4)Ey Luqmon Hakim, sening dong'ing tutdi olamni. A) berilgan gaplarda kiritma mavjud emas. B) 1,2,3,4 C) 2,3,4. D) 3,4. 23 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) bog’lovchisiz qo‘shma gap B) bog’langan qo‘shma gap C) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap D) ergashgan qo‘shma gap 24 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq B) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada C) Bulbul navosi,so’z sehri D) Bog’da sayr,kitob uchun gilof 25 / 25 Qaysi gapdagi uyushgan aniqlovchilar orasida fonetik hodisaga uchragan yasama so‘z mavjud? A) Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib menga talpindi. B) Bu yerda xalqning, sizning, mening farzandlarimiz ta'lim olishadi. C) Serchang ,sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. D) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht shavla tortildi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz