Biologiya attestatsiya №7 Mart 1, 2022Mart 1, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Biologiya attestatsiya №7 ga fikr bildirilmagan. 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Biologiya fanidan attestatsiya savollari №7 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Qaysi xususiyat irsiy xususiyatlar bilan chambarchas bog’liq? A) Harakatlanish B) Ko’payish C) O’z o’zini tiklash D) Qo’zg’aluvchanlik 2 / 40 Digeterezigotalar chatishtirilganda necha xil genotipik sinf hosil boʻladi A) 9 B) 4 C) 12 D) 8 3 / 40 Daryo qisqichbaqasining hid sezuvchi hujayralari impulsni qaysi nerv tuguniga olib boradi? A) qorin nerv zanjiri B) bosh miya C) halqum usti D) halqum osti 4 / 40 Qo’sh membranali-bir membranali- membranasiz hujayra organoidlarini belgilang? A) yadro, sitoplazma, golji B) mitoxondriya, lizosoma, ribosoma C) yadro, golji, endolazmatik to’r D) xloroplast, golji, lizosoma 5 / 40 Qaysi o`simliklarni murtak xaltasidagi hujayralar soni gulkosasini soniga teng? 1) Zarmiton 2) Zarafshon 3) Umid 4) Porloq 5) Umirboqi 6) Farhod 7) Saratov-29 8) Sulton A) 2.6 B) 1.5 C) 3,4,7 D) 3.8 6 / 40 Nondagi oqsil miqdorini oshirish uchun 6,5 t unga qancha gramm lizin qo’shiladi? A) 675 B) 975 C) 650 D) 150 7 / 40 Faqat asosiy xo`jayinli (a) faqat oraliq xo`jayinli (b)ham asosiy,ham oraliq xo`jayinli (c) hayvonlarni ko`rsating? 1)askarida; 2) exinakok; 3) jigar qurti; 4) baqachanoq; 5)gijja; 6) qoramol solityori. A) a-1,5; b-4; c-2,3,6 B) a-1,5; b-2; c-3,4,6 C) a-4; b-1,5; c-2,3,6 D) a-2,6; b-4; c-1,3,5 8 / 40 Quyidagi rasmda keltirilgan organizmni biologiyaning qaysi sohasi o’rganadi ? A) zoologiya B) anatomiya C) ekologiya D) sistematika 9 / 40 Poliomiyelit kasaligini kelib chiqish sababi va belgilarini ko’rsatng. 1)Sezuvchi nerv tolasining yallig’lanishi 2)orqa miya harakatlantiruvchi neyronlarini yallig’lanishi 3)shamolash yoki og’ir yuk ko’tarish natijasida kelib chiqadi 4)nerv boshqaradigan organ shol bo’lib qoladi A) 1,4 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,3 10 / 40 Quyidagilardan prokariot (yadrosiz) organizmlarni aniqlang. 1) E.eoli 2) psevdomanas 3) odamning yetilgan eritrositlari 4) jigar hujayralari 5) trombotsit 6) Agrobakterium 7) xrokokk 8) xlorella 9) nitella 10) foraminifera 11) bezgak paraziti 12) yo’tinlarning arxegoniysi A) 11,6,8,10,7,4 B) 6,3,7,5,1,2 C) 6,2,7,1 D) 4,5,6,7,1 11 / 40 Tuproqdagi tik inda (a), ko`p kamerali inda (b) va tuproq yuzasidagi inda (c) yashovchi bo`g`imoyoqlillarni toping. A) a-chigirtka; b-oq chumoli; c-yomg`ir chuvalchangi B) a-biy; b-chumoli; c-O`rta Osiyo termitlari C) a-chumoli; b-termit; c-chirildoq D) a-biy; b-chigirtka; c-Turkiston termiti 12 / 40 Xaltaga ega ammo xaltalilar kenja sinfiga mansub bo`lmagan, modda almashinuvi jadal bormaydigan organizmni aniqlang. A) yexidna B) dengiz toychasi C) yirik letyaga D) xaltali krot 13 / 40 Meyoz jarayonida xromosomalar to’plami holatlari qanday ketma – ketlikda namoyon bo’ladi 1) bir xromatidali xromosomalarning tetraploid to’plami 2) bir xromatidali xromasomalarning diploid to’plami 3) bir xromatidali xromosomalarning gaploid to’plami 4) ikki xromatidali xromosomalarning gaploid to’plam 5) ikki xromatidali xromosomalarning diploid to’plam A) 5,2,3,4,1 B) 5,2,3,5,1 C) 3,2,5,1,4 D) 2,5,4,2,3 14 / 40 Umurtqalar soni 33 ta bo`lgan katta yoshli odamning tabiiy egilishlarda ishtirok etmagan umurtqalar soni nechta? A) 5 B) 29 C) 4 D) 3 15 / 40 Qushlarda ko‘tarilish yuzasini hosil qiluvchi patlarini ularning joylashgan o‘rni bilan juftlang.1)birinchi tartib qoqish; 2) ikkinchi tartib qoqish; 3) kontur boshqarish; 4) kontur qoplag‘ich. a)tana yuzasida bo‘ladi; b) panja suyaklari sohasida bo‘ladi; c) dumida bo‘ladi; d) qoplag‘ich patlar ostida bo‘ladi; e) bilak suyaklari sohasida bo‘ladi A) 1- b; 2-e; 3-c B) 1-e; 2-b; 3-c; 4-a C) 1-e; 2-b; 3-a D) 1-b; 2-e; 3-a; 4-c 16 / 40 Changchilari oltita bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1. karam 2.lola 3.anzur piyoz 4. oddiy jag‘-jag‘ 5.boychechak 6. o‘sma 7. olg‘i 8. afsonak 9. tangao‘t 10. turp A) 1.4.6.10 B) 2.4.5.10 C) 1.3.8.9 D) 2.3.5.7 17 / 40 Belgilarni irsiylanishiga oid no’to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. A) Donning rangi och pushti va qizil bo’lgan bug’doy o’simliklari o’zaro chatishtirilsa avlod don rangi och qizil va oq bo’ladi B) Digeterozigota pushti donli va oq donli bug’doylar o’zaro chatishtirilsa avlodda och pushti donli o’simliklar xosil bo’ladi C) Digomozigota ikki xil genotipli doni pushti rangli bug’doy o’simliklari avlodining genotipi digeterozigota xolatda bo’ladi D) Donining rangi qizil va oq bo’lgan bug’doy o’simligi avlodining don rangi pushti bo’ladi 18 / 40 Voyaga yetgan organizm va uning lichinkasi bir xil og‘iz apparatiga ega bo‘lgan hasharotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) podalariy; 2) temirchak; 3) maxaon; 4) ninachi; 5) bronza qo‘ng‘izi. A) 2.4 B) 2, 3, 5 C) 1, 3 D) 2, 4, 5 19 / 40 Spermatogenezning o’sish davri oxirida bitta xromosomadagi DNK ning yetilish davri oxiridagi shu xromosomadagi DNK ga nisbati qanday bo’lishini aniqlang. A) 2:1 B) 1:2 C) 2:2 D) 4:1 20 / 40 Bir yoshli tulkining o`rtacha og`irligi 20,5 kg. Uning bir oyligidagi tana vazni 500 gr bo`lib, kuropatkalar (o`rtacha vazni 800 gr) bilan oziqlana boshladi. Tulki bir yoshdagi vazniga yetgunga qadar nechta kuropatka iste`mol qilgan? A) 250 B) 20 C) 200 D) 25 21 / 40 Amudaryoning o’rta va quyi oqimida (a) Amudaryoning faqat quyi oqimida (b) tarqalgan organizmlarni aniqlang. 1) g’oz; 2) mo’ylov baliq; 3) bakra baliq; 4) moybaliq; 5) oqcha; 6) qilquyruq; 7) soxta kurakburun A) a- 3; b- 2, 5 B) a- 3; b- 4, 5 C) a- 1, 3, 4; b- 6, 7 D) a- 1, 3, 6, 7; b- 2, 5 22 / 40 Quyidagi organoidlarga xos xususiyatlarni aniqlang 1)ribosoma 2) mitoxondriya 3) lizosoma.a)lipid va uglevod sintezida qatnashadi b) ularning soni xujayraning funksional faolligiga bog’liq c) bir qavat membrana bilan o’ralgan d) prokariot va eukariotlarda uchraydi e) asosiy vazifasi ATF sintez qilish A) 1-d 2-b 3-a B) 1-b 2-e 3-d C) 1-d 2-e 3-c D) 1-a 2-e 3-c 23 / 40 Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi. 1)xivchinlilar; 2) xlorelladoshlar; 3) kurakoyoqlilar; 4) mushuksimonlar; 5) ituzum; 6) lolasimon; 7) ssifoid meduza; a) sinf; b) oila; c) turkum A) a - 4, 7; b - 2, 3, 5; с - 1, 6 B) a - 1, 6, 7; b - 2, 4; с - 3, 5 C) a - 1, 3, 6; b - 2, 5; с - 4, 7 D) a - 5, 6; b - 1, 3; с - 1, 2, 7 24 / 40 Qaysi javobda bukuvchi muskullar to'g'ri ko'rsatilgan? 1) yelkaning uch boshli muskuli; 2) boldirning orqa sohasi muskullari; 3) yelkaning ikki boshli muskuli; 4) bilakning orqa sohasi muskullari; 5) boldirning old sohasi muskullari; 6) kaftning tashqi yuzasidagi muskul; 7) sonning sohasidagi muskul A) 2, 3, 5, 7 B) 3, 4, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 7 25 / 40 Izotoplardan biologiya va tibbiyotda foydalanish yo`llarini ochib bergan olimni ko`rsating? A) V. Vohidov B) K. Zufarov C) O`. Aripov D) Yo. To`raqulov 26 / 40 Quyidagi misollarga qanday qonuniyatlar aks etgan. 1)tasmasimon chuvalchangrang ichak bo’lmasligi, nerv sistemasi sodda tuzilganligi, mustaqil xarakatlana olmasligi 2)Yevropaning o’rta mintaqasida yashovchi tulki tovushqonlarning qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo’lishi a)biologik progress b) biologik regress A) 1-b 2-a B) 1-a 2-b C) 1-b 2-b D) 1-a 2-a 27 / 40 G`ovak tolali(a) va tig`iz tolali(b) biriktiruvchi to`qima xillarini aniqlang. A) a-pay, teri osti yog` kletchatkasi; b-chin teri, qon tomirlari devori, yurak xaltasi B) a-suyak, tog`ay, yurak xaltasi; b-qon, limfa, paylar C) a-asl teri, paylar, qon tomirlari; b- teri osti yog` kletchatkasi, yurak xaltasi D) a-teri osti yog` kletchatkasi, yurak xaltasi; b-asl teri, paylar, qon tomirlari devori 28 / 40 Drozofilada ko‘zning oq rangda bo‘lishi retsessiv, qizil rangda bo‘lishi dominant hamda jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Erkak drozofila oq ko‘zli bo‘lsa, gametogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi ushbu belgi bo‘yicha dominant genga ega bo‘ladi? A) 1 ta B) 2 ta C) 0 ta D) 4 ta 29 / 40 Nokning tosh hujayralari (1), tut novdasining eng ustki qavati (2), gilos bargining et qavati (3), qovunning asal shiraga boy mevasi (4) ning qaysi to’qimaga mansubligi bilan juftlang. a-mexanik to’qima, b-qoplovchi to’qima, c-xlorenxima, d- jamg’aruvchi to’qima, e-meristema A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-b, 3-e, 4-d C) 1-b, 2-e, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e 30 / 40 Odamda meyoz I da hosil bo`lgan hujayralarning biriga birlamchi hujayradagi xromosomalarning ona organizmga tegishlilaridan faqat 13 tasi o`tgan, ikkinchi hujayraga otaga tegishli xromosomalardan nechtasi o`tgan? A) 13 B) 23 C) 5 D) 10 31 / 40 Faqat yaqin masofada ko’radigan narsalarni rangi va shaklini farqlay oladigan organizmlarni belgilang 1-triton 2-beluga 3-martishka 4-gibbon 5-orangutan 6-salamandra 7-xumbosh 8-baqa 9-forel 10-gorilla 11-shimpanze A) 1,3,9 B) 3,4,5 C) 2,7,9 D) 1,6,8 32 / 40 Jayraning embrional rivojlanish bosqichlari to‘g‘ri ketma- ketlikda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) sitoplazmaning bo‘linishi; 2) murtak varaqalarining hosil bo‘lishi; 3) o‘zak organlarning paydo bo‘lishi; 4) zigota; 5) devori bir qavat hujayralardan iborat bo‘lgan, ko‘p hujayrali embrionning hosil bo‘lishi A) 4, 3, 1, 5, 2 B) 4, 1, 5, 2, 3 C) 4, 1, 2, 3, 5 D) 4, 1, 2, 5, 3 33 / 40 Na`matak va tobulg`i qaysi sistematik birliklar bo‘yicha alohida guruhga (I) va bitta guruhga (II) birlashadi? 1) tur; 2) turkum; 3) oila; 4) sinf; 5) bo‘lim A) I-3,4,5; II-1,2 B) I-1; II-2,3,4,5 C) I-1,2; II-3,4,5 D) I-1,2,3; II-4,5 34 / 40 Qushni ovlayotgan ilon organizmidagi refleks yoyi ketma- ketligini belgilang.a)ko’rish retseptorining qo’zg’alishi; b) qo’zg’alishni bosh miya yarimsharlarining ensa qismiga yetkazilishi; c) muskullarning qisqaribbo’shashishi; d) bosh miyaning po’stloq qismida analiz- sintez qilinishi; e) harakatlantiruvchi nerv tolalarining impulsni o’tkazishi. A) a-b-d-e-c B) a- e-d-b-c C) a-d-b-c-e D) a-b-c-d-e 35 / 40 Agar o`simlikda hosil bo`lgan mikrosporalarning 40%idan chang hosil bo`lib, changing 50% urug`lanishda qatnashgan bo`lsa hamda o`simlik 160 ta urug` hosil qilgan bo`lsa, shu jarayonda ishtirok etgan birlamchi chang hujayralar sonini aniqlang? A) 190 B) 230 C) 200 D) 180 36 / 40 Aorta (I) va o’pka venasi (II) xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang 1- chap qorinchadan boshlanadi 2- o’pka kapillarlarining yig’ilishidan boshlanadi 3-yurakning o’ng qorinchasidan boshlanadi 4- karbonat angidridga to’yingan qon oqadi 5- kislorodga to’yingan qon oqadi 6-arteriyalari o’pka to’qimasini kislorod taminlaydi A) I-1.3.6; II-2.5 B) I-1.5; II-2.4.6 C) I-2.5; II-1.5.6 D) I-1.5.6; II-2.5 37 / 40 Aortalarda qon bosimining tushishi qay hollarda kuzatiladi 1) yarim oysimon klapan ochiq bo’lganda 2) parasimpatik nerv sistemasi qo’zg’algan holda 3) ikki tavakali klapan ochiq bo’lganda 4) uch tavakali klapan ochiq bo’lganda 5) simpatik nerv sistemasining qo’zg’alishidan 6) vazopressin garmoni tasirida A) 3,5,6 B) 2,3,4 C) 2,5,6 D) 1,2,4 38 / 40 Ma`lum bir hayvonni maydalanish davrida jami blastomerlardagi hujayra markaziga kiruvchi mikronaychalar soni 27648 taga yetgan vaqtda jami hujayralardagi autosomalar soni jinsiy xromosomalarga nisbatan 11264 taga ko`p bo`lsa u holda maydalanish bosqichida 6 marta meridional bo`linish sodir bo`lgandan so`ng hosil bo`lgan hujayralardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 13312 B) 26624 C) 12288 D) 24576 39 / 40 Bir jinsli gulli o`simliklar qatorini aniqlang. A) dala qirqbo`g`imi, funariya, sershox qirqbo`g`im B) archa, qarag`ay, qoraqarag`ay C) tol, gazanda, terak, na`matak D) bodring, itqovun, qozonyuvg`ich 40 / 40 Quyida keltirilgan organizmlar nechta sinfga tegishli? 1) qozonyuvg'ich; 2) tripanasoma; 3) volvoks; 4) planariya; 5)suli; 6) jigar qurti; 7) itsigak; 8) shumtol A) uchta B) beshta C) oltita D) to‘rtta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring tomonidan Wordpress Quiz plugin Biologiya attestatsiya