Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 193 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 7 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 So‘zlarning teng bog‘lanishi nimani ho‘sil qiladi? A) takroriy so‘zlarni B) uyushiq gaplarni C) so‘z qo‘shilmalarini D) so‘z birikmasini 2 / 25 Maktabimizda taniqli so‘z san’atkorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) notiqlar, qiziqchilar B) rassomlar C) qiziqchilar, yozuvchilar D) yozuvchilar 3 / 25 “Kuntug’mish” dostonida Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib do’st tutingan, lekin ahdiga vafo qilmagan obrazni belgilang. A) Qosim B) Azbarxo’ja C) Mohiboy D) Mullavachcha 4 / 25 “Qutadg‘u bilig” dostonida O‘zg‘urmish timsoli nimaning ramzi sifatida qalamga olingan? A) aql va zakovat B) ma’naviy qadriyat C) adolat ramzi D) sog‘lomlik ramzi 5 / 25 T. Sulaymonnning 1976-yilda chiqqan asarlari nomi qaysi qatorda? A) “Intizor”, “Xarsang” B) “Yov qochdi”, “Iltijo” C) “Iltijo”, “Alhazar” D) ”Iltijo”, “To’ybosh” 6 / 25 Kishilarning oilada, ko’cha-ko’yda fikr almashinuvi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubini aniqlang. A) so’zlashuv uslubi B) rasmiy-idoraviy uslub C) badiiy uslub D) publitsistik uslub 7 / 25 Quyidagilardan qaysi biri yordamchi so’z turkumi hisoblanmaydi? A) ko’makchi B) yuklama C) modal D) bog’lovchi 8 / 25 Adabiy nutqning qaysi uslubida qaror qilindi, inobatga olinsin, tasdiqlanadi so‘zlari va so‘z birikmalari keng qo‘llanadi? A) rasmiy-idoraviy uslubda B) ilmiy uslubda C) badiiy uslabda D) publisistik uslubda 9 / 25 Insholar didaktik maqsadlarga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) turga bo’linmaydi B) 2 C) 4 D) 3 10 / 25 Insoniy xarakter va ijodiy taqdirni o’zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiruvchi misralar kimning qalamiga mansub? A) S. Yesinin B) T. Sulaymon C) M. Yusuf D) U. Nosir 11 / 25 Musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko’p tarqalgan lirik janr qaysi? A) ruboiy B) qit’a C) chiston D) g’azal 12 / 25 “Qutadg’u bilig” dostonida qaysi obraz adolat ramzi hisoblanadi? A) O’zg’urmish B) Kuntug’di C) O’gdulmish D) Oyto’ldi 13 / 25 Kimning turmush o’rtog’i Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan? A) Dilshodi Barno B) Anbar otin C) Uvaysiy D) Nodira 14 / 25 Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” fojiasida Mirzo Ulug`bek ilm ahlining “sim qanotli aravasi” uchib boruvchi baxt shahrini qanday rangda deb ataydi? A) marvarid rang B) firuzarang C) bika rang D) zangori rang 15 / 25 Shaxsi ma’lum gapni toping. A) Keksalikni ko‘prikka tashbeh qiladilar B) Hayotni go‘zalliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi C) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi D) Otaning amaliga suyanma 16 / 25 Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi joy firdavs bog‘iga o‘xshatiladi? A) Do‘rmancha B) Oltiariq C) O‘ltarma D) Roshidon 17 / 25 Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Men baxtli insonman. B) Kitob bilim manbayi. C) Hammayoq top-toza chiroyli. D) Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman. 18 / 25 Barchasi bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmalari qatorini aniqlang. A) gul atri, tez yugurmoq, kitob o‘qimoq B) baxtli voqea, milliy g‘oya, sof havo C) yurt kezgan, shahar ko‘chalari, bahor havosi D) maktab bog‘i, mehr bilan boqmoq, shahar kezmoq 19 / 25 Yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishiga nima deyiladi? A) og‘zaki nutq B) adabiy nutq C) yozma nutq D) nutq uslubi 20 / 25 “Bo`l” radifli g`azalining 3-baytida qo`llangan tazod san’atiga oid so`zlarni belgilang. A) “shisha” va “po`lat” B) “men” va “kim” C) “vayron” va “obod” D) “o`lmak ” va “tirilmak” 21 / 25 Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan gaplar… A) atov gap deyiladi B) so‘z-gaplar deyiladi C) to‘liq gap deyiladi D) to‘liqsiz gap deyiladi 22 / 25 Olamda katta voqealar ro’y berganda, kichik voqealar ham och tomirlarini cho’zib, fursatni qo’ldan bermay, o’z huquqlarini talab etadi? Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) “Nur va soyalar” B) “Shohnoma” C) “Shinor” D) ”Qochoq” 23 / 25 Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar…. A) qo‘shma so‘z deyiladi B) so‘roq gap deyiladi C) qo‘shimcha gap deyiladi D) sodda gap deyiladi 24 / 25 “Qutadg‘u bilig ”asarining Vena nusxasi qaysi yozuvda ko‘chirilgan? A) so‘g‘d yozuvida B) turkiy yozuvida C) uyg‘ur yozuvida D) arab yozuvida 25 / 25 Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan? A) Buvraxon B) Xolmo’min C) Mohiboy D) Kuntug’mish 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2